Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1.
Ikromova R , G‘ulomova
 
X , Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. Ona tili. 4-sinf 
uchun darslik. ‒Toshkent. “O‘qituvchi”, 2017. ‒ 192 b. 
2.
Зикриллаев Ғ. Ўзбек тили морфологияси – Бухоро, 1994. 163б. 
3.
Зикриллаев Ғ. ва б. Истиқлол ва она тили таълими. (тўплам). – Тошкент:
“Фан ”, 2000. – 112 б. 
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA UYADOSH SO‘ZLAR USTIDA 
ISHLASH USULLARI
Firuz Safarov 
BuxDUPI dotsenti 
Nodira Xudoyberdiyeva 
BuxDUPI o‘qituvchisi 
To‘xtaqulova Dilnoza 
BuxDUPI talabasi.
Giponomik munosabat bilan bog‘langan so‘zlar uyadosh so‘zlar nomi
bilan o‘rgatiladi. Biror jinsga mansub narsa-daraxt, meva, gul, qovun, hayvon, 
baliq va hokazoning turlarining nomini bilish o‘quvchilar lug‘at boyligini
oshiruvchi asosiy vositadir. Narsa-buyumlar turining nomini bilish o‘quvchiga
fikrni aniq ifodalashga imkon beradi. Masalan, 1-sinf o‘quvchilari otning
bolasini otcha, qo‘yning bolasini qo‘ycha, echkining bolasini echkicha, 
sigirning bolasini sigircha deb ataydi. O‘qituvchi bu hayvonlarning bolasi
alohida so‘z bilan ifodalanashini aytadi: otning bolasi - toy, qo‘yning bolasini-
qo‘zi, echkining bolasi – uloq, sigirning bolasi – buzoq. Buni bilgan
o‘quvchilar: “Sigirimiz sigircha tug‘di”, - emas, “Sigirimiz buzoqcha tug‘di”,-
deb gap tuzadi. 
Uyadosh so‘zlar bo‘yicha quyidagi mashqlar bajarish mumkin: 


240 
a) 
umumiy nom – jins nomini ataydigan so‘zlarni berib, ularning turini
atovchi so‘zlar topish. Masalan, o‘quvchilarga daraxt, ot, idish, baliq kabi
so‘zlar beriladi. O‘quvchilar quyidagicha uyadosh so‘zlar tuzadi:
1. Daraxt – tol, terak, qayin, chinor, o‘rik, jiyda 
2. ot – baytal, ayg‘ir, saman, jiyron 
3. idish – tovoq, kosa, payola, stakan, choynak, qozon 
4. baliq – laqqa, cho‘rtan, sazan 
O‘qituvchi bu qatorlarni to‘ldiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
uyadosh so‘zlar alohida-alohida narsalarni atab kelgani tufayli o‘qituvchi bu
so‘zlar atagan narsa, hayvon, o‘simliklarning rasmini ham o‘quvchilarga
ko‘rsatsa, bolalar yanada kengroq, batafsilroq ma’lumot oladi. 
b)
turli uyaga mansub so‘zlar bir joyda, aralash holda beriladi. 
O‘quvchilarga bu so‘zlarni alohida-alohida uyaga ajratish topshiriladi.
Masalan, quyidagi so‘zlar beriladi: atirgul, ro‘mol, amiri, lola, salla, jambil, 
handalak, laqqa, nilufar, telpak, bo‘rikalla, sazan, rayhon, do‘ppi, cho‘rtan, 
boltayutar, sadarayhon. O‘quchilar bu so‘zlarni to‘rt guruhga ajratadi: 1. Gul. 
2. Qovun. 3. Bosh kiyim. 4. Baliq. 
O‘qituvchi ma’lum uyalarga umumiy nomi jins nomini bildiruvchi
so‘zlarni o‘quvchilarga yozdirib, ularga bu jinsning turi, navi, xillarini
bildiruvchi so‘zlar va ularning ma’nosini topishni vazifa qilib beradi.
O‘quvchilar bu vazifani bajarishda turli lug‘at, kitoblardan foydalanadi, 
izlanadi. Demak, uyadosh so‘zlarni izlash o‘quvchilarni lug‘at bilan ishlashga
o‘rgatadi.
Uyadosh so‘zlar ustida ishlash ham lug‘at ishining muhim tarkibiy
qismidir. Uyadosh so‘zlar deganda bir turga oid narsa, harakat, belgini
bildiruvchi so‘zlar tushuniladi. Masalan, ot – saman, to‘riq, qorabayir, jiyron, 
yo‘rg‘a kabi. 


241 
Uyadosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida umumiy ma’noni va xususiy
ma’noli so‘zlar ustida, ularning ishlatilish o‘rinlari ustida ishlash zarur. Bu 
ish uyadosh so‘zlardan foydalanib, tabiat manzarasi tasviriga oid matn
yaratish bilan yakunlanadi. 
Uyadosh so‘zlarni tushuntirishning eng samarali usuli xususiy ma’noli
so‘zlarning rasmini ko‘rsatishdir. Masalan, uzum uyadoshlarini tushuntirishda
o‘quvchilarga husayni, kishmish, kelinbarmoq, toyfi kabi uzumlarning rasmi
ko‘rsatilishi kerak. 
4-sinf ona tili darsligida uyadosh so‘zlar ham uchraydi. Masalan, 
“Undosh tovushlar va harflar” mavzusida chumchuq, kaptar, bulbul, jo‘ja
so‘zlari berilgan va ularning rasmi keltirilgan. Ko‘rinadiki, darslik mualliflari
bunda metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutgan. 
Quyidagi topishmoqning javobi ham uyadosh so‘zlardan iborat. 
Bir otasi, bir onasi 
Necha yuz ming bolasi. 
Topishmoqning javobi oy, quyosh, yulduzlar bo‘lib, osmon jismlari
uyadoshlik guruhini hosil qiladi. 4-sinf darsligida uyadosh so‘zlarga
bag‘ishlangan maxsus mashqlar ham bor. Misol uchun
172-mashq
ning sharti
quyidagicha: Rasmda tasvirlangan hayvonlarning nomini ayting. Shartdan
so‘ng echki, it, maymun, sigir, ot, mushuk, bo‘ri, yo‘lbars rasmi berilgan. 
Rasmdan so‘ng avval uy hayvonlari nomini, keyin yovvoyi hayvonlarning
nomini yozing. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin