Buxoro davlat universiteti



Yüklə 62,68 Kb.
səhifə6/21
tarix02.01.2022
ölçüsü62,68 Kb.
#40055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Бекзод мустақил таълим

Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin etadi:

nutq qo‘pol ohangda bo‘lmasligi kerak;

tinglovchilarning ilm darajasini hisobga olish zarur;

va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak;

nutqni muloyim ohangda olib borish kerak;

agar (nutqingda) biror kishini tanqid qilmoqchi bo‘lsang, boshqalarning kamchiliklari bilan qiyoslab tanqid qil;

agar haqiqatni aytmoqchi bo‘lisang, faqat bir faktga tayanma, balki ko‘p masalalar bilan isbotla, shu narsa haqida o‘ylashga va haqiqatni izlashga ishontir;



agar tinglovchilar sening nutqingni e’tibor bilan quloq solib tinglayotgan bo‘lsa, nutqingni davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin tinglovchilarning e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga burganing ma’qul.

Abu Ali ibn Sinoning fikricha, «... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo'y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog’i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko'rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida rag’batlantirish, gohida maqtab qo'yish, aksincha bo'lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo'lmasligi lozim, o'quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino.

Abu Ali ibn Sino axloq to’g’risidagi fikrlarida axloqiy fazilatlarni ulug’ladi va axloqiy illatlarni, yomonlikni keskin qoraladi. Olim ta'lim-tarbiya masalalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Uning bolani tarbiyalash va o’qitish borasidagi ko’p fikrlari o’zining chuqur mazmunga egaligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratga qoldiradi.

Ibn Sino o’qitish jarayoniga katta ahamiyat bergan va uni tubandagi tarzda tashkil qilishni zarur, deb hisoblaydi:

O’quvchini birdan kitobga jalb qilib qo’ymaslik kerak.

O’qitish asta-sekin, osondan qiyinga o’tish yo’li bilan olib borilishi lozim.

O’quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bo’lishi shart.

O’qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor.

O’qitish o’quvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi zarur.

O’qitish jismoniy mashqlar bilan qo’shilib olib borilishi shart.

Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida o’qituvchining roliga katta e'tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6 yoshga to’lishi bilan uni ustoz tarbiyasiga berishni tavsiya qiladi. Tarbiyachi rostgo’y, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala bo’lishi zarurligini uqtirib, yosh avlodni o’qitadigan hamda tarbiyalaydigan kishilar oldiga bir qancha talablar qo’ygan. Uning fikricha:

Tarbiyachi – bolalar bilan muomalada bosiq bo’lishi kerak.

Muamllim o’quvchilar ta'limni qanday o’zlashtirayotganini kuzatib borishi kerak.

O’qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo’llashi darkor.

Tarbiyachi o’quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatlarini bilishi lozim.

Tarbiyachi bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qo’llashi, o’tilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirishi lozim.

Tarbiyachi o’z fikrini o’quvchiga bayon qilishdan oldin undan masalaning mohiyatiga o’zi tushunib olmog’i, keyin uni qisqa adabiy tilda tushuntirishi, ortiqcha gapirishdan qochishi kerak.

Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg’otadigan bo’lishi lozim.

Ibn Sinoning fan va ta'lim-tarbiya, o’qituvchilar haqidagi fikrlari uning anna shu masalalar bo’yicha chuqur bilim va katta tajribaga ega bo’lganidan dalolat beradi.

Mashhur voizlardan yana biri Abu Homid ibn Muhammad al-G‘azzoliy «Oxiratnoma» asarida voizlarning mahorati va o‘ziga xos uslublari xususida shunday mulohaza yuritadi; «Ahli mo‘minga va’z aytishda ehtiyot bo‘lishing lozim. Chunki voizlikda ofat ko‘p. Agar aytadigan pand-nasihatlaringga avval o‘zing amal qilib, so‘ngra xalqqa izhor etsang, bu voizlik durustdir.

XI asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Eronda podshohlik qilgan Kaykovus voizlik san’atining so‘nmas yulduzlaridan biridir. Uning mashhur "Qobusnoma" asaridagi 7-bob suxandonlik, notiqlikka bag‘ishlangan.


Yüklə 62,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin