774
xalqi yuragida doimo mavjud bo‘lgan. O‘z ildizlari bilan qadim- qadim
zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi turli janrlarga bo‘linadi. Masalan,
folklor, dostonchilik, kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg‘u asarlar
(jumladan maqom) va boshqa janrlarni o‘z ichiga olgan.Ularning ijro yo‘nalishlari
bir-biridan juda farqli.Misol uchun: maqom yo‘lida kuylash uchun an’anaviy
xonandalik uslubida mohir, kuylay olish lozim.
Ma’lumki an’anaviy xonandalik san’at rivojida maqom va an’anaviy ashula
ijrochilarining xizmati yuksak bo‘lgan. Bunday
ijrochilar yorqin ovoz sohibi,
ijodkor, bastakor va sozanda bo‘lganligi bilan ham diqqatni tortadi. An’anaviy
xonandalikning nufuzi ham ana shular bilan belgilanadi.
“O‘zbek an’anaviy xonandalik san’ati amaliyotida juda ko‘p ovoz turlari
uchraydi. Mutaxasis xonandalar tomonidan ular o‘z xususiyat va sifatlaridan kelib
chiqib nomlanib kelingan. Masalan: “tik ovoz, dovudiy ovoz, kuchli ovoz, po‘ng‘
ovoz, xasta ovoz, qo‘ng‘iroq ovoz, dardli ovoz, manqa ovoz, ta’lag ovoz, baqiroq
ovoz, mungli-yig‘loqi ovoz” va h.k. Xonandaning ovozi faqat ularning
xususiyatlari bilan emas, balki ijroviy diapazoni bilan ham xarakterlanadi.
Ovozlarning balandligi nuqtai-nazaridan past va yuqori registrlarga bo‘lish
mumkin. Odatda, registr tushunchasi ovoz diapazonining bir qismini tashkil etadi.
Buyuk olim Ibn Sino ham o‘zining asarlarining birida “ inson ovozi sozlar
ichida eng mukammal soz” deya ta’rif bergan. Bunday talqin inson ovozi har
qanday cholg‘u asbobining ovozidan ko‘ra naqadar
mukammal va naqadar nafis
ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.Ovoz inson ichki hissiy tuyg‘ularining baralla
izhor qilinishida vosita bo‘lib xizmat qiladi, bir qatorda ashula kuylashda ham eng
asosiy quroldir. An’anaviy xonandalik san’atida ovozlarni chiniqtirish ularni vaqt
o‘tgan sayin charxlab borish muhim vazifadir. Chunki maqom kuylash uchun
kuchli va o‘ta bo‘ysunuvchan ovoz kerak bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlagan ovoz
turlari ya’ni sifatlari har biri o‘z ijro uslubiga ega. Ovoz va soz talqini har qanday
holatda ham bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Bunday ovoz turlari mohir ustoz
775
hofizlar ijrolarida ham yaqqol seziladi. Bunday sifatlarni o‘zida mujassam etgan
hofizlarning ayrimlari ismlariga qo‘shimcha ravishda nisbat (laqab) berilgan. Bu
o‘sha ijrochining ovoz imkoniyati qanday cho‘qqida ekanligidan dalolat beradi.
Ovoz talqinida ashula ijro etuvchilarning o‘ziga xos ichki xususiyatlari
mavjud.Aynan
ana shu shaxsiy, ichki sifat va xususiyatlar,xonandalarning har
birini alohida-alohida qaror topishiga sababdir.
An’anaviy yo‘lda ta’lim olayotgan o‘quvchilar albatta yoshlikdan o‘z
ovozlari ustida muntazam ishlashlari kerak. Ayniqsa maqomlarning zamzama va
daromad qismlaridan parchalarni ovoz sozlash mashqlarida ko‘proq qo‘llashlari
kerak. Nega, aynan maqom parchalaridan kuylab mashq qilish deyapmiz, chunki
o‘z nomi bilan an’anaviy yo‘nalishda tahsil olyapsizmi,
milliy ashula va
maqomlarimizni mukammal o‘rganib ijro qilmoqchimisiz, albatta avvalo undan
xabardor bo‘lishingiz kerak. Bundan tashqari ovoz va quloq ham milliy ohanglarga
yaxshilab moslashishi lozim. Albatta ta’lim jarayonida yosh o‘quvchiga parallel
ravishda nazariy bilimlar ham berib boriladi, bu esa uning kuylayotgan asarini
yanada mustahkamroq o‘rganishiga zamin yaratib beradi.
Xonanda
ovozida tovush kuchi, balandligi, qattiqligi va barchasini
uyg‘unligida hosil bo‘ladigan tembri mavjud. O‘zbek an’anaviy xonandalik
san’atida shu bilan birga ko‘rinishga ega bo‘lmagan, lekin his etishda anglanadigan
ovoz tarovati, mungi, dardi, bezagi, hirgoyisi bor bo‘lib, darhaqiqat to‘laqonli
ma’noga ega bo‘lgan ovozni tashkil etadi.Chunonchi, mumtoz xonandalik
amaliyotida aynan mana shu jihatlar ijroning ehtirosli xususiyatlari
sifatida ijobiy
baholanib kelingan.
104
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha fikrlar mazmunini har bir o‘quvchiga
tushuntira olish, uni dars davomida ovoz bilan to‘g‘ri ishlay olishini ta’minlash har
bir mutaxasis o‘qituvchi uchun muhim vazifadir. Ayniqsa, ovozda mutatsiya
jarayoni kechayotgan bir paytda, o‘quvchiga baland pardalarda iloji bo‘lsa
104
Hofizlik san’ati. S.Begmatov.Toshkent 2007y. 20-bet
776
kuylatmaslik, avj qismlarini pastdan kuylatish lozim. Agarda o‘quvchi ovoz bilan
qo‘pol munosabatda bo‘lib uni behudaga qiynasa, natijada shu o‘quvchida
kelajakda kuylay olish bilan jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: