Adabiyotlar:
1. Umurov N.K. Notnыe redaktorы Sibelius-4, Sibelius-6 (vozmojnosti i
sravnitelnыy analiz versiy programmы Sibelius. –T.: 2015.
2. Elektron o‘quv materiallari.
3. Elektronnaya dokumentasiya programmы «Sibelius». Versii 4.0., 6.0.
4. Sibelius Software Limited (2007-2010).
747
RUBOB-PRIMA CHOLG‘USIDA IJRO ETISHNING BOSHLANG‘ICH
KO‘NIKMALARI
Xudoyberdiyev Dilmurod Ruzimurodovich
Buxoro Davlat Universitetining pedagogika instituti
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Maqolada prima rubobining yaratilishi, uning tuzilishi, prima-
rubobida ijro etish uchun dastlabki ko‘nikmalar, ijrochilik uchun uslubiy
ko‘rsatmalar, nazariy ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar, musiqa savodi haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Rubob prima, labaratoriya, tor, xarrak, lad, kvinta, maxnizm,
mizrob, musiqiy tovush, teri, tebranish.
Rubob-prima cholg‘usi qashqar rubob oilasini kengaytirish maqsadida
yangidan yaratilgan soz hisoblanadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi, professor A.I Petrosyans va cholg‘u ustasi S.E Didenkolar
konstruksiyasidagi to‘rt torli rubob-primalar dastlab qirqinchi yillarning birinchi
yarmida Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi
eksperimental labaratoriyada yaratiladi. Rubob-prima yuqori registrli cholg‘u
hisoblanib, u kichik oktavadagi SOL (G) tovushidan to‘rtinchi oktavadagi MI (E)
tovushigacha keng diapazonda egadir. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida boshqa
cholg‘ular bilan bir qatorda rubob-prima ham munosib ravishda yetakchi o‘rinni
egallab kelayapti. Rubob-prima orkestrdagi mizrobli guruhning ijro mahoratini va
imkoniyatlarini sezilarli darajada boyitib turadi. Badiiy va ijrochilik jihatdan katta
imkoniyatlarga ega bo‘lgan bu sozda jahon kompozitorlarining mumtoz asarlarini,
o‘zbek xalq kuylarini, O‘zbekiston kompozitorlar yaratgan musiqalarini ijro etish
mumkin.
Rubob-prima xalq cholg‘u ijrochilari orasida keng tarqalib kelayotgan soz
hisoblanadi. O‘zbekistonning deyarli hamma musiqa o‘quv yurtlarida rubob-prima
sinflari mavjud. Biroq, shunga qaramasdan, rubob-primada o‘qitish uslubi zarur
748
darajada ommalashmagan va sistemalashmagan, bu esa o‘z navbatida ijrochilik
san’ati taraqqiyoti yo‘lida g‘ov bolib kelayapti.
Rubob primaning torlari to‘rttaligi, ularning barchasi metalldan ishlanganligi
cholg‘uda o‘zbek xalq musiqasi namunalari, O‘zbekiston kompozitorlari asarlari
bilan birga jahon kompozitorlik ijdodidan namunalarni ham ijro etishning imkonini
beradi. An’anaviy qashqar ruboblarning kosaxonasi tut daraxti yog‘ochidan o‘yib
ishlangan bo‘lsa, yangi yaratilgan ruboblar kosaxonasi yog‘och qovurg‘achalarni
birlashtirib yasala boshlandi. Rubob prima kosaxonasi ham yog‘och
qovurg‘achalardanm dastasi esa o‘rik daraxti yog‘ochidan ishlandi. Kosasiga baliq
terisi va yurak parda qoplandi. Cholg‘u torlarini tutib turish uchun kosa tagiga
to‘rtta ilmoqlar o‘rnatildi. Kosaxona bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki
tomonida shoxsimon bezak qulog‘I mavjud bo‘lib ular o‘ziga xos chiroy vazifasini
o‘taydi. Torlar rubobning bosh qismiga o‘rnatilgan mexanik quloqlarga taqiladi va
cholg‘u dastasining boshida shayton xarrak hamda kosaga qoplangan baliq terisi
ustida joylashgan xarrak orqali ilmoqlarga o‘tkaziladi. Xarrak yumshoq
yog‘ochdan bo‘lmasligi, aksincha qattiq pishiq va sifatlishi muhim. Sababi, xarrak
tovush sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rubob prima dastasi 24 metalldan yoki latun
plastinkalar bilan bo‘lingan bo‘lib, ular orasidagi o‘zaro masofa parda yoki lad deb
yuritiladi. Pardalar sozning bosh qismidan kosaxonasiga qarab sanaladi. 2, 5, 7, 10,
12, 14 raqamli pardalarga o‘ziga xos bo‘lgan turli ko‘rinishdagi plastmassalar yoki
sadafdan ishlangan naqsh, bezak – belgilar o‘rnatiladi, ular soz dastasida notalar
joylashuvini aniqlashda yordamlashadi.
749
Rubob prima cholg‘usi to‘rt torli bo‘lib, birinchi va ikkinchi torlar po‘latdan
silliq yasalsa, uchinchi va to‘rtinchi torlar po‘lat torga o‘ralgan holatda
tayyorlanadi. Amaliyotda birinchi 0.24mm, ikkinchi tor 0.28, uchinchi tor asosi
0.30 mm, o‘ramasi 0.70mm, to‘rtinchi tor asosi 0.45mm, o‘ramasi 0.95mm
qalinlikda tayyorlanadi. Rubob prima cholg‘usi kvinta intervali bo‘yicha sozlanib
sadolanishi nota yozuviga to‘g‘ri keladi.
1 – tor ikkinchi oktava Mi (E)
2 – tor birinchi oktava LYA (A)
3 – tor birinchi oktava RE (D)
4 – tor kichik oktava SOL (G)
Sozning yaxshi va aniq sadolanishi ko‘p jihatdan torlarning sifatiga bog‘liq
bo‘ladi. Har bir muayyan yo‘g‘onlikka ega bo‘lishi kerak. Rubob prima uchun to‘rt
torli domra va mandolina sozlarining torlari komplekti ishlatilinadi. Quloqli
mexanizdagi torlar o‘zlarining pardadagi o‘rniga muvofiq to‘g‘ri tortilishi, bunda
ular chalkashib ketmasligi zarur. Cholg‘uni sozlashda xarrakning tutgan o‘rni va
balandligiga bo‘g‘liqdir. Agar xarrak rubob prima dastasi tomon yaqinroq
qo‘yilgan bo‘lsa, ijro etish chog‘ida sadolanish balandlashadi, agar aksi ya’ni
dastadan ancha uzoqroq qo‘yilgan bo‘lsa sadolanish pastlashadi.
Rubob primada ijro etish mediator yana mizrob bilan amalga oshiriladi. Uchi
o‘tkirlangan, ovalsimon, cho‘ziqroq shakldagi maxsus yassi ebonit mizrob deb
750
ataladi. Mizrobning shakli ijro sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, uchi o‘tkirlangan
jarangdor, qattiq tovush hosil qiladi. Mizrobning katta yoki kichikligi ijrochi
qo‘lining katta kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik barmoqlar uchun kichik
barmoqlarga qaraganda birmuncha katta o‘lchamdagi mizrob kerak bo‘ladi, lekin
juda katta mizrob ham ijrochining ijro jarayonida unga qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin bo‘ladi.
Musiqiy tovush shovqinlardan farqli o‘laroq, ma’lum balandlikka ega
bo‘lgan tovush hisoblanadi. Musiqiy tovush balanligi tarang jismning tebranish
tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Prima rubobida esa ana shunday tebranishlarni torlar
bajaradi. Tor xarrak orqali o‘zining tebranishini teri mumbranaga uzatadi, teri
membrana esa tebranishni kuchaytiradi va o‘zida tovush hosil qiladi.
Torni tarang tortish darajasi quloq
mexanizmini burash orqali
muvofiqlashtirib turiladi. Bo‘sh tortilgan tor kam sonli tebranish va past tovush
bersa, tarang torilgan tor ko‘p sonli tebranish va balandroq tovush hosil qiladi.
Torning tebranish tezligi uning yo‘g‘on yoki ingichkaligiga ham bog‘liq.
Tovushning balandligi, shuningdek, torning uzunligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tor
qanchalik uzun bo‘lsa, shuncha kam sonli tebranadi, tovush esa past eshitiladi, tor
qanchalik qisqa bo‘lsa, tebranish soni ko‘p bo‘lib, tovush ham balandlashadi.
Rubob prima ijrochilig haqida gap ketar ekan, bu jarayon bevosita orkestr
ijrochiligi bilan chambarchas bog‘liqligini alohida ta’kidlash kerak. Sababi
cholg‘ularning yangi turlarini yaratishdan ko‘zlangan asisoy maqsadlardan biri
ham aynan o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri diapazoni, uning ijrochilik
imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘lgan. Rubob prima orkestrining ijro
imkoniyatlari va diapozonini kengaytiribgina qolmay, uning tembr xususiyatlarini
ham boyitib turadi.
Rubob primada chalishni o‘rganuvshi yosh sozanda – ijrochi badiiy
malakalarni uyg‘un taraqqiy ettirish ruhida tarbiyalanishi, sozda ijro etish
usullarini o‘rganayotgan asarning badiiy niyatlarini ochib berishga bo‘ysundirishi
751
kerak. U o‘zi ijro etayotgan asarlarni idrok etishi, tovush sifatiga tanqidiy
munosabatda bo‘lishi, texnik qiyinchiliklarni tahlil qila olishi va ularni bartaraf
etish yo‘llarini topishi zarur.
Rubob prima keng ifoda imkoniyatlariga ega, bu esa uni yakkanavoz sozlar
jumlasiga kiritish huquqini beradi. Rubob prima ijrochilarini cholg‘u sozining ijro
imkoniyatlarini har taraflama puxta egallashlari va ijroni ham takomillashtirib
borishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |