33
Ey, imon keltirganlar! Sizlarga o‘ldirilgan kishilar
uchun qasos olish farz
qilindi: ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun
ayoldan. Birodari tomonidan avf etilsa (xun to‘lashga rozi bo‘linsa), u holda
yaxshilik bilan bo‘yin sunish va xunini yaxshilab to‘lash (zarurdir). Bu (hukm)
Rabbingiz tomonidan yengillik va marhamatdir. Bas, kimki shundan keyin ham
haddidan oshsa, unga alamli azob (berilur).
Izoh: Ya’ni shu yengillik va ilohiy
marhamatlardan keyin ham, qotildan,
boshqalardan o‘ch olsa yoki xun olgandan keyin ham qasos olsa,
oxirat azobiga
mahkumdir. Imon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan va Alloh (toati) yo‘lida
jiddu jahd qilgan kishilar - aynan o‘shalar Allohning rahmatidan umid qilurlar.
Alloh (esa) kechiruvchi va rahmlidir.
Hikmat:
Qul Sulaymon, eronlarga xizmat qilg‘il,
Yotoring tor lahaddir, yaxshi bilg‘il.
Boruring uzoq yo‘ldur ozuq olg‘il,
Ozuqing zakot turur bermasmusan?
Bu hikmat ham didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, islom dinining besh arkonidan
biri zakot berish haqida. Shoir o‘ziga o‘zi murojaat qiladi: “Ey Sulaymon, eronlar
(islom diniga e’tiqod qiladigan xalqlar)ga xizmat qil, oxirida yotadigan joying tor
lahadligini yaxshi bilib ol. Boradigan yo‘ling hali uzoqdir, o‘zing bilan ozuqa
olishing kerak. Ozuqang zakotligini bilib turib ham bermaysanmi deb aytadi”.
Dostları ilə paylaş: