227
Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Milliy ta’lim markazi barqaror rivojlanish
uchun ta’lim (BRT) borasida o‘qituvchilar uchun malaka oshirish olib boradi.
Brtdan ba'zi o‘quv materiallar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, Fan va
Madaniyat Tashkiloti (YUNESKO) va Markaziy Osiyo mintaqaviy atrof-muhit
markazi yordami bilan nashr etildi. Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston
milliy universiteti maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar uchun Brtdan metodologik
va malaka oshitish qo‘llanmasini nashr etdi.
Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim.
O‘zbekistondagi barcha kasb ta’lim
muassasalari (kasb-hunar kollejlari)da majburiy ekologiya yoki atrof-muhitni
muhofaza qilish darslari o‘tiladi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
va tabiiy ofatlarni monitoring qilishdan o‘quv rejalar mavjud.
O‘zbekistonda bir necha ekologik o‘quv rejalari bo‘yicha davlat standartlari
qabul qilingan. Ekologiya fani mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari
uchun majburiydir. Deyarli barcha texnik universitetlarda atrof-muhit
injenerlari tayyorlanadi. Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universitet,
shuningdek Andijon, Buxoro, Qoraqalpog'iston, Samarqand va Termiz
universitetlarida ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavrlar tayyorlanadi. Toshkent iqtisodiyot universitetida ekologiya
iqtisodchisi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Atrof-muhit
boshqaruvi, ekologik huquq va atrof-muhit monitoringi kabi muhim fanlardan
o‘quv rejalar yo‘q ko‘rinadi. Urganch universitetida barqaror rivojlanish va
ekologik ta’lim kafedrasi mavjud. O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU)ning
biologiya fakultetida barqaror rivojlanish dasturi o‘qitiladi.
Dostları ilə paylaş: