698
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi
bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni
hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining
talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz
kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo
aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan
erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Tasviriy san'at – bu go‘zalliklar dunyosi. Uni
tushunish va qabul qilishni
qanday o‘rganish mumkin? Buning uchun eng avvalo tasviriy san'atning ifodaviy
tilini o‘zlashtirish, uning turlari va janrlari haqida tushunchaga ega bo‘lish va
rangtasvir texnikasi va texnologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish lozim.
Rangtasvir - tasviriy san’atning shunday bir turidirki,
unda rang eng asosiy
o‘rinni egallaydi. Biror yuzada bo‘yoqlar vositasida san’at asari rangtasvir
deyiladi.
Rangtasvir amalda yo‘nalishiga ko‘ra mahobatli, dastgohli, minityura,
teatr
rangtasvir bezagi kabi turlarga bo‘linadi. Rangtasvir yo‘nalishining har biri maxsus
xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu - bajarish uslubi, shuningdek badiiy obraz
talablariga ham tegishlidir.
Rangtasvir obrazlari nihoyatda jiloli va har biri o‘ziga xotsirk Musavvirlar
rangtasvir vositalari ko‘magida asar yaratadilar
va ular har doim chizmatasvir,
kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Demak, rangtasvirda asosiy ifoda
vositasi rang bo‘lib qolaveradi. Rangtasvir insonning murakkab aql - zakovatli,
tafakkurini, tabiatda sodir bo‘lib turadigan katta - kichik o‘zgarishlarni,
uzluksiz
falsafiy g‘oyalar va fantastik obrazlarni ta’sirchan ifodalashga qodir. Hodisa, voqea
va ko‘rinishlar doirasining to‘laligi turli yo‘nalishdagi janrlar orqali ochib beriladi.
Rangtasvir tarixi ibtidoiy odamning g‘or devoriga chizgan rasmlaridan
699
boshlanadi.
Uyg‘onish davrida inson barcha narsalar
uchun taqqoslash meoni va
rangtasvir asarlari qahramoniga aylandi. Madonna tasviri er yuzida g‘oyaviy
kamolatning yuksak ko‘rinishi bo‘ldi. Musavvirlar realistik asarlar yarata
boshladilar.
Rangtasvir texnikasi uzluksiz ravnaq topa bordi. Turli syujetlar
rangtasvirchilarni yanada o‘ziga jalb qildi. Bu esa o‘z
navbatida XV asrga kelib
janrlar turkumini keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: