Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   373
innovatsion

ADABIYOTLAR 
1.
Kaplan D., Manners R. Culture Theory. – Englewood Cliffs: Prentice 
Hall, 1972. – 212 p. 
2.
Жўраева Б. Ўзбек халқ мақоллари шаклланишининг лингвистик 
асослари. – Тошкент: Академнашр, 2019. – 221 б. 
3.
Имомов К. Ўзбек халқ прозаси. – Тошкент: Фан, 1981. – 104 б. 
4.
Маслова В. Новые русские пословицы: когнитивный и 
лингвокультурологический 
аспекты 
// 
Вестник 
Новгородского 
государственного университета им. Ярослава мудрого. Новгород, 2014.- № 
77. – С. 35-39. 
5.
Тоҳир Малик. Шайтанат. Иккинчи китоб. – Тошкент: “Шарқ” 
нашриёт-матбаа концернининг бош таҳририяти, 1996. – 384 б. 
6.
Холманова З., Тошева Д. Зооним компонентли паремаларнинг 


43 
изоҳли луғати. – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2016. – 359 б. 
7.
Шомақсудов Ш., Долимов С. Кенг уйнинг келинчаги. – Тошкент, 
1961. – 224 б. 
8.
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Ҳикматнома. – Тошкент: Совет 
Ўзбек Энциклопедияси Бош редакцияси, 1990. – 526 б. 
9.
http://amuziyo.uz
 
10.
http://library.ziyonet.uz
 
GLOBALLASHUV JARAYONIDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH 
Sh.B. Murtozayev
BuxDUPI o‘qituvchisi
 
B.A. Axtamov 
BuxDUPI talabasi

Vatanimizning mustaqillikka erishuvi butun insoniyat hayotida behad 
murakkab muammolar ko‘ndalang bo‘lgan va tub burilishlar boshlangan juda 
murakkab davrga to‘g‘ri keldi. Tarixning kengroq vaqt o‘lchamida qaralsa, bu 
aslida XX asr avvalida boshlangan tarixda misli ko‘rilmagan siyosiy to‘ntarishlar, 
alg‘ov-dalg‘ovlar, haddan ziyod tezkor ilmiy va texnologik olg‘a siljishlar, tabiatga 
qarshi ayovsiz “hujum”ning jadallashuvi, demografik portlash kabi ulkan va keng 
miqyosli o‘zgarishlarning tarkibiy qismlaridan biri bo‘ldi. Individual tasavvurga 
ko‘ra atigi yuz yil oldin bu o‘zgarishlarning ko‘pi tabiiy va progressiv deb 
hisoblangan, murakkabligi va salbiy tomonlari ko‘pchilikka ko‘rinmagan, 
ko‘ringanida ham insoniyatning ko‘pchilik qismi nazdida bu hol ularning shaxsiy 
hayotidan tashqarida, qayerdadir boshqa yoqlarda, ularga bog‘liq bo‘lmagan 
obyektiv qonuniyatlar tufayli sodir bo‘lyotganday edi. 

 
Ulardan asosiylari sifatida bugungi kunda quyidagilarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin:
- harbiy,
- ijtimoiy,


44 
- iqtisodiy,
- informatsion (axboriy),
- mafkuraviy,
- ilmiy,
- madaniy,
- milliy xatarlarni ajratish mumkin. Biz o‘z ishimizda globallashuvning faqat 
ma’naviyat bilan bog‘liq tomonlari haqida fikr yuritishni maqsad qilib olganimiz 
bois qolgan xatarlar masalasiga to‘xtalmaymiz.
Milliylikka tahdid. Yuqorida sanab o‘tilgan xatarlardan saqlanishning 
asosini milliy o‘zlikni anglash
37
tashkil etadi. Zero, o‘zlikni bilmay o‘zlikni 
himoyalash ma’noga ega emas (tavtologiya). Lekin hozirgi davrda o‘zlikni 
anglashning o‘zi ham oson kechmayapti. Chunki, atigi o‘ttiz yil oldin biz yagona 
sovet “oilasi” tarkibida edik, milliy o‘zligimiz uzoq “uyqu” holatida bo‘lgan edi. 
Endilikda o‘tgan 70 yil mobaynida unutgan milliy o‘zligimizni qayta kashf 
etmoqdamiz. Bu oson va tez kechadigan jarayon emas. U katta ma’naviy va 
moddiy safarbarlikni taqozo etmoqda. Boz ustiga, yuqorida ta’kidlaganimizday, 
“ommaviy madaniyat” va globallashuv niqoblari ostida aslida milliy qadriyatlar 
tizimini o‘zgartirish, ularni yo‘qotish jarayonlari ham ketmoqda. Bu jarayonlarga 
qarshi turish borasida juda katta ishlar qilindi va qilinmoqda. Hozirgi vaqtda 
mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin