ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Avliyoqulov N.X., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent-2008-
yil
2. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari – Toshkent, 2001
3. Adizov B.R. Boshlang‘ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.
Ped.fan.dok. diss. T., 2003-yil.
XALQ DOSTONLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION TAHLIL
Xaitov XamzaAxmadovich
BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi”
kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d.
Naimova O‘g‘iloy Alisherovna
BuxDUPI talabasi.
Annontatsiya.
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi majoziy
tasvirlar innovatsion yondashuv nuqtai nazaridan tahlil qilindi.
Tayanch so‘zlar:
xalq dostoni, qarg‘a, burgut, kalxat, Qur’on, ma’rifat,
maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi, innovatsiya, badiiy tasvir.
“Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, makotib birinchi taraqqiyni
boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har millat eng avval
755
makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘paytirmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a
kirib madaniyatdan foydalanmas”.
Fikrimizni buyuk jadid ma’rifatparvari, maktabshunos Behbuniyning
so‘zlari bilan boshladik. Maktablardagi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,
o‘quvchi va o‘qituvchining kitobxonlik salohiyatini oshirish, o‘qitish bilan bog‘liq
muhim innovatsiyalarni joriy etish biz yashab turgan davrning muhim talabidir.
Prezidentimiz: “ Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga
qo‘yayotgan bir biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‘ylar
ekanmiz, ularning yechimi aynan ta’lim-tarbiya bilan, yoshlar dunyoqarashini
zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va marifat asosida shakllantirish bilan bog‘liq
ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz degan edi. Shu munosabat bilan biz
tahlilga tortgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi oddiy sandiq, qarg‘a
tushunchalari orqali o‘quvchilarda quyidagi ijobiy xususiyatlar shakllanadi deb
hisoblaymiz.
-
Baddiy asarni o‘qiyotganda voqealar ortidan quvish emas, mantiqiy mushohada
yuritish;
-
tabiatga mehr uyg‘otish orqali ekologik simpatiyani shakllantirish;
-
Diniy ilm Qur’on va tarbiyani mustahkamlash;
-
Ajdodlarimizning ming yillik an’analariga ehtiromni kuchaytirish;
-
Zoologiya, tarix, dinshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqlikni asoslash;
Donishmand xalqimizning og‘zaki ijodiga mansub bo‘lgan rivoyat afsona va
dostonlarda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan serqirra va purma’no
g‘oyalarning majoziy ifodasi hayratimizni oshiradi. Shu bilan birga insonlarning
ma’naviy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kishi qalbining go‘zallashuvida,
yaxshilik, ezgulik, samimiylik, kamtarlik tuyg‘ularining rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Biz o‘qiganlarimiz yuzasidan xalq og‘zaki ijodi namunalarida
juda ko‘p uchraydigan qarg‘a obrazi haqida fikr yuritamiz. Qarg‘a
chumchuqsimonlar sinfining eng yirik vakillaridan biri bo‘lib, qishlash uchun
756
shimoliy hududlardan o‘lkamizga uchib keladi. Mart oylarida esa yana qaytib
uchib ketadi. Qish kezlari qarg‘alar birlashib katta gala hosil qiladi. Bunday gala
baland daraxtlarning shoxida tunaydi. Qarg‘a hamma narsani yeydigan qush,
ko‘pincha dalalardagi hashorotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor
mevalarni cho‘qiydi. Ular juda ko‘p miqtorda zararkunanda hasharotlarni qiradi va
qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Demak, ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra qarg‘a
tabiat va inson uchun xafi bo‘lmagan parranda hisoblanadi. Donishmand xalqimiz
qarg‘a obrazini majoyiz talqin qilar ekan hayot mantiqini nazardan qochirmaydi.
Asarlarni o‘qir ekanmiz, ajodlarnimizning ilmiy tasavvuri boy ekanligidan
zavqlanamiz. Fikrimizning dalili sifatida “Kuntug‘miz” dostonidan parcha
o‘qiymiz.
Yoronlar xudoning qudrati kuchli,
Hu tog‘dan bir quzg‘un davr olib uchdi
U jonivor parvoz aylab osmonga
Nogohondan ko‘zi qudoqqa tushdi
Qanotin chimirib qo‘nib ustiga
Ammri juzo bo‘ldi cho‘qidi, teshdi
Sog‘ salomat shu qudoqdan chiqishdi.
Darg‘azab xon bir tuyani so‘ydirib, terisini tulub qilib, xom teriga
Kuntug‘mish va Xolbekani joylatadi. Bir asov baytalni dumiga taqib, cho‘l
jaziramaga haydab yuboradi. Asovni ko‘p odam chuvlab hurkitib quvdilar. Asov
baytal hurkib ikkivoni sudrab cho‘lga uloqib ketdi. Baytalning dumi bir tol, yarim
tol uzula uzula olti kun deganda tulub bir yerda tushib qoldi. Xom teri oftobning
harorati bilan qurib chunon qisdiki temirday bekitdi. Manashunday xavfli holatdan
doston qahramonlarini qarg‘a asrab qoldi. Zardushtiyning muqaddas kitobi bundan
qarib 3 ming yil muqaddam Xorazm vohasida yaratilgan bebaho ma’naviy obida
“Avesto” ga qarg‘a “Varagi”nomi bilan kiritilgan. Hind-Yevropa xalqlari –
germanlar skandinavlarning afsonlarida loshlar bilan oziqlanuvchi qush voron
757
(qarg‘a) juda ko‘p uchraydi. Falsafiy tafakkuri yuksak, diniy va dunyoviy
ta’limotlarni teran mushohada qila olganligi uchun xalqimizning ijod namunalarida
nazokat beqiyosdir. Hayot mantig‘i va atrofimizdagi makro olom nazaryasi
majoziy talqinda xoslik va moslik kasb etganligi uchun xalq og‘zaki ijodi inson
qalbida tez va oson o‘rin topadi.
1266-yilda Shomlik xattot Muhammad bin Abu Bakr Damashqiy otli kotib
tomonida ko‘chirilgan, hijriy 664-yil shavvol oyining 27-kuni o‘zining yozishiga
qaraganda Mahmud Qoshg‘ariy o‘z qo‘li bilan yozgan, hozirgi kunda Turkiya
davlatining Istanbul shahrida joylashgan millat kutubxonasida saqlanayotgan,
Solih Mutallibovning say harakatlari bilan bizning hozirgi adabiy tilida mukammal
ko‘rinishga ega bo‘lgan XI asrning noyob durdonasi Mahmud bin Al Husayn bin
Muhammad al Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida qarg‘a haqida ajoyib
bir iqtibos mavjud: “Bo‘rinin ortaq quzg‘unun yig‘acha bashinda”. Ma’nasi:
“Quzg‘un chiya bo‘rining ovidan foydalanishda uning o‘rtog‘i. U o‘zining ovlagan
narsasini daraxtning ustida yeydi”. Manashu majoziy talqinlarning ildizini
muqaddas Kalom bilan asoslaymiz. “Odamning ikki farzandi Qobil va Homil
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mujodalada Qobil o‘z birodari Homilni nohaq o‘dirgani
haqida xabar berilib bu qissa orqali yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi doimiy
kurash tasvirlanadi. Bu yer yuzidagi nohaq qon to‘kilishi fojialarining birinchisi
edi. “So‘ngra Alloh birodarining murdasini qanday ko‘mish uchun yer titadigan bir
qarg‘a yubordi. U qarg‘aning qilayotgan ishini ko‘rib menga o‘lim bo‘lsin
manashu qarg‘achalik bo‘la olmadimmi?! Deb nadomat qilib qolguvchilardan
bo‘lib qoldi.
Manashu dalil nuqtai nazari bilan qarasak nega xalqimiz Kuntug‘mish
dostonida jazirama cho‘lda asarning ikkala bosh qahramonlariga yorda berish
uchun hayot mantig‘iga mos tarzda burgutni, lochinni, kalxatni emas, noananaviy
tarzda qarg‘ani yuborganligini anglay boshlaymiz.
758
Xulosa o‘rnida davlatimiz rahbarining: “Ta’lim va tarbiya har qaysi davlat
va jamiyatning nafaqat bugungi balki, ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim
va ustuvor masaladir”, - degan fikrlarini keltiramiz. Shu asnoda bugungi zamon
o‘qituvchisi har bir mavzu doirasida o‘nlab ilmiy nazariy va badiiy kitoblarni
mutolaa qilgan bo‘lishi davr talabidir.
Dostları ilə paylaş: |