Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   373
innovatsion

8.
 
Каримова Д. А. Мусиқа ўқитишнинг инновацион технологиялари. (Ўқув 
қўлланма) . – Т. 2011 й. 2-бет. 
 
SHARQ MINIATYURA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA 
MINIATYURA MAKTABLARINING ROLI 
Nurullayeva M.B,
BuxDUPI magistranti 
Har qanday jamiyatning kelajagi undagi ta'lim tizimining qay darajada 
rivojlanganligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan 
kundan boshlab shu kungacha ta'lim tizimini takomillashtirish, uni tubdan isloh 
qilish, bugungi taraqqiyot davri talablariga javob bera oladigan kadrlarni 
tayyorlash ustuvor masala deb hisoblab kelinmoqda. Yurtimizda uzluksiz ta'lim 
tizimini jahon talablari asosida takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga olib 
chiqish, zamon talablaridan kelib chiqib ilg‘or pedagogik va axborot 
texnologiyalarni joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jahon tasviriy 
san'ati tarixi rivojlanish bosqichlarida yurtimizning qadim tarixi, madaniyatidan 


731 
xabar beruvchi milliy tasviriy san'atimiz namunalaridan biri bo‘lgan miniatyura 
san’ati o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. 
“Miniatyura” deganda mumtoz qo‘lyozma kitob tarkibidagi asar voqealariga 
bag‘ishlab yoki alohida varaqda chizilgan mo‘jaz nafis surat tushuniladi. 
Miniatyura tarixan yangi so‘z bo‘lib, u XIX asrdan boshlab qo‘llanib kelinmoqda. 
San'atshunoslar, jurnalistlar kichik o‘lchamda chizilgan suratlarni miniatura deb 
atashlari natijasida qo‘lyozmalarga chizilgan sahifa, muraqqaa va lokli muqova 
yuzasidagi rasmlarni miniatyura deb atalishiga ko‘nikib qoldik. Aslida bunday 
hajman kichik va nozik ishlangan suratlarga “nafis san'at”, “mo‘jaz san'at” yoki 
“go‘zal san'at” iboralaridan birini qo‘llasak to‘g‘ri bo‘lar edi. Miniatyura so‘zi 
qo‘lyozma kitoblarga ishlangan mumtoz mo‘jaz suratlarga nom bulib qolishi bilan 
birga, bugungi kunda o‘lchamidan qat'iy nazar o‘rta asr liboslarida tasvirlangan 
inson ishtirok etgan suratlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Qadimgi Misr, Arab, 
Fors hududlarida shakllanib, temuriylar davrida Xuroson, Movarounnahrda yuqori 
darajaga ko‘tarilgan qo‘lyozma kitob va murakkab, bezakli suratlari XX asr 
boshlarida “miniatyura san'ati” deb nomlangan bo‘lsa, bugungi kunda jahon 
matbuotida “islom tasvir san'ati” yoki “musulmon tasvir san'ati” iborasi bilan 
atalmoqda. 
Sharqda miniatyuraning shakllanishida eng qadimgi markaz Misr davlati 
bo‘lgan. Qadimgi Misr fir'avnlarining maqbara devorlari rangli bo‘yoqlarda yassi 
usulda chizilgan suratlar bilan bezatilgan. Ilk o‘rta asrlarda miniatyura 
rangtasvirini nasroniylikka e'tiqod qiluvchi ko‘p misrliklar davom etdilar. IV-VI 
asrlarda kitob miniatyurasi kitobot san'atining yetakchi turiga aylandi. VII asrda 
arablar ishg‘ol etgan Suriya arab miniatyurasining asosiy markazlaridan biri 
sifatida ko‘rindi. Dastlabki arab miniatyura rassomlari suriyon nasroniylari edi. 
Ular orqali Bobil illyustratsiya an'analari arab rangtasviriga bevosita o‘girildi. 
IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, Eron, 
Ozarbayjon va O‘rta Osiyo xalqlari bir-birlari bilan uzviy aloqada bo‘lib kelgan. 


732 
Bog‘dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand kabi shaharlar madaniyat va taraqqiyotning 
markazi bo‘lib, o‘zlarining ko‘zga ko‘ringan olimlari, shoirlari hamda fan va 
madaniyat 
o‘choqlari 
bilan 
butun 
dunyoga 
tanilgan 
edi. 
Bu 
shaharlarda matematika va astronomiya, falsafa va tibbiyot, geografiya va 
badiiy adabiyot, me'morchilik va hunarmandchilik o‘zining yuqori rivojlanish 
bosqichiga erishgan. Uning o‘rnini esa qo‘lyozma kitoblarga ishlangan 
bezaklar - miniatyura san'ati egalladi. Miniatyuraning yuzaga kelishi va 
rivojlanishi, arab tilida badiiy adabiyotning ravnaqi, kitobning qadimda Sharqda 
ilmu ma'rifat manbai sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat beradi. Miniatyura 
sahifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda qo‘lyozmaning eng asosiy 
murakkab dekorativ belgilaridan birini tashkil qiladi, Miniatyuraning asosiy 
ahamiyati matn mazmunini tushuntirish va umuman olganda, dunyoviy xarakterga 
ega bo‘lgan asarlarni bezashdan iborat bo‘lgan. 
Oʻrta asrlarda Sharqda miniatyuraning oʻziga xos maktablari shakllangan. 
Arab miniatyurasida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; 
Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Buxoro, Hindiston qoʻlyozma 
kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan. Miniatyura 
qoʻlyozma kitoblarning moʻʼjaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida XII-
XIX asrlarda Sharqda keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar, keyinchalik 
badiiy asarlarga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — 
masnaviy, dostonlar , qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan miniatyuralar 
alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharqda Moniydan soʻng 
Junaid Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, 
Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla 
Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur. 
Shayboniylar va Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va 
ulardan muraqqa tuzish anʼanaga aylangan. VIII asr boshlarida Buxoroda 
miniatyura maktabi shakklangan. VIII-X asrda ishlangan Buxoro miniatyura 


733 
maktabiga oid miniatyura asarlari hozirda dunyo muzeylarida saqlanib 
kelinmoqda. Jumladan Fransyaning Louvre muzeyi da hamda Amerikaning 
metropolitan, Rossiyaning Ermitaj muzeyida. XV asr oxirida Samarqandda 
Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura 
maktabining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan. Amir Temur qurgan bogʻlardagi 
koʻshklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar saroylarida alohida 
kutubxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat axli, jumladan, 
musavvirlar ham faoliyat koʻrsatgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida 
ham kitobat sanʼati va miniatyura taraqqiyotiga katta eʼtibor berilgan. Temuriylar, 
Shayboniylar, Boburiylar davri miniatyura asarlari jahonning eng nufuzli muzey, 
kutubxona va shaxsiy toʻplamlarida saqlanadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin