Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   373
innovatsion

Список использованной литературы: 
1.
Мещанинов И. И. Члены предложения и части речи. Л., Наука, 
1978. 387 с. С. 
2.
Тростенцова Л. А. Методика морфологии // Основы методики 
русского языка. 
3.
Rizoqulovna N. D. The Study of Parts of Speech in the Lessons of the 
Russian Language in Primary Grades //European Journal of Life Safety and 
Stability (2660-9630). – 2021. – Т. 12. – С. 407-412.
4.
https://infourok.ru/statya-ispolzovanie-ikt-na-urokah-russkogo-yazika-
i-literaturi-2220076.html 
5.
https://moluch.ru/archive/148/41494/ (дата обращения: 29.08.2021). 
INTERFAOL USULLARNING MAKTABGACHA TA’LIM 
SAMARADORLIGINING OSHIRISHDAGI AHAMIYATI 
N.Z. Qodirova, 

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi,
M.Z. Qodirov,
BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti 
1-bosqich talabasi 
 
Bugungi kunda zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining dolzarb
masalalaridan biri ta’limning barcha bo‘g‘inlarida bo‘lgani kabi maktabgacha 
ta’lim muassalarida yangicha pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini 
tashkil etishdan iboratdir. Davr ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan eski ish 
uslublaridan voz kechib milliy qadriyatlarimiz asosida mustaqillik mafkurasiga 


383 
tayanib pedagogik va psixologik uslublarni - ma’anaviy ish shakllaridan 
noan’anaviylarga o‘tishni talab etadi. 
Yangi pedagogik texnologiyalar, asosan, pedagogik o‘yinlar orqali amalga 
oshiriladi. Bolalarni mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishda, bilim va 
tushunchalarni puxta o‘rganib olishlarida, idrok va xotirasini mustahkamlashda 
yangi pedagogik texnologiyalar tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga qulay sharoit 
yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni har 
tomonlama barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom, jahon standartlariga javob 
bera oluvchi kadrlar yetishtirishni ko‘zda tutadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi va oiladagi ta’lim tarbiya - umumxalq, 
umumdavlat miqyosidagi muhim vazifa, tarbiyalanuvchilarni, ma’naviy, ruhiy, 
jismoniy jihatdan, bir so‘z bilan aytganda, komil inson etib tarbiyalashda poydevor 
vazifasini o‘taydi. Bu jarayonga yangicha tafakkur tarzida, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar bilan yondashuv ta’lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda 
ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari 
rivojlantiriladi va rag‘batlantiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonunida uyda o‘qitish 
ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabgacha 
ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bolalar bilan uyda tarbiyalangan bolalar 
o‘rtasidagi tafovut katta darajani tashkil qiladi. 
Maktabgacha tarbiya bu tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har 
tomonlama tarbiya va maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitida ta’lim-tarbiya ishi 
mazmunini tashkil etadi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi 
mana shu davrda bolaning jismoniy, aqliy mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor 
qo‘yiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash tarbiyaning ijtimoiy, davlat 
xususiyatiga egaligini aks ettirgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida


384 
montisoriy, triz, rolli kabi o‘yinlar, unda tarbiyalanuvchilar tafakkur tarzini 
namoyon etadilar.
 
 
Har bir yosh bola kelishi bilanoq atrofdan axborot olib uni tahlil etadi va bu 
orqali hayotni tanishda triz elementlarini qo‘llash esa bolalarga atrofdagi 
voqealarni tahlil qilish, ularni faqat tuzilishini emas, balki vaqt mobaynida o‘rganib 
ko‘rishda yordam beradi. 
Bolalar biron bir o‘yin bilan shug‘ullanishi, bir-biri bilan chiqishishi, o‘rtoq 
bo‘lish har bir bola ongiga singdirilishi bu usuldan dunyoni anglashni
kaliti sifatida foydalanishi mumkin bo‘lib, dunyo to‘g‘risida bola o‘zining fikr-
mulohazalarini to‘g‘ri va haqiqiy bayon eta oladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashda bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarur: 
uch yoshli bolalar uchun “Pochta qutisi”, “Naqsh yasa”, “Nima nimalaydi”, “Hosil 
yig‘ib olish”, “Minora quramiz”, “Xatosini top”, “O‘yinchoqni tuzat”, “Xuddi 
mendek bajar”, 4-5 yoshli bolalar uchun “boshqotirmalar”, “Shakllar ustaxonasi”, 
“Ajoyib xaltacha”, “Kesma suratlar”, “Sportchilar saflanmoqda”, “Uy quramiz”, 
“Hayvonot bog‘i”, “Qo‘g‘irchoq kiyimi”, “Rangli uylar”, “Turli rangli suv”, “Nima 
o‘zgardi”, “Suratlarni eslab qol”, “Asalari qayerga yashirindi”, “Aksini ayt”, 6 
yoshli bolalar uchun “O‘zing yasa”, “Gilam do‘koni” “Arxitektor”, “Sehrli 
ranglar”, “Yashiringan narsani top”, “Suratlar jufti”, “Sirlar”, “To‘rtinchisi 
ortiqcha”, “Poezd”, “Qo‘shnisini ayt”, “Qaysi qo‘limda nechta”, “Sehrgar”, 
“Topchi men kimman”, “Sehrli o‘rmon” kabi pedagogik texnologiya usulidagi 
o‘yinlardan foydalanish bolalarni aqli-qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yangi texnologik o‘yinlardan 3 yoshli
bolalar uchun quyidagilarni tavsiya etamiz: 
Qo‘g‘irchoqning xonasi
.
Bu o‘yin bolaning tevarak-atrofni anglash malakasini 
oshirishga yordam beradi va obrazli tafakkurni o‘stiradi, qo‘g‘irchoq va uning 
xonasi kerak bo‘ladi. Qo‘g‘irchoq xonasi – yon tomonlarida deraza va eshiklari 


385 
bo‘lgan kopkotsiz quticha. Mebellarni gugurt qutichasidan yasasa bo‘ladi. 
Muhimi ularning soni uchtadan kam bo‘lmasligi va turli shaklda bo‘lishi kerak. 
O‘yin uchun avvaldan qog‘oz betiga xonaning tasvirini chizib qo‘yish kerak. 
Masalan, quyidagicha: 
Chizma tayyor bo‘lgach, bolaga quyidagi voqeani aytib bering: 
“Qo‘g‘irchoq Lolaxon uyiga mebel sotib olibdi, faqat ularni qanday 
joylashtirini bilmabdi. Ayiqcha Lolaxonga yordam bermoqchi bo‘ldi. U qog‘oz 
varag‘ini olib, mebelni qanday joylashtirishni ko‘rsatib berdi. Mana bunday 
(chizma ko‘rsatiladi). Bola shu chizma asosida xonaga o‘yinchoq mebelni qo‘yib 
chiqishi kerak. O‘yinni-tashkil etishda shuni yodda tutish kerakki, xonadagi 
anjomlarni fazodagi joylashuv va chizmadagi ko‘rinishi bir xil bo‘lishi lozim 
(eshik doim shu tomonda bo‘ladi). O‘yinni-takroran o‘tkazganda yangi anjomlar 
qo‘shiladi. 
4-5 yoshli bolalarga qo‘llaniladigan rangli uylar noan’anaviy o‘yini 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: bunday uylarni bolalar o‘z sevimli 
o‘yinchoqlari uchun qurishlari mumkin. Uy o‘rnida stullardan foydalanish mumkin. 
Bola o‘zi xohlagancha rangdagi narsalar yordamida o‘z uyini shartli ravishda 
“ranglaydi”. Har kim o‘zi tanlagan rangidagi narsalarni topish bo‘yicha musobaqa 
uyushtiring: siz yashil rangdagi narsalarni oling, bolalar sariq rangdagi narsalarni 
ajratsin. Bolaga bir-ikki marta g‘olib chiqishiga imkoniyat yarating. Bu bolaning 
ishtiyoqini hamda qiziqishini oshiradi. 


386 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin