Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   373
innovatsion

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. 
Ҳ. Раҳимов “Дутор наволари” Тошкент 2016 
2 . 
Р.Ходжаева
“Дутор тароналариъъ Тошкент 1999 
3.
Г.Муҳаммедова
“Дутор дарслиги” Тошкент 2002 
4.И.Тошпўлатова “Анъанавий дутор ижрочилиги” Тошкент 2004 
5. А.Тошматова “Мусиқий чолғулар музейи каталоги” Тошкент 2006 
6. 
Оъ.Тошматов, Х.Бекназаров “Чолғушунослик” Тошкент 2015 
7. И.Акбаров “Мусиқа луғати” янги аср авлоди Тошкент 1987 
8

О.Тошматов, Х.Бекназаров
.
“Чолғушунослик”, Тошкент, 2015. 
9. А.Жаббаров “Ўзбекистон бастакорлари ва мусиқашунослари” Тошкент
”Янги аср авлоди” 2004. 
MUSIQA FOLKLORI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF 
O‘QUVCHILARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI 
TARBIYALASH MEXANIZMI 
Hamidova Hafiza Nabiyevna 
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti 
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1 bosqich magistranti 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga 
xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan. CHunonchi, ular 
mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-
qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, 
mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor 
etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi. 


474 
Tayanch so‘zlar:
folklor, musiqa, pedagogik texnologiya, doston, mumtoz.
 
Folklor qo‘shiqlari xalqning ijtimoiy–tarixiy rivojlanishi, etnopsixologik 
xususiyatlari, hayotiy tarixiy tajribasi, ijtimoiy qarash hamda uni amalga oshirish 
yo‘lida tashkil etiladigan faoliyat yo‘nalishlari, shaxsga ta’lim va tarbiya berish 
an’analari asosida shakllangan bo‘lib, asrlar davomida tarixiy vorislik tamoyiliga 
muvofiq avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. 
Musiqiy ohangni anglash, musiqiy asarlar mazmunini tushunish shaxs 
estetik his–tuyg‘ularini tarbiyalash, ijtimoiy borliqqa nisbatan mas’uliyatli 
yondashuv ko‘nikmalarini hosil qiladi. Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalash ayniqsa muhim ahamiyat kasb 
etadi. Mazkur jarayonning samarali amalga oshirilishi bir qator omillarning 
mavjudligini taqozo etadi. Xususan, musiqa o‘qituvchilarining bolalar folklor 
qo‘shiqlarining tub mohiyatini chuqur anglay olishlari, shuningdek, ijro etiluvchi 
qo‘shiqlardan namuna ko‘rsatish asosida ijro etib berish, ularning ijro etish usullari 
xususida ta’lim oluvchilarga uslubiy yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish imkoniyatiga ega 
bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. 
Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda 
musiqiy an’analarning mazmunini chuqur o‘rganish, ularning imkoniyatlaridan 
ta’lim–tarbiya, shu jumladan, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida samarali 
foydalanish metodikada tadqiq etilishi zarur bo‘lgan muammolardan biridir.
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi badiiy havaskorlik darslarida folklor 
qo‘shiqlari bilan ishlash uchun, avvalo, dars ishtirokchilarining, musiqa-ashula 
o‘qituvchilarining hamda darslarning badiiy rahbarlari ishini shunday tashkil qilish 
lozimki, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari badiiy havaskorlik darslarida folklor 
qo‘shiqlari bilan tanishib, ularni o‘rganishi, tinglashi, ayrim qo‘shiqlarga 
bag‘ishlangan suhbat, taniqli xonandalar bilan uchrashuv kechalarida 
qatnashishlari jarayonida qo‘shiqda ifodalangan badiiy obrazlar, his-tuyg‘ular 
og‘ushida o‘zini sezishini ta’minlash lozim. SHu jihatdan musiqa to‘garaklari 


475 
oldida o‘quvchilarda folklor qo‘shiqlariga nisbatan muayyan munosabat, qiziqish, 
havas, pirovard natijada muayyan mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy 
vazifa qilib qo‘yilishi zarur. Folklor qo‘shiqlari vositasida san’atning ijtimoiy roli 
va vazifasi yaxlit tasavvur qilinishi natijasida o‘quvchilar ma’naviy olamidagi 
o‘zgarishlar, yangi jihatlar paydo bo‘lishi jarayoni tezlashadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda boshqa 
vositalar qatorida xalq san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan 
folklor qo‘shiqlarining roli va ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan 
foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga har qanday 
xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini, maqom yo‘llarini, uning 
sho‘‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga kiritaverish 
yaramaydi, albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan 
pedagogik asos, pedagogik aprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib 
borilishigina kutilgan samarani berishi mumkin. SHuning uchun ham bu borada 
birmuncha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Bular, o‘z navbatida, ma’naviy-
axloqiy tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi. 
Hozirgi paytda xalqning milliy madaniyatiga e’tibor kuchayayotgan ekan, 
buni chuqur his etgan holda havaskorlik ansambllari, folklor-etnografik 
dastalarigina emas, balki professional san’at uyushmalari a’zolari ham o‘z 
repertuarlarida xalq san’ati namunalariga keng o‘rin bermoqdalar. SHunday 
bo‘lgach, folklor qo‘shiqlaridek bebaho boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lish, ulardan tarbiya tizimida unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu 
muvofiqlikni ta’minlash esa aynan umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari bilan olib borilayotgan musiqiy ta’lim mazmuniga bog‘liq. O‘zbek 
folklor qo‘shiqlarining salmoqli turlaridan birini termalar tashkil qiladi. Ularning 
yaratuvchilari xuddi dostonlar singari xalqning o‘zidir. SHuning uchun ham folklor 
qo‘shiqlari deganda, avvalo, ko‘z oldimizga qadimgi zamonlardan beri aytilib 
kelinayotgan qo‘shiqlar, laparlar, yor-yorlar keladi. Biroq bu turdagi musiqiy 


476 
namunalardan foydalanish bugungi kunda biroz mushkul kechadi. Boisi, o‘quvchi 
yoshlarda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni tinglash va kuylashga bo‘lgan 
ishtiyoq, intilish kuchli. Bu tanlab olinadigan folklor qo‘shiqlarining ta’sir kuchi 
(mazmun, matn, ohang, ijro mahorati, xalqchilligi nuqtai nazaridan)ga alohida 
e’tibor qaratish lozimligini e’tirof etadi. 
Sevgi, sadoqat, nasihat to‘g‘risidagi mumtoz qo‘shiqlar ham folklor 
qo‘shiqlari sirasiga kiradi. Xalq dostonlari esa xalq baxshilariga, ya’ni ularni 
ustozlardan eshitib, o‘rganib, mahorat bilan ijro etib kelayotgan ijrochilarga 
nisbatan beriladi. Bu gaplarni shuning uchun keltiryapmizki, dostonlardagi she’riy 
matnlarning deyarli barchasi qo‘shiq qilib kuylab aytiladi. 
Folklor qo‘shiqlariga murojaat qilganda, avvalo, ular qaysi viloyat ahliga 
ko‘proq taalluqli ekanligiga e’tibor berish, boshqa vohalarga tegishli qo‘shiqlarga 
aralashtirib yubormaslik ularni tanlab olishning eng muhim sharti, mezoni 
hisoblanadi. Masalan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga, Xorazm yoki Buxoro 
viloyatlariga xos qo‘shiqlar, ularga xos ijro yo‘llarini saqlagan va an’anaviyligiga 
e’tibor bergan holda yondashish lozim. Farg‘ona vodiysida keng rasm bo‘lgan va 
sevib kuylanadigan katta ashula (patnusaki ashula deb ham yuritiladi) boshqa 
joylarda endigina urf bo‘lyapti. Xorazmcha kuy va qo‘shiqlar esa ijro uslubi bilan 
tamomila ajralib turadi. Samarqand va Buxoro viloyatida yashovchi xalq ijro etib 
kelayotgan qo‘shiqlar ham o‘zlarining etnografik jihatlari bilan boshqa joydagi 
folklor qo‘shiqlaridan farq qiladi. Raqs jo‘rligida ijro qilinayotgan mavrigilar faqat 
Buxoroda uchraydi. Bu Farg‘ona vodiysi va Toshkentda lapar deyiladi. Termalar 
esa Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari ijodida ko‘proq uchraydi. 
Ularni xorazmliklar cho‘blama deyishadi. Bular folklor qo‘shiqlariga xos bo‘lgan 
umumiy jihatlardandir. 
Tarixiy folklor qo‘shiqlari o‘tmish xalq hayotini o‘rganish, to‘g‘ri baholash, 
xalq urf-odatlarini, marosimlarini to‘g‘ri idrok etishda ajoyib san’at ko‘zgusi va 
tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
 


477 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini folklor qo‘shiqlari vositasida ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashda avtoritar san’at va uning namunalaridan foydalanish ham 
tarbiya jarayoni mazmunida turli-tuman shakllarda o‘z aksini topmog‘i lozim. 
Zero, aynan yuksak saviyada, professional darajada haqiqiy usta san’atkor 
tomonidan ijro etilgan asar, bizning misolimizda xalq qo‘shig‘i ta’sirchan vosita 
hisoblanadi. 
Shu tariqa xalqimizning o‘tmishi va hozirgi hayotidan tegishli tasavvur 
berishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar mazmunini, shakl va metodlarini begilash 
mumkin bo‘ladi. Buning uchun ijodiy jamoa har jihatdan tayyorlangan va puxta 
zaminga ega bo‘lishi lozim.
Folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyani yo‘lga qo‘yishda ulardan 
foydalanish mexanizmini ishlab chiqish, folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy 
ta’sirchanlikka ega namunalaridan o‘rinli foydalanish va yuqori samaradorlikka 
ega bo‘lgan repertuar yaratish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini 
asoslash borasidagi umumiy xulosalar quyidagicha bo‘ldi: 
- Xalqimizning badiiy-musiqiy merosida tarbiyaviy ta’sirchan, yuksak san’at 
namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar serob. Ular ko‘p asrlardan beri yillar sinovidan o‘tib, 
turli avlod vakillariga xizmat qilib kelyapti. SHunday bo‘lsa-da, ulardan o‘z 
o‘rnida foydalanish lozim. 
- Folklor qo‘shiqlarini tanlashda ma’lum me’yorga amal qilish. Bunda 
qatnashchilarning musiqiy tayyorgarliklari, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olish 
lozim. 
- Folklor qo‘shiqlarini tanlashda ularning turlarini e’tiborda tutish, ularning ijro 
uslubi, yo‘li, an’analari, kompozitsion qurilishi va nazariy xususiyatlarini 
e’tiborda tutish. 
- Qo‘shiqchilik san’ati borasida respublikamizning mahalliy ijrochilik uslublariga 
tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni unutmaslik. 


478 
- Tarixiy, mumtoz, maqom qo‘shiqlari bilan bir qatorda xalq musiqasiga asoslanib 
yaratilgan zamonaviy bastakorlarning kuy-qo‘shiqlaridan samarali foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
- Folklor qo‘shiqlarining eng yaxshi namunalarini tinglash bilan ular haqida 
suhbatlar, savol-javoblar, munozaralar, taniqli xonanda va xalq hofizlari, badiiy 
jamoalar bilan uchrashuvlar, turkumli ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazish orqali 
qatnashchilar va tinglovchilar qalbida nafosatga muhabbat tuyg‘ularini 
shakllantirish mumkin. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin