805
tashkil etadi. Toshkentda bir xili, Farg‘onada va Namonganda ikkinchi,
Samarqandda boshqa xillari mavjuddir.
- Marsiya, yig‘i qo‘shig‘i
o‘lim marosimlarida aytiladigan asarlar turkumidir.
Marsiya, yig‘ilarni
Xotin-qizlar
ichkarida
, uyda aytadilar. Yig‘i so‘zlarini o‘lgan
kishining yaqinlari aytadilar va qolganlar o‘z hamdartliklarini yig‘i vositalari bilan
izhor etadilar.
- Mehnatga bag‘ishlangan qo‘shiqlar
xalq orasida tez-tez uchrab turadigan
asarlardirkim, bular «Charx», «Hashar», «Paxta terish», «Mehnat ahli», «Fabrika»,
«Paxtakorlar» nomli qo‘shiqlardan iboratdir.
- Bolalar uchun yozilgan
yoki qo‘shiq mazmuni bolalarga atalgan bir qancha xalq
qo‘shiqlari bor. «Alla», «Qo‘g‘irchoq», «Oq terkmi, ko‘k terak», «Yomg‘ir
yog‘aloq», «Binfsha», «Bog‘chamiz» va boshqalar.
- Xalq orasida zulm-istirob to‘g‘risidagi qo‘shiqlar
ham bor. Bular «Xondan dod»,
«Xon zulmi», «Nikalay qon jallod», «Poyezdingni yurgizgan», «Ming la’nat» va
boshqa xalq qo‘shiqlarini tashkil etadi.
Qo‘shiq san’atning insoniyat tomonidan eng oldin o‘ylab topilgan turi deb taxmin
qilinadi. Lirik qo‘shiqlarga xos bosh xususiyat shundan iboratki, ular xoh sozsiz,
xoh soz jo‘rligida bo‘lsin, kuylangan, ijro etilgan. Shuningdek, ularda muallifning
ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, quvonch-u alamlari ifodalangan. O‘zbeklar orasida
juda keng yoyilgan, hozirga qadar ham turli shakllarga solib kuylanayotgan xalq
qo‘shiqlaridan biri »Qarg‘alar uchsa qaraylik» satri bilan boshlanadigan
qo‘shiqdir.
Unda suyganiga intilib, yetolmagan oshiq holati g‘yat dardchil tasvir
etilgan. Qarg‘a- qish elchisi. Turkiy xalqlar uchun qish ko‘ngilsizlikni bildiradi. U
ayriliq, xazon, yo‘qotish singari ezgin tushunchalarni ifodalaydi. Shu bois oshiq
yigit qarg‘aning uchishini ko‘riboq, Marg‘ilon yo‘llarini eslaydi. Ayni vaqtda,
Marg‘ilon unga »handalak bo‘yli» yorini yodga tushiradi. Visoliga erishmoq
mushkul bo‘lgan
yor shu qadar yoqimliki, undan handalakdan keladigan mast
qiluvchi shirin bo‘y taraladi. Ma’shuqa yodga tushishi bilan oshiq o‘zining
806
onasidan ajralgan to‘tiqush singari ayanch ahvolini qayta tuyadi: »handalak
bo‘ylikkinam, Siz unda zor, biz bunda zor. To‘tiqushning bolasidek ikkalamiz
intizor». Lirik qahramon suyuklisi bilan o‘zining holatini o‘ylagani sari qo‘shiqda
ezgin ruhiy holat ifodasi kuchayib boraveradi:
Intizorlik torta-torta
Tanda toqat qolmadi.
Yo‘lchivindek sarg‘yib
Ucharga holat qolmadi.
Qarg‘aning ucha boshlashi
qishdan darak berganidek, uning paydo bo‘lishi oshiq
uchun visol bog‘lariga qirov qo‘nganidan, ishonch yaproqlarini sovuq urganidan
dalolat bo‘ladi. Qish kirib kelgach, yo‘lchivinlar sarg‘ayib, halokatga mahkum
bo‘lganligi singari vasldan umidini uzgan oshiqning ham hayotdan ilinji qolmagan.
G‘arib va chorasiz oshiq ma’shuqasi yo‘lida shu qadar ko‘p ko‘z yosh to‘kadiki,
ulardan baliq suzib yurishi mumkin bo‘lgan daryo hosil bo‘ladi. Oshiq yigit holini
ana shu baliqlardan so‘rash mumkin. Ma’lumki,
baliqlar gapirmaydi, ovoz
chiqarmaydi. Demak, sevgan yigitning ruhiy holati g‘oyat ezgin va nochor.
Lirik qo‘shiqlar, asosan, dard ifodasi o‘laroq paydo bo‘ladi. Chunki chinakam
insoniy dardni oddiy so‘zlar bilan ifodalash mumkin emas. Inson o‘z dardini bir
qadar yengillatmoq uchun ham uni qay shakldadir aytib, ko‘nglini bo‘shatgisi
keladi. »Holichangda gul ko‘rdim» qo‘shigi ham ko‘nglini bo‘shatgisi kelgan
inson tuyg‘ularini ifodalaydi. Qo‘shiqning qahramoni- iztiroblar og‘ushida qolgan
nochor kimsa. She’rning dastlabki bandida o‘z chorasizligini ifodalash bilan birga,
ko‘pdan beri ko‘rmagan yorini »uxlab tushida» ko‘rganini aks ettiradi.
Keyingi
bandda esa o‘zining injiq va tushunarsiz ruhiy holatini izohlaganday bo‘ladi:
Eshik oldi Oydinko‘l,
Oyna solsam botmaydi.
Men yorimni sog‘indim,
Xat yuborsam qaytmaydi.
807
Qo‘shiqlarda xalqqa xos bo‘lgan chechanlik, chapanilik, topqirlik, qaytmaslik kabi
sifatlar ham aks etadi. Bu jihatda »Kelinoy» deb ataluvchi qo‘shiq diqqatga
sazovordir. Qo‘shiqning qahramoni- suluvlikda ham, chaqqonlikda ham, aqlda
ham tengsiz qiz. Barcha qo‘shig‘-u she’rlarda bo‘lgani kabi uning ko‘ngli
kimdaligi noma’lum. Shu bois lirik qahramon unga tadbir o‘rgatadi:
Oy tug‘adi quroqdan,
Suv tinadi buloqdan.
Oshiqligang bilayin,
Ro‘moling to‘lg‘a yiroqdan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: O‘zbek xalqining qadim-qadim
zamonlarga borib
taqaladigan musiqa merosi, xalq qo‘shiqlari, xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy
vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. xalq qo‘shiqlari ifodaning
nozikligi, ruhiy holat tasvirining kuchliligi bilan asrlar davomida qalblarni bog‘lab
keladi. Ularning badiiy tasvir darajasi yillar o‘tsa-da yuksalib boradi.Ko‘rinib
turibdiki, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan marosimlar hamda unga
ijro etiladigan aytimlar aholining har bir o‘tayotgan kunini qadrlash ardoqlash
o‘tayotgan umrni mazmunan boyitish, urfga aylangan qadriyatlarga sadoqatligini
isbotlagan holda kelajak avlodga qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: