partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi partiyadagilar ovozini
eshitib, kuzatib borish. Yakka xolda, guruh yoki butun sinf bilan akapella
qo‘shiqlarini kuylash. Ovozda asarning mazmuni va xarakterini ochib berishga
intilish. O‘zi va o‘rtoqlarining ijrosiga to‘g‘ri baho bera olish. Ijroda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni sezish va tuzatish. To‘rt chorakli o‘lchovdagi dirijorlik harakatlarni
bilish, ishoralarga mos kuylash.
694
Shunday qilib, o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida vokal-xor malakalarini shakllantirish darsda jamoaviy aytim
faoliyatini samarali tashkil etishga, qo‘shiqlarning badiiy, ifodali ijrosini
ta’minlashga katta yordam beradi.
Adabiyotlar:
1.
N.Nurmatov, N.Norxo‘jayev. Musiqa. 3-sinf uchun darslik. Toshkent- 2019.
2.
Oqilxon Ibrohimov. Musiqa .4-sinf uchun darslik. Toshkent -2020.
3.
Рахимов Равшан Наимович .Cпособы развития навыков понимания музыки //
Наука, техника и образование. 2021. №2-2 (77).
4.
Рахимов Р.Н.Pоль музыкального образования в развитии личностипроблемы
науки№ 1 (60), 2021
5.
Мустафоев Б. Умумий ўрта таълим мактабларида мусиқа (методик
қўлланма). Бухоро. 2013 й. 26-27-бетлар.
6.
Соипова Д. Мусиқа ўқитиш назарияси ва методикаси. (Ўқув-методик
қўлланма). Т. 2009 й. 219-бет.
7.
Каримова Д. А. Мусиқа ўқитишнинг инновацион технологиялари. (Ўқув
қўлланма) . – Т. 2011 й. 2-бет.
TASVIRIY SAN’ATDA KOMPOZITSIYA IBORASINING TALQINI
Ibadullayeva Shaxnoza Ilxamovna
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
D. E. Abdikarimov
Buxoro davlat universitetining pedagogika
instituti Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi
Kompozitsiya fani tasviriy san’atda muxim o‘rinlardan birini egallaydi.
Darvoqe, kompozitsiya nafaqat tasviriy san’atda balki san’atning barcha
sohalarida, teatr, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at, me’morlik kabilarda ham
695
ma’lum bir mushoxada, baxs va munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Zero, bu
fan soxasida yaratilgan barcha san’at turlarining o‘rni o‘zgacha. Kompozitsiya fani
ham o‘z tarixiga ega bo‘lib, turli davrlarda turlicha talqin etilgan. Bahs,
munozaralar mazmunini xulosa qilib, asar goyasini yuzaga chiqarish
Kompozitsiyaning asosiy maqsadini ifoda etadi. “Kompozitsiya” tushunchasining
san’atga kirib kelishi muayyan sharoit va ma’lum shartlar asosida shakllangan.
Tarixiy dalillarga nazar tashlab, yunonliklar tarixiy davrini kuzatsak, ular
dastlab kompozitsiya iborasini sportda qo‘llashganligi va sport maydonchasiga
chiqayotgan ikki kurashchining bir-biriga to‘g‘ri kelmayotgan kurashish
usullarini yagona qoidaga bo‘ysundirish, kelishtirish hamda yarashtirish deb
e’tirof etishgan. Lotin yozuvlarida esa bu ibora qarama qarshi qo‘yish, bir —biriga
qo‘shish, bo‘laklarni yagona qonun ostida xizmat qilishini ta’minlash deb
anglashilgan. Biz ham yuqorida keltirilgan asoslarga amal qilgan tarzda,
yaratilayotgan “kompozitsiya” tushunchasini (tasviriy san’atda) tarqoq bo‘lgan
barcha predmetlarini tashqi va ichki tomondan yagona maqsadga xizmat qildirib,
aniq shakldagi g‘oyani yuzaga chiqarish deb tushunamiz.
Kompozitsiya hayotda o‘z qonunlari bilan amal qiladi. Kompozitsiya
qonunlari barcha jismlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning qay darajada
murakkabligini hisobga oladi hamda yagona yaxlitlikka ega ekanligini, turmushda
faqat inson hayotida emas, balki hayvonot olamida, o‘simlik dunyosida ham
muhimligini o‘rganadi. Misol tarzida biror o‘simlikni tasvirlash uchun muayyan
kompozitsiyani kuzatishimiz kifoya. O‘simlik kompozitsiyasi bo‘lishi uchun
barglar, tana va ildizdan iborat bo‘lgandagina, u yagona o‘simlik kompozitsiyaning
hosil qila oladi. Shuningdek, inson ham qo‘l — oyoq, gavda, boshi va kiyimlari
bilangina portret kompozitsiyasi tarzida tasvirda namoyon bo‘ladi. Yuqorida qayd
qilinganlarning barchasi ilgari surilgan g‘oyani yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Tabiatda kompozitsiya o‘z qonunlari bilan amal qilib, ular simmetriya, ritm
va yaxlitlikdan iborat. Yaxlitlik — tasvirning g‘oyaviy qurilishida aks etsa,
696
simmetriya qurilgan tasvirning o‘ng va chap tomonlari muvozanatini ta’minlaydi.
Ritm esa bir yoqi bir nacha unsurlarning ma’lum bir masofada bir xil takrorlanishi
ko‘zga tashlanadi. Shu bois xam kompozitsiyani bu qonunlarsiz tasavvur eta
olmaymiz. Ijod qilish jarayonida, u go‘zallikni to‘la his qiladi, nozik ehtiroslar
og‘ushida, kuzatayotgan obyektning naqadar nafis, jozibali ekanligini his qilgan
holda, ko‘ngilni ko‘taruvchi xususiyatlarga boy tarzda tasvirlaydi. Muallif
yaratayotgan san’at asarida butun vujudi bilan estetik ta’mni ta’minlaydi.
Kompozitsiya yaratish uchun juda ko‘p kuzatish zaruriyati tug‘iladi, faqat
shundagina orzu—istak yagona mavzu ostida namoyon bo‘ladi. Kuzatish natijasi
sermahsul bo‘lishi uchun, to‘gridan to‘g‘ri chizavermaslik, mavzuni to‘g‘ri tanlay
olishi, unsurlarni o‘z o‘rnida ishlatishni talab etadi. Bunday holat tasviriy san’at
kabi adabiyotda, teatr va boshqa san’at turlarida ham amal qiladi. Kompozitsiya
tanlovi o‘zgacha sezgi hosil qilib, badiiyligi bilan o‘ziga torta bilishi kerak.
Bunday holat san’atning barcha turlariga teatr, kino, me’morchilik,
haykaltaroshlik, musiqa, adabiyot, uchun ham taalluqli. Kompozitsiyaning
qonunlari turli san’at turlarida turlicha qabul qilinadi, lekin bu qonunlar qachon,
qayerda bo‘lmasin xamma vaqt bir — biriga bo‘ysunadi. Tasviriy san’atda
kompozitsiya o‘z zaminida badiiy shakl orqali hajm va bo‘shliq, simmetriya va
assimetriya, masshtab, ritm, nisbat, kontrast, nyuans, perspektiva, guruhlanuvchi
qismlar va rangli yechim kabilarning qonunlariga bo‘ysunadi.
«Kompozitsiya» iborasi ko‘p holatlarda ko‘p qomatli kartinalarda
qo‘llaniladi. Haykaltaroshlik asarlarida, xam ayrim paytda narsaning o‘ziga qarab
chizish hollarida, etyudlarda ham ishlatiladi. Aynan shu yerda muallifning
mahorati darhol ko‘zga tashlanib, motiv, g‘oya detallarning joylashuvi, o‘lchamlar,
format tanlovi kabilar o‘z o‘rnida rang va tuslarning yetkazilishi bilan bog‘liq
bo‘ladi. «Kompozitsiya» bir tomondan nazar solinsa, san’at asari yaratish
davomida boshidan oxirigacha ish jarayonidir, ikkinchi tomondan esa turli uslublar
697
yordamida asar mazmunini ochib beruvchi fan bo‘lib, o‘zining qonunlari, uslub,
tartib, yaxlitlik, g‘oyani vujudga chiqarish kabi qoidalarga bo‘ysunadi.
Xulosa qilib aytsak, kompozitsiya bajariladigan ishning
boshidan oxirigacha o‘ylab ko‘z oldiga keltirilgan g‘oyaviy mazmunni bosh yoki
ikkinchi darajali ekanligini yuqori darajaga ko‘tarishdan iborat ekan. Bu borada
qator misollarni nazarda tutamiz: Leonardo da Vinchi «Sirli oqshom», Rafael Santi
«Sikstin madonnasi», Karl Bryullov «Pompeyning so‘nggi kuni», Ilya Repin,
«Dostoyevskiy» portreti, Raxim Axmedov «Buvi va nevara» portreti, Bahodir
Jalolov «Raqsning tugilishi» kartinalari, Mikelandjelo «David», Etyen Falkone
«Mis chavndoz», V.I. Muxina «Ishchi va dexqon», Ilhom Jabborov «Amir Temur»
xaykallari kompozitsiyaning barcha qonunlarini o‘zida yorqin mujassam etgan.
«Kompozitsiya» fan sifatida rangtasvir, qalamtasvir, xaykaltaroshlik, san’at tarixi
va estetika kabi fanlar bilan chambarchas ravishda o‘zining rivojlanish yo‘lini
o‘tab kelmoqda. «Kompozitsiya» fani talabalar uchun aniq qonunga amal qilgan
holda har xil mavzularda, turli janrlarda aniq g‘oyali kartinalar yaratish vazifasini
qo‘yadi, shuningdek, olingan nazariy va amaliy bilimlarni sinab ko‘rish imkonini
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |