Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   373
innovatsion

“Yangi 
O‘zbekiston”
va 
“Uchinchi Renessans”
so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va 
hamohang 
bo‘lib 
yangramoqda, 
xalqimizni 
ulug‘ 
maqsadlar 
sari 
ruhlantirmoqda”
38
. “Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligi, - deb uqtiradi bu borada birinchi 
prezidentimiz I.A.Karimov, - avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy 
merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, 
37
Бу ҳақида батафсилроқ қаранг: Отамуродов С. Глобаллашув ва миллат. Т. “Янги аср авлоди”. 2008. – 112 – 
193. 
38
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston “Yangi O‘zbekiston” . 
https://iiv.uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-
ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-mamlakatiga
 aylanmoqda . 17.08.2021 


45 
madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji eng muhimi, jamiyat tafakkurining 
o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liq”
39

Ammo hamon bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar miqyosi katta. Lekin, yuqorida 
aytganimizday, globallashuv jarayoni bizni kutib turmaydi, u har qanday millatni 
o‘zlikdan judo qilib, uni ommaviy podaga aylanish yo‘liga solmoqda. Bu, ayniqsa, 
hozirgi davrda keng avj olayotgan migratsiya jarayonlari munosabati bilan yaqqol 
namoyon bo‘lmoqda. Vaholanki, aynan milliy o‘zlik hozirgi davrda mamlakatni 
mamlakat qiladigan uch buyuk kuchdan, ya’ni pul

ijtimoiy fikr, millatdan biri, 
ularning eng asosiysi va ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Zero, 
chinakam pulni (sof boylikni) ham millat ishlab topadi (yaratadi), ijtimoiy fikr 
ham aynan milliy o‘zlikka bog‘liq. Ayni milliy o‘zlik tuyg‘usining kuchi aholi 
ijtimoiy ongini inqirozdan, noobyektiv informatsiya xataridan saqlaydi. “Shu 
boisdan ham, o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga 
tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondosha 
oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan 
uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi 
istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”
40
. Ayni shuning uchun
 
“Birinchi navbatda, milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga 
e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning 
ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. 
Bizning vazifamiz — shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada 
boyitish
41
bo‘lishi kerakligi ravshan. 
Milliy o‘zlikning shakllanishi esa, avvalo, millat hayotiy faoliyatining 
maqsad va marralarini belgilaydigan o‘z g‘oyalari, mafkurasi, nazariy tilda aytsak, 
o‘z 
konsepsiyasining
 
shakllanishi 
bilan 
uzviydir
42

Rus 
faylasufi 
39
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч-.Тошкент.: Маънавият. 2008. - Б. 76- 77.
 
40
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Тошкент.: Маънавият. 2008.- Б. 77. 
41
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Тошкент.: Маънавият. 2008.– Б. 78. 
42
Қўчқоров В. Миллий ўзликни англаш ва ижтимоий-cсмёсий жараёнлар. Т., “Aкадемия” 2007.


46 
M.I.Belyayevning
43
fikriga ko‘ra, butun insoniyat yaxlit organizmida har bir 
millatning o‘z o‘rnini belgilaydigan g‘oyasi bo‘lishi kerak va rus millatining 
g‘oyasi davlat quruvchanlikdadir.
Bizningcha, bizning o‘tmish ma’naviy qadriyatlarimizdan kelib chiqib 
hozirgi milliy g‘oyamiz asosiga qo‘yilgan “komil insonlar jamiyatini qurish” 
g‘oyasi bundan ancha keng va chuqur. Vaholanki, komil inson o‘zligini bilgan 
insondir!

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin