Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. A.Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi.Toshkent 1993
2. R. Qosimov. An’anaviy ijrochilik. Toshkent. 2007.
3.S.Begmatov. Hofizlik san’ati. Toshkent 2007.
OʻTMISH MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI HAQIDAGI
FIKRLARI
Sharipova Sitorabonu Shuxrat qizi
BuxDUPI magistranti
Karimov Olimxoʻja Islomovich
BuxDU dotsenti
Annotatsiya.
Maqolada
Sharq mutafakkirlari - Forobiy, Ibn Sino, A.Jomiy,
A.Navoiy, Bobur, Kavkabiy kabi arboblarning musiqiy qarashlari xususida fikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
musiqa madaniyati, yosh avlod, did, ravnaq, jamiyat, qadim,
zamonlar, muayyan, hissa, Sharq.
Qadimgi davrlarda bu sohani juda koʻplab olimlar tadqiqod etganlar, hamda
oʻz fikrlarini bayon qilishgan. Sharqda: Farobiy, Ibn Sino, A.Navoiy kabi
allomalarimiz ham musiqa sohasida ilmiy izlanishlar olib borishgan va musiqaga
oʻz munosabatlarini bildirib oʻtganlar. Bu siymolarning musiqa haqida bildirgan
fikrlari bugungi kunda shu sohaga qiziquvchilarga muhim qoʻllanma boʻlib xizmat
777
qilmoqda. Har bir insonning ma’lum bir yoʻnalish haqida bildirgan fikrlari uning
bilimlari, tajribalari, dunyoqarashi va xarakteridan agar ijodkor boʻlsa
yoʻnalishidan, chaladigan sozidan kelib chiqib shakllanadi. Ushbu maqolada
San’atshunoslik fakulteti magistrantining musiqa haqida qarashlari va izohi bayon
etilgan.
Mutafakkirlar,davlat arboblari, olimlar, pedagoglar san’atning barcha
turlarida jumladan musiqa san’atida ham insonlarning ongi va ruhiyatida chuqur
ta’sir qilib ularda yuksak ma’naviy xislatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish
vositasi sifatida qarashganlar va bunga katta e’tibor berganlar. Barkamol avlodni
tarbiyalashda musiqa san’atining ayrim xususiyatlarini hisobda olish muhimdir.
Musiqa qadimgi davrlarda badiiy ifoda vositalarining boshqa turlari-
harakat,raqs,ohang,ohangdosh soʻzlar va boshqalar bilan oʻzaro bog‘liqlikdagi
birligini tashkil qilgan.Uning alohida badiiy ifoda vositasi sifatida ravnaq topishi
jamiyatning sinfiy tarkibini shakllantirish,koʻngilxushlik uchun vaqt hamda
moddiy ashyolarga ega guruhlarni ajratib olish davriga toʻgri keladi.Beruniy
oziktabiat,musiqa eshitishga chanqoq odamlarning paydo boʻlishi jamiyatning
ma'lum darajada rivojlanishiga yoʻl ochganini eslatib oʻtadi.
105
Oʻzbek xalqining musiqa madaniyati koʻp asrlik tarixga ega. Xalq musiqa
merosining zarchashmalari tarixan olislardan boshlanib xalq ijtimoiy hayoti bilan
uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelmoqda. Xalq musiqa merosining ilk koʻrinishi va
tafakkurining taraqqiy etishi natiForobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga
kelishining tabiiy-ilmiy taʼrifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining
matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida
koʻplab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar
bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari boʻlmish naqralar,
ularning birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan
105
Абу Рейхан Бируни.Изобранные произведения.Том III.Определение границ мест для уточнения
расстояний между населенными пунктами[Геодезия]./Исследования П.Г.Булгакова.-Ташкент,1966.84-бет
778
ritm oʻlchovlari va turlarini yoritib bergan. “Musiqa haqida katta kitob”da faqat
musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda maʼlum boʻlgan rubob, tanbur,
nogʻora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish
qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiyning oʻzi mohir sozanda, bastakor,
manbalarda yangi musiqa asbobini ixtiro etganligi, unda nihoyatda taʼsirchan
kuylar yaratgani qayd etiladi. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi,
sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida
qoldirgan merosi musiqa madaniyati tarixida olamshumul ahamiyatga ega.
Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning merosini
chuqur oʻrganadi. Ovroʻpo olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. U.
Buur, R. Xammond, R. de Erlanje, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley,
Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker, M. Maxdi va boshqalar Forobiy
merosini oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdilar. Keyingi yilda tabiat
goʻzalliklaridan ilmhomlangan inson tomonidan mehnat jarayonida vujudga
kelgan. Darhaqiqat, inson turmushini qoʻshiqsiz, musiqasiz, tasavvur qilib
boʻlmaydi. San’at kishilarni ma’naviy kamolotga erishtiruvchi yoʻl. Musiqa (yun.
mousiche - muzalar sanʼ-ati) - inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur
doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks
ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi
mu-ayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari
(koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va
b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy
sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va b.)ni, uning tabiati
(mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy,tasviriy
imkoniyatlari yunon olimlari - Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari -
Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari - Imom
Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va b. tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy
tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi
779
uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual - muayyan jarayonli tabiati
bilan bogʻliqdir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda
berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv,
rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra
musiqa mazmuni ham turli - epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin.
Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan
lirika musiqaning “botiniy” tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni -
shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib,
bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy
fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir
davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson
faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro
etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir.
Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy
tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli
juda muhimdir.
106
Musiqa san'atida antik(yunon va rim) ilmiy meros orqali boyitilgan
dunyoviy yoʻnalish IX-XII asrlarda ilmiy-musiqiy tafakkurning yorqin rivoji
uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Bu sohada Oʻrta Osiyoda tug‘ilib oʻsgan yoki
faoliyati qaysidir darajada shu mintaqaga bevosita aloqador boʻlgan buyuk olimlar-
Abu Nasr Farobiy,Ibn Sino,Muhammad Xorazmiy,Faxriddin Roziy va boshqalar
juda katta hissa qoʻshishgan. Ularning asarlarida Movarounnahrning musiqiy
yutuqlari-cholg‘u asboblari sozlash usullari,texnik jihatdan nozik,qadimiy ijro
shakllari va boshqalar yorqin aks ettirilgan.
107
Kaykovus (XI asr) qalamiga mansub mashhur “Qobusnoma” asarida oʻsha
payt san'atida shuhrat qozongan “Movarounnahr toʻrtliklari” (dubaytixoyi
106
Online ensklopediya Qomus.info Abdumannon Nazarov Olimjon Bekov
107
Oʻzbekiston madaniy merosi. “Silk road media” “ East star media” Toshkent -2020.63-bet.
780
Movarounnahr),jang san'ati,qon toʻkish,oshiqlik va sarguzashttalablik-ayyor -
pishagi haqida ham batafsil soʻz yuritiladi.
108
X-XI asrlardan boshlab dunyoviy yoʻnalish bilan bir qatorda islom dini
negizida tasavvuf ta'limoti va uning musiqiy-she'riy an'analari vujudga kelgan.
Xurosonning yirik tasavvuf maktabi ham Movarounnahrdan uncha uzoq
boʻlmagan hududda ravnaq topgan.Keyinchalik soʻfiylarning maxsus xonanda va
bastakorlari-qavvollar paydo boʻlgan,soʻfi musiqasida samo,zikr,raqs atamalari
vujudga kelgan."Musiqa tinglash" masalasi ham soʻfiylik manbalarida turli bahs-
munozaralarga sabab boʻlib,uning tarafdorlari ham,tanqidchilari ham paydo
boʻlgan. Shu tariqa qadimgi davr va ilk oʻrta asrlar boy cholg‘u va vokal san'ati
an'analari Movarounnahr va Xuroson shaharlarida IX-XII asrlarda,keyinchalik
XIV-XV asrlarda yangicha rivojlanishning bosqichlarini bosib oʻtgan.Keyinchalik
aynan Samarqanddan (soʻg‘d musiqa an'analari vorisi) mashhur musiqashunos
Hakim Abu Hafs Soʻg‘diy yetishib chiqqani ham tasodif emas,albatta.Uning X asr
boshlarida shohrud cholg‘u asbobini yaratgani Abu Nasr Farobiyning "Musiqa
haqida katta kitob " asarida,shuningdek,bir qator oʻrta osiyolik musiqashunoslar
tomonidan qayd etib oʻtilgan.
109
Musiqa ta’limida nihoyatda katta ahamiyat bergan Oʻrta osiyolik mashhur
musiqachilar orasida qomusiy olim Muhammad al Forobiy alohida oʻrin egallaydi.
Olim filosofik va siyosiy masalalar bilan uzviy bog‘liq holda maorifni
rivojlantirish yosh avlodni tarbiyalash va oʻqitish masalalariga katta etibor
qaratgan Farobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan koʻp jildli asari bilan oʻrta
asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur boʻldi. U musiqa ilmini nazariy,
amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib taʼrif
va ilmi iqoga ajratadi.
110
108
Amir Unsur al-Maoliyi Kaykovus. Kitob-i Nasihat-noma ma'ruf ba: Qobusnoma.Musahhih:Said Nafisiy.-
Tehron,1983.143-bet.
109
Oʻzbekiston madaniy merosi. “Silk road media” “ East star media” Toshkent -2020.64-bet.
110
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) jurnalidan olindi.
|