Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
A. Dadamuhammedov “Rubob – Prima darsligi” – Toshkent 2004. Y 
2.
A. Gochbakarov “Rubob prima cholg‘u ijrochiligi” – Toshkent 2015. Y 
3.
A. Aleksandrov “Shkola igri na trexstrunnoy domre” – Moskva 1983. Y 
4.
A. Grigoryan “Nachalnaya shkola igri na skripke” – Moskva 1986. Y
OILADA MILLIY TARBIYA JARAYONINING MAVJUD HOLATI 
N.B.Adizova BuxDUPI Dotsenti 
F.Ibrohimova BuxDUPI 1-bosqich magistr 
Annotatsiya. 
Maqolada
 
o‘zbek xalqi o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, 
xarakteri, tuyg‘usi, mijozi, xulq-atvori, axloqi, didi, ta’bi bilan alohida ajralib 
turishi, bola axloqini, odobini takomillashtirish avvalo oilada amalga oshirilishi 
haqida fikr mulohazalar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: 
Milliy qadriyat, komil inson, ta’lim-tarbiya, faoliyat, milliy 
urf-odatlar, odob, axloq, 
 
Milliy qadriyat insonning o‘tmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyat 
taraqqiyotiga, milliy ijobiy ta’sir etadigan axloqi va odobi, ongli faoliyati, 
bilimlari, amaliy malakalari, iste’dod va qobiliyati, iymoni va e’tiqodi, 
dunyoqarashi, ma’naviy qarashlarini o‘z ichiga oladi. 
Hozir mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalashga katta e’tibor 
berilmoqda. Hammamiz bu borada qilinayotgan ulkan ishlarning guvohi bo‘lib 


752 
turibmiz. Sog‘lom avlod-jismoniy barkamol, ma’naviy yetuk kishilardir. Faqat 
shunday kishilargina O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida halollik, fidoyilik 
namunalarini ko‘rsatishi, mamlakatimizning kuch-qudrati, keng imkoniyatlarini 
butun jahonga amalda namoyish etishlari mumkin. 
Tarbiya - inson ma’naviy kamolotining birinchi, asosiy poydevori bo‘lib 
hisoblanadi. Yaxshi oilada tarbiyalanib axloq va odobning muayyan normalarini 
bilgan, hayot faoliyatida ularga asoslanadigan yoshlargina ma’naviy kamolotning 
kengroq imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Yaxshi tarbiya zamiridagina bilim olishga 
ishtiyoq, oqilona amaliy faoliyat uchun zamin hozirlanadi. Tarbiyaviy zamini 
yaxshi bo‘lmagan yoshlarda mehnat qilib, amaliy malakalar hosil qilishga ishtiyoq 
bo‘lmaydi. 
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi mumkin. Odob aqlga bog‘liq holat. 
Aql ustiga odob qo‘shilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Odob va axloq insonni 
bezab turadi.
Inson odobi bilan go‘zal, deydi xalqimiz. Bu so‘zning zamirida katta ma’no 
yotadi. Hozir ham ayrim yoshlar salom berish va alik olish, jamoatchilik o‘rtasida 
o‘zini tutish, boshqalarni hurmat qilish singari axloqiy qadriyatlarni yaxshi 
egallamagani sezilib turadi. 
Inson omilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tiborga olib, umumta’lim 
maktablarining barcha sinflarida “Milliy axloq va odob asoslari” degan umumiy 
bir fanni o‘qitish lozim. Shuningdek, umumta’lim maktablarining barcha sinflarida 
o‘quvchilarga, ularning yosh xususiyatlari, axloqiy, aqliy kamoloti darajasini 
e’tiborga olib, oddiy axloq, odob qoidalaridan to murakkab nazariy muammolarga 
qadar o‘rgatib borish zarur. Yosh bola ota-onani, o‘qituvchini, yoru-do‘stlarini 
hurmat qilishga, salom berib, alik olishga o‘rganishi ham ma’naviy kamolotning 
dastlabki poydevoridir. 
Milliy, sharqona axloqiy fazilatlarning ko‘p qirralari Abu Nasr al-Farobiy, 
Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf xos Hojib, Alisher Navoiy asarlarida va 


753 
Amir Temur tuzuklarida atroflicha yoritib berilgan. Z. M. Bobur o‘zining
“Boburnoma” asarida o‘zbeklar-ga, umuman, turkiy xalqlarga xos bo‘lgan axloqiy 
fazilatlar qatoriga quyidagilarni kiritadi: bular- iymon va e’tiqodlilik, andishalilik, 
oilaga muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, 
farzandlarning ota-onaga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, fahm-
farosatlilik, savodxonlik, saxovatlilik, xushfe’llik, shirinso‘zlik, do‘stlarga 
oqibatlilik, xushbaxtlik, hayolilik, shinavandalik, oq ko‘ngillilik, mehnatsevarlik 
va boshqalar. 
Oilaviy marosimlar o‘zbek xalq an’analarining asosiy tarkibiy qismlaridan 
biri bo‘lib, ularning aksariyati bolalar hayotidagi muhim voqealarga 
bag‘ishlanganligi uchun ham yoshlarning kamol topishida muhim o‘rin tutadi. 
Ma’lumki, o‘zbek xalqi to‘yparast xalq. U to‘y qilaman, elning duosini olaman, 
boshqalarni ham quvonchimga sherik qilaman, degan maqsadda yashaydi. Shuning 
uchun to‘y o‘zbek millati hayotida muqaddas hodisa hisoblanadi. Biroq turg‘unlik 
yillarida o‘zbek oilaviy marosimlarining bir qismi taqiqlandi, taqiqlash mumkin 
bo‘lmaganlar (masalan, “Nikoh to‘yi”) yangi umumqoidalar, an’analar asosida 
o‘zgartirila boshlandi. Mustaqillik sharoitida bu xatolarni to‘g‘rilash maqsadida 
oilaviy marosimlarning asosiy turlari, chunonchi, “Ism qo‘yish”, “Charlar”, “Soch 
to‘yi”, “Tish to‘yi”, “Beshik to‘yi”, “Sunnat to‘yi”, “Muchal to‘yi”, “Kumush 
to‘yi”, “Otlin to‘yi” kabi an’analarni tiklash uchun yo‘l ochildi. 1998 yil –“Oila 
yili” deb e’lon qilinishi oilaviy an’analarga e’tibor berish va ularni rivojlantirish 
uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ijobiy an’analar quvvatlanib, salbiylari 
jamoatchilik tanqidiga uchradi.Oilaviy qadriyatlarning yalpi tiklanishi milliy-
ma’naviy tiklanish jarayonidagi muhim bosqich bo‘ldi.
Xullas, asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga ma’naviy meros sifatida 
o‘tib, rivojlanib kelgan urf-odatlar, marosimlar va bayramlarni saqlamay turib, 
milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish qiyin. Shu sababli, bu borada jiddiy 
ilmiy va amaliy ishlarni amalga oshirish mumkin. Har bir millat o‘ziga xosligi, 


754 
milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy tarzi 
majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatda o‘z ifodasini topadi. Binobarin, xalq 
ma’naviyati va ruhiyatini yosh avlodga singdirishni oiladan boshlash kerak. 
Axloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhim o‘rin tutadi. 
Insonning ma’naviy – axloqiy, ruhiy ziynati poydevori oilada qo‘yiladi.Oila milliy 
ruhi xalq milliy ruhiyatini belgilaydi. Shu ma’noda har bir oila o‘z a’zosida milliy 
psixologiyani shakllantiruvchi muqaddas ijtimoiy institutdir. “Bu institut necha 
ming yilliklar davomida jahon xalqlarining bir – birlariga o‘xshamaydigan turfa 
milliy – ma’naviy qiyofalarini tarbiyalab kelayotir”.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin