Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   373
innovatsion

Ijtimoiy o‘z-o‘zini belgilash
– o‘zining pedagogik qobiliyatlari va e’tiqodini 
namoyon qilish; 
Ijtimoiy faollik
– odamlar bilan ishlay olish va boshqalarni tarbiyalash 
tajribasini takomillashtirish; 
Ijtimoiy mas’uliyat
– o‘qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar. 
Pedagogik mahorat asoslariga: kasbiy pedagogik bilimlar, insonparvarlikka 
yo‘nalganlik, pedagogik texnika, kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish 
tajribasi kiradi. 
Mahoratning shakllanish bosqichlariga esa reproduktivlik (boshlang‘ich), 
ijodiylik, ijodiy-tashabuskorlik kiradi. 
Pedagogik mahorat darajalari keng qamrovli bo‘lib, musiqa fani 
o‘qituvchisining ish darajasining davomi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limni demokratlashtirish, individuallashtirish, 
mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyillari asosida barcha o‘quv 
predmetlari qatori, jumladan, musiqa predmeti bo‘yicha ham o‘qitish kontsepsiyasi 
ishlab chiqildi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, 
badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik 
tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga, 
fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga 
xizmat qiladi. 
Ma’lumki, musiqa san’ati bolalar bog‘chalarida, bolalar musiqa va san’at 
maktablari hamda o‘rta umumta’lim maktablarida, madaniyat uylari va yoshlar 
ijodiy uylarida keng qo‘llanib kelinmoqda. 


810 
Musiqa madaniyati darsi o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan adabiyot, 
tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lanadi. 
O‘quv rejada ko‘rsatilgan barcha o‘quv fanllari qatori musiqiy ta’limda ham 
DTSning joriy etilishi milliy musiqiy meros manbalaridan to‘laqonli foydalanish 
imkonini beradi. Milliy musiqiy meros san’ati yangi avlodni tarbiyalashda, 
ularning barkamol bo‘lib yetishlarida o‘ziga xos va takrorlanmas manbaa bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Musiqa madaniyati o‘qituvchisi darslarni qiziqarli, mazmunli o‘tishi bilan bir 
qatorda, o‘quvchilarni ma’naviy, badiiy va shu bilan birga, ahloqiy madaniyatini 
shakllantirish mahoratiga, shuningdek, milliy g‘ururi hamda vatanparvarlik 
tarbiyasini amalga oshirishi kabi ijodiy mahoratga ham ega bo‘lishi kerak.
Musiqa madaniyati o‘qituvchisining pedagogik mahorat darajalarning muhum 
jihatidan biri shundaki, u eng avval, ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni 
o‘rganishi lozim. Bu, albatta, musiqiy ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘pgina 
muammolarni hal etishda yaqindan yordam beradi. 
Musiqa o‘qituvchisi o‘quv va tarbiya ishlarini olib borish bilan 
chegaralanmasligi yoki faqatgina keng bilimga ega bo‘lib qolmasligi kerak. U
o‘zining fanini yaxshi va chuqur bilishi lozimdir. O‘quvchilarni musiqa san’ati 
bilan tarbiyalashda esa alohida e’tibor qaratib, ularning dunyoqarashi, musiqa 
sohasida fikrlashi, tushunchasini boyitib borishi muhim ahamiyatga egadir. 
O‘qituvchi musiqa kishi hissiyotini, ayniqsa, emotsional-estetik hissiyotini faol 
rivojlantira olishini unutmasligi kerak. 
Musiqa o‘qituvchisi mahoratli sozanda va yaxshi san’atkor bo‘lishi lozimdir. 
U musiqa cholg‘usida yaxshi chalish malakasiga, qo‘shiqni chiroyli va yoqimli 
kuylash ovozga ega bo‘lishi, notaga qarab yaxshi ijro qilishi, o‘quvchilar 
qobiliyati, bilim saviyasi, mahoratini bir-biridan ajrata bilishi lozimdir. Musiqa 
o‘qituvchisining musiqa asbobida mahorat bilan ijro etishining juda muhimligini 
quyidagicha alomatlarni belgilanadi.


811 
Birinchidan: Jonli ijro etish – sinfda kayfiyatni yaxshilaydi. 
Ikkinchidan: Jamoa bo‘lib (xor) ijro etayotganda istalgan jumla yoki (takt) 
qismlarni takrorlash mumkin. 
Uchinchidan: Musiqa asbobida ijro eta oladigan musiqa o‘qituvchisi o‘z 
tarbiyalanuvchilariga musiqani qiziqarliligi va muhimligini amaliy jihatdan 
ko‘rsatib beradi. 
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobini mahoratli ijro etishi bilan cheklanib 
qolmay, yoqimli tovush, dirijyorlik hattiharakatlarini, musiqa nazariyasini 
mukammal bilmog‘i va ijod qilishi mahoratiga ham ega bo‘lishi lozimdir. 
O‘qituvchining shaxsiy namunasi va bilim darajasi musiqa fanining taqdirini hal 
qiladi. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkimki, musiqa madaniyati darsida 
o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo‘lishi o‘ta muhim 
hisoblanadi. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, 
o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san’ati olamiga olib kirib, badiiy hamda 
ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin