Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   373
innovatsion

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Mirziyoyev Sh. “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy 
bahodir”, T., “O‘zbekiston”, 2018-yil. 
2.
Mirziyoyev Sh. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi 
farovon bo‘ladi”, T., “O‘zbekiston”, 2019-yil. 
3.
Shayx Alovuddin Mansur “Qur’oni Azim muxtasar tavsiri”, T., “Sharq”, 2019-yil. 
4.
“Avesto”, Askar Mahkam tarjimasi T., G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2015-yil. 
5.
Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug‘otit turk”, T., G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2017-
yil. 
6.
Kuntug‘mish “Sharq” nashriyoti, T., 2011-yil. 
7.
Mavlonov O “Zoologiya” O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti, T., 2013-
yil. 
8.
Sharq hikoyat va rivoyatlari. “Sharq” nashriyoti, T., 2018-yil. 
9.
Ahmedov M muharrirligi ostida Majoz va haqiqat. T., “Kitobdor” nashriyoti, 
2018-yil. 
10.
M.Behbudiy. Tanlangan asarlar T., “Manaviyat”, 1999-yil 176-bet. 
MUSIQA O‘QITUVCHISINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISHGA TAYYORLASH 
Raxmanova Istatjon Muminovna 
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti 
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti 


759 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada musiqa o‘qituvchisining zamonaviy 
texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishi va darsni qiziqarli o‘tishi uchun 
qanday usullardan foydalanishi yoritilgan. 
 Kalit so‘zlar:
pedagog, texnologiya, mahorat, interfaol metodlar. 
Zamonaviy o‘qituvchi - kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, 
nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, 
foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir.
Milliy tajribaning taxlili va ta'lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlarga 
tayanib yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, 
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish, istiqbol 
vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishda pedagog mahorat alohida o‘rin tutadi.
Milliy dasturda ko‘zda tutilganidek, zamonaviy axborot texnologiyalari va 
kompyuterlar mukammalashib, barcha o‘quv jarayoniga, jumladan, musiqa fanini 
o‘qitish jarayoniga ham tatbiq etib borilyapti. Musiqa fani o‘qituvchining 
pedagogik mahorati - o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali 
holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, talaba- 
o‘quvchilarda musiqiy-ma’naiy dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat 
uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish asosiy vazifalardan 
hisoblaniladi. 
Ma’lumki, musiqiy-pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan 
belgilanadi, ya'ni musiqiy-pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan 
bog‘liqdir. Musiqa o‘qituvchisining mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama 
kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Shunga ko‘ra musiqiy-pedagogik faoliyat 
avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta'minlaydi. Bir avlodning musiqiy 
tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi 
musiqiy tushunchaga oid tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. 


760 
Musiqa o‘qituvchisi doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan yoshlar bilan ishlaydi. 
Ularga musiqiy ta’lim-tarbiya bo‘yicha yondashishda bir xil qolip, shakllanib 
qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa musiqa 
o‘qituvchisidan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 
Hozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa musiqa ta'limi standartlarini 
o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan iboratdir. Agar bu vazifa amalga oshirilmas ekan, 
musiqiy ta'lim - tarbiya sohasida sifat va samaradorlikka erishish, o‘quv jarayonini 
takomilashtirish masalalari hal etilmay qoladi. 
Musiqa madaniyati o‘qituvchisining pedagogik mahoratlaridan eng avval, 
ta'lim - tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganishi lozim. Bu albatta
ko‘pgina muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi. Musiqa fanidan dars 
beruvchi tajribali o‘qituvchilar faoliyati bilan bir qatorda oddiy o‘qituvchilarning 
faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki musiqa ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha 
tajribalrni o‘rganish jarayondagi muammo: yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. 
Bunda kuzatish, intervyu olish, anketa so‘rovlari, savol-javob, o‘quvchilarning 
yozma va ijodiy ishlari, pedagogik xujjatlarini o‘rganish metodlardan 
foydalaniladi, Masalan: kuzatishda o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani 
ma’lum maqsadidan kelib chiqqan xolda kuzatish ishlari natijalari bo‘yicha 
bayonnomalahstirishni olib boradi. Bu jarayon aniq reja asosida olib borilishi 
kerak. Suhbat esa turli dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan musiqiy 
materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. «Suhbat mustaqil yoki 
yordamchi metod sifatida qo‘llaniladi». Anketalashtirish musiqaga tegishi 
materialni to‘plash maqsadida amalga oshiriladi. Mahoratli musiqa o‘qituvchisi 
barcha o‘quvchilarning musiqa sohasidagi xujjatlarini o‘rganishi lozim. Bunga 
o‘quvchilarning maktabdan tashqari musiqiy faoliyatlarga qatnashishi, musiqa 
maktabida ta’im olish hiujjatlari nazarda tutiladi. Shuningdek, darsdan tashkari 
musiqiy to‘garak ishlarini ham olib boradi. Jumladan: Qadimgi Gretsiyada musiqa 
yordamida donolikni, mardlikni tarbiyalashi mumkin deb hisoblangan. Haqiqatdan 


761 
har bir san'at insonga ruhiy ta'sir ko‘rsatadi. Musiqa, ayniqsa, hissiy ta'sir etishda 
katta kuchga ega. Shuning uchun ko‘pgina davlatlarda musiqadan ko‘p 
yo‘nalishlar bo‘yicha keng foydalaniladi. 
Musiqa o‘qituvchisi o‘quv va tarbiya ishlarini olib boradi. U faqatgina keng 
bilimga ega bo‘lib qolmay, o‘zining fanini ham yaxshi va chuqur bilishi lozimdir. 
Bolalarni musiqa san'ati bilan tarbiyalashda dunyoqarashi, fikrlashi, tushunchasi 
birinchi darajali ahamiyatga egadir. Musiqa kishi xissiyotini, ayniqsa hissiy estetik 
xissiyotini faol rivojlantiradi.
Musiqa o‘qituvchisi yaxshi sozanda va yaxshi san'atkor bo‘lishi lozimdir. 
Musiqa cholg‘usida yaxshi chalish, ijro eta olish, yaxshi ovozga ega bo‘lishi, 
notaga qarab yaxshi ijro qilishi, bolalar qobiliyatini ajrata bilishi lozimdir. 
O‘qituvchi, bulardan tashqari, boshq fanlar darslarini kuzatib borishi ham 
lozimdir. Doimiy kuzatishlar orqali pedagogik mahoratini egallab boradi. U 
vaziyatni baholashga, o‘quvchilarning ichki tuyg‘ularini sezishga o‘rganadi. 
Kuzatish 1-7 sinflar davomida amalga oshiriladi. Eng asosiysi: o‘qituvchi musiqa 
asarini ijro etibgina qolmay, balki uning mazmuni bilan ham tanishtirishi lozim, 
buning uchun o‘qituvchining nutqi ravon, qisqa, hamda tushunarli bo‘lishi kerak. 
Musiqa madaniyati darsida o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak 
darajada bo‘lishi lozim. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini 
tushuntirib berishi orqali o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san'ati olamiga 
olib kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan bolalar diqqatini musiqa mavzulariga 
yo‘naltirishi mumkin. O‘qituvchining musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa, 
qiziqarli bo‘lishi kerak va o‘quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozim. 
Dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot usulini qo‘llasa, musiqa 
haqida to‘g‘ri mulohaza yuritishga, aniq xulosalar chiqarrishga yordam beradi. 
Suhbat jarayonida ko‘proq o‘quvchilar baxsga o‘tadilar. Bu faoliyatida o‘qituvchi 
rejissyor singari ularni boshqarib, to‘g‘ri xulosalarga erishtirilishi lozim. 


762 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, musiqa 
ta'limining samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga 
kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha 
an'anaviy ta'limda o‘quvchini faqat tayyor bilimlarini egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, 
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari mustaqil ravishda 
topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari 
keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. 
Musiqiy-pedagogik texnologiya masalalari, muammolarini o‘rganayotgan 
o‘qituvchilar, ilmiy - tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, musiqiy-
pedagogik texnologiya - bu faqat o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan turli 
xil texnik vositalardan foydalanish deb belgilanadi.
Musiqa ta’limining o‘ziga xosligi tashkiliy tuzilishi, amaliy ijrochilik 
faoliyatlari, shuningdek o‘qitish usullari, ularning samaradorligini ta’minlovchi 
omillar, vositalar tahlili va ularni umumiy ijodiy – ijobiy jihatlarini umumlashtirish 
musiqa ta’limini o‘zigagina xos bo‘lgan yangi turlarini ishlab chiqish imkonini 
berdi. Bular ham o‘z maqsadi va bajaradigan vazifasi mazmun va mohiyatiga ko‘ra 
pedagogik texnologiya bo‘lib, ularni musiqa mashg‘ulotlariga tadbiq etish yaxshi 
natija bermoqda. Bunday darslar o‘quvchilarda yaxshi kayfiyat, jo‘shqinlik, 
ko‘tarinki ruh va intilishni kuchaytirmoqda. Ular qatoriga hozirgi kunda ilg‘or, 
tashabbuskor musiqa o‘qituvchilari tomonidan keng qo‘llanilayotgan quyidagi 
texnologik darslarni alohida ko‘rsatishimiz mumkin: 

konsert darslar; 

konkurs darslari; 

kuyni top; 

men dirijyor darslari; 

musobaqa darslari va h.k. 
shu o‘rinda qayd qilib o‘tish joizki, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini 
texnologik faoliyatga tayyorlash 
bir fan doirasida emas
, barcha fanlarni 


763 
o‘qitilishida yaxlit tizim asosida tashkil etilsagina kutilgan natijaga erishish 
mumkin. Ya`ni musiqani xor va xorshunoslik, dirijyorlik, vocal ijrochiligi, cholg‘u 
ijrochiligi, musiqa tarixi, musiqiy asarlar tahlili, musiqa o‘qitish metodikasi (bu 
fanlar talabaning kelajakdagi musiqa o‘qituvchilik faoliyatida muhim o‘rin 
tutuvchi fanlar hisoblanadi) kabi fanlar o‘qitilishi jarayonida kasbga tayyorlash va 
texnologik jarayonga tayyorlash ishlari bir – biri bilan uzviy bog‘liq holda amalga 
oshirilsa va tadbirlarning (mashg‘ulotlarning) har biri bosqichma – bosqich 
bo‘lajak o‘qituvchilarni ta`lim jarayonini mohirona ilg‘or pedagogik texnologiya 
asosida tashkil etishga tayyorlasagina u bir butun tizim sifatida samaradorlik kasb 
etadi. 
Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish uchun avvalo o‘quv – biluv faoliyatidan unumli 
foydalana bilish, talabalarni har bir fan o‘qitilishida pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur. Masalan, dirijyorlik 
mashg‘ulotlari jarayonida “Talaba treningi”, “Men dirijyor”, “Klaster”, Musiqa 
nazariyasi fanini o‘tishda “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Bahs - munozara”, 
“Muloqot”, “Guruh bo‘lib ishlash”, Xor va xorshunoslik asoslari mashg‘ulotlarida 
“Kichik guruhlar holiday ishlash”, “Individual ishlash”, “Savol - javob”, Cholg‘u 
ijrochiligi darsini o‘qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars sayohat”, “Konkurs 
darslar” texnologiyalarini qo‘llash va talabalarni bunday faoliyatga tayyorlab 
borish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, musiqa - san'at sifatida ijtimoiy ong formasidir. U 
kishining his tuyg‘ularini ifodalash bilan birga, hayotni voqiylik va davr in'ikosidir. 
Musiqa darsi jarayonining asosiy omillari sifatida quyidagilar mavjud: musiqani 
eshitib zavqlanish, qo‘shiq ijro etish, musiqa savodiga doir xususiyatlarini anglab 
olish, raqsga tushish va musiqa sadolari ostida turli harakatlarni bajarish, chapak 
va cholg‘u asboblari ijrosi, maqsadini idrok etib borishdan iborat. 


764 
Ijro etib musiqaga jo‘r bo‘lish uchun belgilangan musiqa darsini yuqoridagi 
maqsadni amalga oshirishda eng avval o‘quvchilarni tinglay olish madaniyatiga 
o‘rgatish kerak. Musiqa tinglashda, qo‘shiq ijro etishda, bolalar cholg‘u asbobida 
jo‘r bo‘lishda va shuningdek, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish ta’lim-tarbiyada 
muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin