Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati. 
1.Z.E. Qo‘ziyeva. Xalq amaliy bezak san’ati.(metodik tavsiya). Navoiy, 2012-yil 


717 
2.R. Hasanov. Tasviriy san‘atni o‘qitish metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar. 2- 
qism. Toshkent 2006 yil 
3.R. Hаsаnоv. Аmаliy bezаk sаn’аti mаshg‘ulоtlаri metоdikаsi.Tоshkent. 2003 
yil. 
 
 
 
HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI VA RIVOJLANISH TARIXI 
Badiyev M. M. 
BuxDUPI texnika fanlar nomzodi, dotsent 
Ostonova S.Q.
BuxDUPI 1-bosqich magistri 
Mamlakatimiz o‘zining boy badiiy me’rosi bilan jahon san’ati va madaniyati 
rivojiga katta hissa qo‘shgan qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida milliy, badiiy 
an’analarining o‘ziga xosligini saqlab kelayotgan dunyoning yetakchi san’at 
mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan. O‘zbek tasviriy va amaliy san’ati, 
haykaltaroshlik yo‘nalishlarida ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotganligi 
san’atning yanada rivojlanishiga asos bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev 2016-yil 
yakunlarida “Eng avvalo yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixi, 
uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-
fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish zarur muhit vas shart-sharoit yaratish 
ustuvor vazifalardan hisoblanadi” deb ta’kidlab o‘tdi. 
Haykaltaroshlikning shakllanish va rivojlanish bosqichlari 
Haykaltaroshlik san’ati har bir mamlakatda qadim zamonlardan beri 
rivojlanib kelgan san’at turidir. Bunga arxeologik qazilmalardan topilgan san’at 
asarlari yaqqol misol bo‘la oladi. 


718 
Haykaltaroshlik-tasviriy san’at turi bo‘lib, borliqni hajmli shakllarda, 
makonda uch o‘lchamda tasvirlashga asoslanadi. U ikki turga bo‘linadi: dumaloq- 
aylanib kuzatish imkonini beruvchi, relyefli-faqat bir tomondan ko‘rishga 
mo‘ljallangan bo‘rtma (qavariq) haykaltaroshlik. Haykaltaroshlikning ilk 
uchqunlari ibtidoiy jamiyat davrida paydo bola boshlagan. Bunda insonlar o‘z 
hissiyoti, kechinmalarini turli qattiq jismlar (toshlar,yog‘och,loy va hokazolar)ni 
yo‘nish, ishlov berish, shakllar yasash orqali tasvirlay boshlashgan. 
Quldorlik tuzumi davrida haykaltaroshlikda yangi bosqich boshlandi. Bobil 
va Ossuriya yodgorliklari, Misrdagi mahobatli haykallar, nafis bo‘rtma tasvirlar 
shu davrning nodir yodgorliklaridir. O‘zbekiston hududida yaratilgan Xorazm, 
So‘g‘d, Baqtriya yodgorliklari, Tuproqqal’a, Varaxsha, Dalvarzintepa, Quvaning 
mahobatli haykal va bo‘rtma tasvirlari, mayda haykalchalar shu davrning boy 
madaniyatidan dalolat beradi. 


719 
Antik davrga kelib Rimda ilk bor otliq qo‘mondon haykali ishlandi, bo‘rtma 
tasvirda ham kata yutuqlarga erishildi:muhim tarixiy voqealarga bag‘ishlab 
o‘rnatilgan usun va toqilar voqeaband bo‘rtma tasvirlar bilan bezatildi. 
XIII asr ikkinchi yarmi- XIV asr boshlarida Yevropa realistik 
haykaltaroshlik namunalari ko‘zga tashlana boshlandi, ko‘p planli relyeflar 
yaratildi, 
bronzadan 
haykal 
quyish 
san’ati 
mukammallashdi, 
koshinkorlik(mayolika), 
kandakorlik 
amaliyotda 
keng 
ishlatila 
boshlandi.Mikelanjelo ijodi uyg‘onish davri san’atining yuksak bir cho‘qqisi 
bo‘ldi.XVII-XIX asrlar yevropa haykaltaroshligida barokko, klassitsizm, realizm 
uslublari raqobatda bo‘ldi. XIX asr ikkinchi yarmidan turli naturalistik oqim va 
yo‘nalishlar shakllana boshladi. XIX asr o‘rtalariga kelib Yaqin va O‘rta Sharq 
mamlakatlarida ham haykaltaroshlikda jonlanish boshlandi. O‘rta Osiyo, jumladan 
O‘zbekistonda ham haykaltaroshlik asarlari yaratila boshlandi. Shu davrda 
ishlangan kiyik, sher va boshqa haykallar bir qancha joylarni bezatib turibdi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yirik badiiy yodgorlik haykallar barpo 
etildi, ularda ajdodlarimizning yorqin qiyofalarini yaratishga erishildi. Bu davrda 
haykaltaroshlikda yaratilgan asarlarning ilk namunasi O‘zbekiston milliy bog‘ida 


720 
joylashgan Alisher Navoiy (haykaltaroshlar E. Aliyev, N. Banzeladze, V. 
Degtyarov, 1991) haykalidir.
O‘zbekiston haykaltaroshligida o‘ziga xos ijodiy uslubga ega bo‘lgan 
T.Tojixo‘jayev (“Alisher Navoiy”, “Ulug‘bek”, “Mashrab”, “Furqat” kabi buyuk 
siymolar hamda “Kurash”, “Raqs”, “Chavandoz” kabi asarlar), D. 
Ro‘ziboyev(“Navro‘z malikasi”,2000), J. Quttimurodov (“Ayol”, “Amudaryo”, 
“Oqqush”, “Avesto” turkumi va boshqalar), J. Mirtojiyev (“Bobur-Vatan 
sog‘inchi”, “Sayyoh Bobur”,”Temur Malik”, “Behzod”) va boshqa haykaltaroshlar 
samarali ijod qilmoqdalar. 
Hozirgi kunda zamonaviy haykaltaroshlik turi sifatida interyer-eksteryerda, 
turli kartinalar ko‘rinishida relyefli haykaltaroshlik rivojlanmoqda. Bu yo‘nalishda 
bir qancha ustalarimiz samarali ijod qilib kelmoqdalar. 


721 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin