739
Buxoro shahar 6-IDUM direktori.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada rahbarlik faoliyatida olib boriladigan
jararayonlar, pedagogik yondashuv konsepsiyasi psixologik boshqaruv turlaridan
foydalanish jarayonlari, innovatsion jarayonlarni faoliyat turiga jalb qilish. Faoliyat
turida tashkil etiladigan jarayonlarning ko‘pida raqamli texnologiyalardan
foydalanish kabi jarayonlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik konsepsiya, boshqaruv uslublari, avtoritar, liberal,
demokratik, innovatsiya, texnologiya.
Hozirgi davrda innovatsiion rivojlanish texnika davrida o‘quvchi yoshlar
bilan ishlashda ularning qiziqish yo‘nalishlarini e’tiborga olish, ular pedagogik
yondashuv bilan birga psixologik to‘g‘ri uslublarni ham tanlab olish hozirgi zamon
rahbar shaxsining juda muhim vazifalaridan bo‘lib xizmat qiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning pedagog xodimlarga qaratayotgan
e’tiborlari hozirgi zamon yoshlari bilan ishlay oladigan pedagog kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalari, bundan tashqari har bir o‘qituvchi shaxsi
alohida e’tibor markazida ekanligi bizday pedagog kadrlarni yangicha ishlashga va
zamon bilan ham nafas bo‘lib innovatsion jarayonlardan ortda qolmaslikka
motivatsiya beradi.
Maktab sharoitida nafaqat o‘quvchi va ota-onalar balki rahbarlik sharoitida
har bir o‘qituvchi va jamoa a’zosi bilan ham birgalikda bir tanu bir jon bo‘lib
ishlash juda muhim hisoblanadi. Ko‘p hollarda juda muhim savollar bilan
yuzlanishadi, ya’ni rahbar shaxs sifatida boshqaruv uslublaridan qay biri optimal
va jarayonda o‘z foydasini berishi to‘g‘risida. Javoblar har xil yangraydi, ya’ni
so‘rovnomalar o‘tkazilgan paytda ko‘p sonli ishtirokchilar “Avtoritar” uslub
yaxshi natija berishini aytsa, yana bir guruh so‘rovnomada ishtirok etgan jamoa
a’zolari “Demokratik” uslubni ma’qul ko‘rishadi. Ammo so‘rovnoma natijalariga
ko‘ra “Liberal” uslub eng kam ovozni o‘zida mujjasamlashtirgan. Rahbar sifatida
shuni aytib o‘tishim joizki hozirgi zamon boshqaruv uslubida aniq bir uslubni
740
tanlab foyda berishini kutish juda noto‘g‘ri hisoblanadi. Chunki qo‘l ostimizdagi
har bir shaxs o‘zining individual-psixologik sifatiga ega hisoblanadi. Shundan
kelib chiqib har shaxs bilan uning individualligiga qarab yondashish foydaliroq
bo‘lishi haqiqatga ancha yaqin hisoblanadi.
Har bir rahbar shaxsining o‘z faoliyat turiga qarab boshaqaruv konsepsiyasi
va maqasadli boshqaruv uslubi bo‘lishi lozim.
Maqsad
- shaxsning o‘zaro ta'siri va
muloqoti jarayonida yo‘naltirilgan sa'y-harakatlari orqali erishish kerak bo‘lgan
natijaning ongli g‘oyasi. "Kuchlarni birlashtirish" orqali ko‘rish va maqsad olib
keladi
aniqlik va kelishuv
tashkilot a'zolari va ularni mustahkamlash
sadoqat
.
Boshqaruv tizimining maqsadlari rejalashtirishning boshlang‘ich nuqtasidir.
Mohiyatan, rejalashtirish uzoq muddatli va joriy rejalarda aniq ifodasini topgan
kompaniyaning maqsad va vazifalarini ishlab chiqishdir.
Dostları ilə paylaş: