741
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari odimlayotgan Yangi O‘zbekiston
uchun boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, rahbar (yosh) kadrlarni tanlash,
o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning bilim saviyalarini
yanada yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq shart-sharoitlarni yaratish masalasi
taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomalari,
asarlari
mazmunini tashkil qiluvchi konseptual g‘oyalar, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi hamda Senat fraksiyalarida, Hukumat doirasida qabul qilinayotgan
qarorlar ham bu masalani hozirgi kunning nechog‘lik darajadagi dolzarb
muammosi ekanligini ko‘rsatmoqda. XXI asrning yuksak axborot texnologiyalari
va intellektual saviyaning keskin oshishi asri bo‘lishi sifatida bashorot qilinganligi
bejiz emasligini bugungi kun voqeliklari ko‘rsatib turibdi.
Bu holat insoniy
munosabatlar sohasida ham islohotlar yuz berishi, intellektual saviyasi yuqori
insonlar bilan muomala qilishning va ularga samarali ta’sir ko‘rsatishning nozik
hamda o‘ziga xos usullarini tanlashni talab qiladi. Agar O‘zbekiston misolida
olinadigan bo‘lsa, muomala an’analari, milliy qadriyatlarimiz, mentalitetimizning
o‘ziga xos nodir qirralarini yo‘qotmagan holda
jahon sivilizatsiyasining
ta’sirlaridan, umuminsoniy qadriyatlardan xoli bo‘lmagan boshqaruvchilar
qatlamini shakllantirish, ularning faoliyati orqali adolat, insoniylik va
demokratiyaning asoslarini insonlar ongi va shuuriga singdirish – davr talabidir.
Jamiyat rivojlanishidagi o‘tish, o‘zgarishlar davrida davlat (jismoniy tarbiya va
sport sohasi)
boshqaruvidagi, shu jumladan boshqaruvning barcha darajalaridagi
rahbarlar oldida turgan murakkab vazifalarni bajarishda professionalizmga, keng,
davlat (jismoniy tarbiya va sport sohasi) darajasidagi tafakkurga, kuchli irodaga,
maqsadga intilganlikka egaligi bilan ajralib turishlari kerak.
Zero, Prezident Sh. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Ish yuzasidan talabchanlik
qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa narsa. Odamlar ish
yuzasidan sizga bo‘ysunishi mumkin, boshqa har qanday masalada siz bilan teppa-
742
teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang.
Barchamiz yaxshi bilamiz,
xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha narsaga chidashi mumkin, lekin
takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy rahbar,
haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib
shart-sharoit yaratib berish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi
rahbarlar – u vazir yoki hokim bo‘ladimi, idora yoki tashkilot boshlig‘i bo‘ladimi,
odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur.”
Bu boradagi amaliy ishlar sirasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab
olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g„risida”gi PQ-3755-
sonli qarori 2 asosida istiqbolli boshqaruv kadrlarining
tizimli asosda tanlab
olinishini taʼminlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat va boshqa davlat organlari, tashkilotlari tizimida ularning kasbiy
malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida har 3 yilda
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika
tanlovi o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Qarorga muvofiq
Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 14-dekabrdagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha
“Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari
zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1018-
sonli qarori3 qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: