Adabiyotlar
KIRISH.
Oliy o’quv yurtlarida ixtisos tayyorlash tizimida «Pedagogik mahorat» ko’rsini o’qitish maksadga muvofik bo’lib koldi. «Pedagogika nazariyasi», «Maktabda tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Fanlarni o’qitish uslubiyati», «Pedagogika tarixi» va «Pedagogik amaliyot» bilan bir katorda «Pedagogik mahorat asoslari»ni o’qitish ham bulgusi mutaxassislarni tayyorlashda, o’qituvchining malakasini oshirishda Milliy dasto’rning vazifalaridan biridir.
«Pedagogik mahorat» kursi o’qituvchilarni ilmiy – metodik va amaliy jihatdan tayyorlashni maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy yunalishlari: pedagogik ijodkorlik, pedagogik topkirlik, pedagogik muloqot, o’qituvchining professional sifatlari, o’qituvchi nutki, uning o’quvchiga har tomonlama ta‘sir etish mahorati, pedagogik texnika hamda o’qituvchining tarbiyachilik mahoratidan iborat. O’qituvchi faoliyati o’z xususiyatiga ko’ra ijodiy yunalishga ega. Shunga ko’ra ham yukorida sanab ko’rsatilgan yunalishlardan tashkari, o’qituvchining o’quvchilarga ta‘sir etish yullari, usullari, lektorlik san‘ati va mahorati kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o’qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini Xo'sh Pedagogik mahorat va tehnika nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda «Pedagogik mahorat» tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif Pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo’ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng qiladigan ishidir.
Dostları ilə paylaş: |