48
murojaat qiladi. Shu murojaat xalq og‘zaki ijodida “Boychechak xabari” yoki
“Boychechak sayli”, “Lola sayli”, “Guli surx” sayli “Qizil gul sayli” kabi sayllarda
bolalar qo‘shiqlari aytiladi. Bu qo‘shiqlar ma’lum bir mavsumda aytiladi. Bu
qo‘shiqlarda aynan fitonimlarning kelishi insonni tabiat bilan yanada bog‘laydi va
har bir fitonim ishtirok etgan qo‘shiqlarning o‘z tarixi bor. Shuningdek, qo‘shiqda
ifodalangan fitonimlar metafora yo‘li orqali ko‘chgan. Masalan “Boychechak” –
bolalar kuylaydigan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. Boychechak qadimda
Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo‘lgan.
“Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak”
naqarotining mazmun mohiyati katta-yu kichikka birdek tushunarli.
Biroq
qo‘shiqni yod olgan, zavqqa to‘lib kuylagan kichkintoylar uning mazmunini teran
anglaganlaridagina xalq madaniy tarixi, milliy qadriyatlarimizdan voqif bo‘ladilar.
Qo‘shiqning birinchi bandi shunday boshlanadi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondir.
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondir.
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to‘ldi”
marosimi va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi
ekan, endi yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq
boshlanishi bilan hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron
tayyorlashi va bir-birlariga ulashishi xayrli udumlardan sanalib, xalqda uni bir-
biridan qizg‘anganda ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi aytilgan. Boychechak
haqidagi qo‘shiqlarning genezisi juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi qo‘shiqning
keyingi bandida ko‘rinadi:
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar,
49
Qilich
bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga
tushuntirish lozim. Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining paydo
bo‘lishi ibtidoiy madaniyat davri bilan bog‘liq. “Arxaik dunyoqarashda, – deb
yozadi A.Musaqulov,– butun tabiat kabi o‘simliklar ham jonli va ongli deb
tushunilgan va ko‘pgina xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini o‘simliklar totemi bilan
bog‘lashgan”
45
. Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga
ham ega. Olimlar ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal
qizga
o‘xshatiladi. Yuqoridagi misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda
ko‘klamgi marosimlarda qizlarni qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani
e’tirof etilgan. Qo‘shiqdagi:
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
misralari shunday talqinga asos bo‘lgan. Zotan, unda ta’riflangan boychechak –
erta bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma
obrazi hamdir. Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan.
Shu ma’noda:
Boychechagim boylandi,
Ko‘chama-ko‘cha aylandi.
Boychechagim ko‘k somsa,
Cho‘ntaklarga joylandi,– misralari orqali bolalarning
ilk boychechakni olib,
hovlima-hovli suyunchi so‘rashi, keksalar uni yuzlariga sutib, “omonlik-
omonlik”,– deya eguliklar, pullar berishlari, ko‘k somsalar pishirishlari poetik
ifodalangan.
45
Oxunjon Safarov, Rahmatulla Barakayev, Bashorat Jamilova. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2017.
50
Bizdagi
mavjud ertak, doston, qo‘shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib
chiqib shuni aytish mumkinki, folklor asarlarida ko‘proq xalqimizning samoviy
jismlar, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq eng qadimgi
tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar tilimizdagi ko‘plab so‘zlarning
kirib kelishiga, obrazli badiiy tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan.
Dostları ilə paylaş: