734
Buxoro davlat universiteti
BuxDUPI
3-bosqich talabasi
.
Annotatsiya
.
Maqolada o‘quvchilarning musiqiy estetik rivojlanishlari uchun
o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida astoyidil tayyorlanishi, musiqa darslarini yuksak
metodik darajada olib borishi o‘qituvchidan
katta irodaviy kuch, izlanish,
hozirjavoblik, hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishi va
shu bilan birga musiqa madaniyati darslarida jamoaviy qo‘shiq kuylash, musiqiy
ritmik harakatlarni bajarish,
musiqa tinglash,
musiqiy savodxonlik, musiqa
ijodkorligi, bolalar cholg‘u ansambllarida chalish faoliyati haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
pedagogika, san’at, musiqa, madaniyat, audio, nota,
illyustratsiya, T-sxemasi, Senkveyn metodi, Venn diagrammasi.
O‘zbekistonning
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra,
ta’limni
demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy
xususiyatlarni hisobga
tamoyillari asosida barcha o‘quv predmetlar, shu jumladan musiqa fani bo‘yicha
ham o‘qitish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Musiqa darsi o‘quvchilarning
ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va
vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni
o‘stirishga
fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni
tarbiyalashga xizmat qiladi.
Musiqa darsi umumiy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari
jumladan adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan
chambarchas bog‘liq.
Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standarti
(DTS) ning joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to‘la qonli foydalanish
imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida,
xonanda va
sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi
zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi
735
imkoniyatlari yangi avlodni munosib tariyalashda ularni barkamol bo‘lib
yetishishlarida o‘ziga xos va takrorlanmas manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Musiqa darsidan davlat ta’lim standartlari (DTS) asosida yangi ta’lim
mazmuni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda
kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli va musiqiy did kabi hislarni
rivojlantirishni taminlaydi.
O‘quvchilarning musiqiy estetik rivojlanishlari uchun o‘qituvchi o‘zining ish
faoliyatida
astoyidil tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o‘tilishini
ta’minlashi lozim. Zero, dars o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish,
hozirjavoblik, hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini
talab etadi. Samarasiz,
omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt o‘qituvchiga orom,
halovat bermaydi, ortga nazar solib uni sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi.
Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini o‘z ichiga
oladi. Bular jamoaviy qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish,
musiqa tinglash, musiqiy savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholg‘u
ansambllarida chalish faoliyatidir.
Dars-musiqa tarbiyasi sistemasida yetakchi omil hisoblanadi. Unda bolalar
yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa darslari boshqa fan darslaridan o‘zining
badiiyligi, qiziqarliligi va bolalardan ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular
hamda obrazli kechinmalar uyg‘otish bilan ajralib turadi. Musiqa darslari eng
avvalo tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmuni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: