Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   373
innovatsion

 
Ayni shu
 
g‘oya jamiyatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq 
to‘g‘ri tanlagan yo‘limizdir. Ushbu o‘zlikni bilish konsepsiyasining eng oliy, keng 
qamrovli va teranligi esa uning inson uchun ham, millat uchun ham bosh oliy 
maqsad ekanida, qolgan barcha muhim va yuksak g‘oyalarni ham, shu jumladan
davlat qurish dasturini ham o‘z mazmuniga olishidadir. Zero, faqat o‘zligini bila 
olmagan, ma’naviyati, ruhiyati tuban kishi va shunday kishilar jamiyatigina har 
kimning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lishi, turli shov-shuvlar qurboni bo‘lishi mumkin. 

To‘g‘ri
,


 
bu konsepsiya bizda hozircha tugal va keng quloch otganicha yo‘q. 
Buning uchun, avvalo, biz shu kungacha tayanib kelgan, endilikda inqirozga 
uchragan dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz (transformatsiyalashimiz) kerak. 
Chunki, biz shu kungacha tayanib kelgan ilmiy falsafiy (materialistik) 
dunyoqarash, garchi 70 yil mobaynida uning ilmiyligi, progressivligi, mutloq 
haqiqat ekani, boshqa ta’limotlardan afzalligi juda yaxshi singdirilgan esada, aslida 
u endilikda krizisga uchragan G‘arb madaniyati, fani va falsafasi bag‘rida 
shakllangan, undan oziqlangan va undan kelib chiqqan bir oqim edi. SSSRning 
parachalanishi uning inqirozining natijasi bo‘ldi.
Endi biz o‘z milliy dunyoqarashimizni qayta shakllantirishimiz kerak. Lekin 
biz hozircha o‘z miliy dunyoqarashimiz rasmana va keng qad ko‘tardi deya 
olmaymiz. Chunki bu nafaqat o‘z o‘tmish ma’naviy qadriyatlarimizni yaxshi eslab 
olish, ularning yo‘qotilgan yoki buzilgan joylarini qayta tiklash, yangi hayotga 
tatbiqan qayta ishlovdan o‘tkazish kabi murakkab va uzoq jarayonni va nafaqat XX 
43
Қаҳҳорова Ш.
 
Глобаллашув Шароитида Инсон Ҳаёти Маъноси.-Тошкент.2009.-Б.44. 


47 
asr G‘arb falsafasi nima uchun inqirozga uchraganini hamda ushbu krizisning 
mohiyatini aniqlashni, balki madaniyat tarixida hikmat ilmi hisoblangan falsafiy
diniy, qolaversa, mifologik dunyoqarashlar mazmunini ham qayta tahlil etishni 
ham taqozo etmoqda.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin