Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   373
innovatsion

INNOVATSION YONDASHUVI
 


234 
mening kitobing 
uning kitobi 
sizning kitobimiz 
ularning kitobingiz 
bizning kitobi 
Keyin esa o‘quvchilarga chap va o‘ng tomondagi ma’nosi bir-biriga mos 
keladigan so‘zlarni bog‘lab, so‘z birikmasi hosil qilishni so‘raydi. O‘quvchilar 
quyidagi so‘z birikmalarini tuzadi: 
mening kitobim 
sening kitobing
uning kitobi 
bizning kitobimiz 
sizning kitobingiz 
ularning kitobi
Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘raydi: 
-O‘quvchilar, sizlar nima uchun kitobim so‘zini mening so‘zi bilan 
bog‘ladingiz? 
O‘quvchilar javob bera olmasa, o‘qituvchining o‘zi tushuntiradi. 
Chunki, o‘quvchilar, kitobim so‘zidagi -im qo‘shimchasi “mening” degan 
ma’noni bildiradi. Boshqa qo‘shimchalardan ham shunday: kitobing so‘zidagi -ing 
qo‘shimchasi sening degan, kitobi so‘zidagi -i qo‘shimchasi uning yoki ularning
kitobimiz so‘zidagi -ingiz qo‘shimchasi sizning degan ma’noni bildiradi. Demak, 
egalik qo‘shimchalari va qaratqich kelishigini olgan kishilik olmoshlari ma’nodosh 
ekan.Shunday deb o‘qituvchi doskaga ma’nodosh egalik qo‘shimchalari va kishilik 
olmoshlarini yozadi. 
-im — mening 
-ing — sening 
-i — uning,ularning 


235 
-imiz — bizning 
-ingiz — sizning 
Egalik qo‘shimchalari va kishilik olmoshining ma’nodoshligini tushuntirib 
bo‘lgach,o‘qituvchi kishilik olmoshlarining tejalishi haqida tushuncha beradi: 
‒ O‘quvchilar kitobim so‘zida mening, kitobing so‘zida sening, kitobimiz 
so‘zida bizning, kitobingiz so‘zida sizning degan ma’no bor ekan, demak, doim 
ham mening kitobim, sening kitobing, bizning kitobimiz, sizning kitobingiz deyish 
shart emas. Endi savol tug‘iladi. Qachon kitobim, qachon mening kitobim deyish 
kerak? Qachon qarashlilik ma’nosini ta’kidlab ko‘rsatish zarur bo‘lsa, mening 
kitobim deyiladi. Masalan, “Bu kimning kitobi?” deb so‘ralsa, “Bu mening 
kitobim” deb javob beriladi. Bu yerda mening so‘zini tushirib qoldirib bo‘lmaydi. 
Qarashlilik ma’nosini ta’kidlash, kuchaytirish kerak bo‘lmasa, kitobim deyiladi. 
Masalan, “Kitobing qayerda?” deb so‘ralsa, “Kitobim javonda” deb javob beriladi. 
Bu yerda kitob meniki ekanligi ta’kidlab, kuchaytirib ko‘rsatilmayapti. Shuning 
uchun mening so‘zi qo‘llanmagan, ya’ni tejalgan. 
Egalik 
qo‘shimchalarini 
qo‘llashda 
tejamkorlik 
haqida 
tushuncha 
berilgach,o‘quvchilarga qaratqichli kishilik olmosharini tejab ishlatishga 
o‘rgatishga o‘tiladi.Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin. 
1.O‘quvchilarga qarashlilik ma’nosi faqat egalik qo‘shimchasi va egalik 
qo‘shimchasi va egalik qo‘shimchasi hamda kishilik olmoshi bilan ifodalangan 
gaplar 
berilib, 
kishilik 
olmoshining 
nima 
uchun 
qo‘llanganligi 
yoki 
qo‘llanmaganligi so‘raladi. 
Masalan, quyidagicha gaplar yozdirilishi mumkin: 
1. Kapalak, kapalak,qanotlaring ipakday. 
2. Bizning bobolarimiz kimlar bo‘lgan? 
3. Otam, ayniqsa, tok ishini mukammal bilardilar. 
4. Bu kishi mening otam. 
5. Maktabimizda shaxmat to‘garagi bor. 


236 
6. Shaxmat to‘garagi shaharda birinchi bo‘lib bizning maktabimizda ochilgan. 
O‘qituvchi so‘raydi: “O‘quvchilar,nima uchun birinchi gapda sening 
qanotlaring emas, qanotlarng deyilgan?” 
O‘quvchilar javob beradi: “Bu gapda qarashlilik ma’nosi ta’kidlanmagan. 
Shuning uchun sening qanotlaring dsyilmagan” 
O‘qituvchi: “Nega ikkinchi gapda bobolarimiz emas,bizning bobolarimiz 
deyilgan?” 
O‘qituvchi shu tarzda qolgan gaplarni ham o‘quvchilar bilan tahlil qiladi.
Bunday mashq orqali o‘quvchilar qarashlilik ma’nosini ifodalashda qay holatda 
kishilik olmoshini qo‘llash,qay holatda qo‘llamaslik lozimligini bilib oladi. 
O‘quvchilarga qaratqichli kishilik olmoshi to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘llangan 
gaplar yozdiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan qaysi gaplarda olmosh to‘g‘ri, qaysi 
gaplarda noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlashni so‘raydi. Misol uchun quyidagi gaplar 
yozdirilishi mumkin: 
1.
Bizning nutqimiz gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi. 
2. Bizning qishlog‘imizda ham shunday o‘riklar o‘sadi. 
3. Mening otam-o‘qituvchi. 
4. Keng paxta maydon 
Mening vatanim. 
5.
Bizning vatanimizda sportga katta e’tibor beriladi. 
6.
Bizning shahrimizda maktab yoshidagi bolalar uchun ajoyib saroylar qurilgan. 
7.
Bizning porloq kelajagimiz uchun jonini fido etgan qahramonlar mangu yashaydi. 
8.
Mening orzum ‒ kosmonavt bo‘lish. 
9.
“Mening oldimga odamlarni yomonlab kelmang”, ‒ dedi podshoh vaziriga. 
10.
Yomg‘ir dehqonga: “Ey, odam! Mening suvim nima bo‘lardi? Bir sharillab 
tushadi-yu, tezda oqadi-ketadi”, ‒ debdi. 
O‘qituvchi yozdirilgan gaplarni o‘quvchilar bilan birga tahlil qiladi. Bu 
gaplarda kishilik olmoshining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlash uchun 


237 
gapni olmoshni tushirib qoldirgan holda o‘qitib ko‘rish usulidan foydalanish 
mumkin.O‘qituvchi: “O‘quvchilar, sizlar men yozdirgan gaplarda bizning, mening 
so‘zlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlashingiz kerak. Birinchi gapni 
o‘qiymiz. Qa’ni, Rahimjon, sen o‘qi-chi”. Rahimjon o‘qiydi: “Bizning nutqimiz 
gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi”. 
O‘qituvchi: “Rahimjon, bu gapda bizning so‘zi to‘g‘ri qo‘llanganmi?” 
Rahimjon javob berishga qiynalsa, o‘qituvchi shunday deydi: “Rahimjon, 
qiynalayotgan bo‘lsang, gapni bizning so‘zini tushirib qoldirib o‘qi”. Rahimjon 
o‘qiydi. “Nutqimiz gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi”. O‘qituvchi: “Rahimjon, 
nima deysan, bu gapda bizning so‘zini qo‘llamasak ham bo‘lar ekanmi?”-deb 
so‘raydi. Rahimjon “Ha, bo‘ladi”-deb, javob beradi. O‘qituvchi: Demak, 
o‘quvchilar, bu gapda bizning so‘zi ortiqcha, noo‘rin qo‘llangan ekan. 
Shundan so‘ng, ikkinchi gap tahliliga o‘tiladi. O‘qituvchi: “Qani, Shahlo, 
sen tur-chi. Ikkinchi gapni bizning so‘zini tushirib qoldirib o‘qi-chi. “Shahlo 
o‘qiydi: “Qishlog‘imizda ham shunday o‘riklar o‘sadi”. 
O‘qituvchi so‘raydi: “Xo‘sh, Shahlo, bu gapda bizning so‘zini tushirib 
qoldirib bo‘lar ekanmi?” Shahlo javob beradi: “Yo‘q, o‘qituvchi. Chunki bu gapda 
qarashlilik ma’nosi kuchaytirib ifodalangan”. O‘qituvchi: “Endi uchinchi gapni 
tahlil qilamiz. Qa’ni, Dilnoza, uchinchi gapni o‘qi-chi”. Dilnoza o‘qiydi: “Mening 
otam ‒ o‘qituvchi”. O‘qituvchi so‘raydi: “Dilnoza, bu gapda mening so‘zi to‘g‘ri 
qo‘llanganmi?” Dilnoza javob berishga qiynalsa, o‘qituvchi: “Dilnoza, gapni 
mening so‘zini tushirib qoldirib o‘qib ko‘r-chi”, -- deydi. Dilnoza o‘qiydi:
“Otam-o‘qituvchi”. O‘qituvchi “xo‘sh”, Dilnoza, bu gapdagi mening so‘zini, 
tushirib qoldirsa ham bo‘lar ekanmi? Dilnoza: “Ha, bo‘ladi”. O‘qituvchi “Nima 
uchun?” Dilnoza: “Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib 
ifodalanmagan”. O‘qituvchi: “Demak, o‘quvchilar bu gapda mening so‘zi 
noto‘g‘ri, ortiqcha ishlatilgan”. 


238 
Bundan so‘ng to‘rtinchi gap tahliliga o‘tiladi. O‘qituvchi biror o‘quvchini 
doskaga chiqaradi va undan so‘raydi: “Qani, Odiljon, to‘rtinchi gapni mening 
so‘zini tushirib qoldirib o‘qi-chi”. Odiljon o‘qiydi: Keng paxta maydon vatanim. 
O‘qituvchi: “Xo‘sh, Odiljon, bu gapda mening so‘zini tushirib qoldirib bo‘lar 
ekanmi?” –deb so‘raydi. Odiljon: “Yo‘q, o‘qituvchi, bu gapda mening so‘zini 
tushirib qoldirib bo‘lar ekanmi?” -deb so‘raydi. Odiljon “Yo‘q, o‘qituvchi, bu 
gapda mening so‘zini tushirib qoldirib bo‘lmaydi. Chunki bu gapda qarashlilik 
ma’nosi kuchaytirib ifodalangan”. O‘qituvchi: “Demak, o‘quvchilar, bu gapda 
mening so‘zi to‘g‘ri ishlatilgan”. 
Shundan so‘ng beshinchi gap tahliliga o‘tiladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan 
birini doskaga chiqarib so‘raydi: “Qa’ni, Shahnoza, beshinchi gapni bizning 
so‘zini tushirib o‘qi-chi”. Shahnoza o‘qiydi. “Vatanimizda sportga katta e’tibor 
beriladi”. O‘qituvchi so‘raydi: “Xo‘sh, Shahnoza, bu gapda bizning so‘zini tushirib 
qoldirsak bo‘lar ekanmi?” Shahnoza: “Ha, o‘qituvchi, bu gapda bizning so‘zini 
tushirib qoldirsak bo‘ladi. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi kuchaytirib 
ifodalanmagan”. O‘qituvchi: “Demak, o‘quvchilar, bu gapda bizning so‘zi 
ortiqcha, noto‘g‘ri qo‘llangan”. 
Shundan so‘ng oltinchi gapni tahlil qilishga o‘tiladi. O‘qituvchi bir 
o‘quvchini doskaga chiqarib so‘raydi: “Qa’ni, Nodirjon, ayt-chi, oltinchi 
gapimizda bizning so‘zi to‘g‘ri ishlatilganmi?” Nodirjon javob beradi: Buni 
aniqlash uchun gapdagi bizning so‘zini tushirib qoldirib o‘qiymiz: Shahrimizda 
maktab yoshidagi bolalar uchun ajoyib saroylar qurilgan. Bu gapda bizning so‘zi 
ortiqcha, noto‘g‘ri ishlatilgan ekan. Chunki bu gapda qarashlilik ma’nosi 
kuchaytirib ifodalanmagan. 
O‘qituvchi: “Juda to‘g‘ri, Nodirjon,o‘tir” 
Qolgan gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi. Yettinchi, sakkizinchi, 
to‘qqizinchi gaplarda qaratqichli kishilik olmoshi to‘g‘ri ishlatilgan. Chunki 
qarashlilik ma’nosini ta’kidlab ifodalash nazarda tutilgan. 


239 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin