Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   373
innovatsion

Hayvonot olami bo‘yicha: 
1.
Qorako‘lchilik xo‘jaliklari bilan tanishish
2.
Intensiv chorvachilik fermalariga sayohat; 
3.
Jayron pitomnigiga sayohat uyushtirish; 


224 
4.
Asalarichilikni yo‘lga qo‘yish va tabiiy asal etishtirish hamda uni iste’molchilarga 
(turistlarga) sotish; 
5.
Vohada yangi vujudga kelgan chorvachilik tarmoqlarini (tuyaqushlar va bedana 
boqish) tomosha qilish
6.
Baliqchilik fermalariga sayohat qilish
Yuqorida keltirilgan har yo‘nalishni alohida o‘rganish, u bo‘yicha turistik 
marshrutlar tashkil qilish mumkin. Jumladan, Voha hududidan o‘tgan yirik kanal 
va ariqlar bo‘yida sayohat uyushtirish imkoniyatlari katta. Buxoro viloyati cho‘l 
zonasida joylashganligi bois, suv resurslarining ahamiyati beqiyos. Viloyatdagi suv 
havzalari (kanal va ariqlar, sun’iy ko‘llar, suv omborlari) atrofida ham turistik-
rekreatsion faoliyatni tashkil qilishning imkoniyatlari katta. Suv havzalari bo‘yidan 
sayohat turizmi, qayiqda suzish, baliq ovlash, salomatlikni tiklash kabi sohalarni 
yo‘lga qo‘yishda foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, bu borada Amu-Buxoro mashina 
kanali va uning tarmoqlari alohida ahamiyat kasb etadi [3].
O‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, Amu – Buxoro mashina kanali (ABMK) 
quyidagi rekreatsion-turistik imkoniyatlarga ega: 

ABMK bo‘ylab ma’rifiy sayr uyushtirish (sayohat turizmi); 

Kanal bo‘ylarida baliq ovlash; 

Kanal atrofidagi qayirlarda dam olish va salomatlikni tiklash; 

Suv sporti turlarini rivojlantirish

Plyaj turizmi; 

Qayiqda suzish; 

To‘qaylar flora va faunasidan bahra olish; 

ABMK ning xo‘jalik ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish; 

Ekologik madaniyatni oshirish (suvni iqtisod qilish madaniyati); 

ABMK ning ekoturizm imkoniyatlarini o‘rganish va h.k.
Shuningdek, Buxoro viloyatining iqlimi, minerallashgan quduq va buloqlari 
hamda shifobaxsh tuzli va balchiqga ega joylaridan rekreatsion resurs sifatida 


225 
foydalanishning istiqbollari katta. Mazkur yo‘nalishga Sitorai Moxi Xossa va 
Jo‘yzar sanatoriyalari, Olot tumanidagi shifobaxsh tuzli sihatgohlarni misol 
keltirish mumkin [2]. Bundan tashqari, vohadagi ayrim quduq va buloqlar suvlari 
va atrofidagi loydan (balchiq) mahalliy aholi turli kasalliklarni davolashda 
foydalanib kelmoqda. Masalan, Romitan tumanidagi Xo‘ja Ubbon ziyoratgohidagi 
quduq suvidan teri kasalliklari, Xo‘ja Zafarondagi quduqdan – gepatit, Yoqubi 
Shayx avliyosining suvlari esa teridagi turli toshmalar chiqqanda davo hisoblanadi. 
Shu bois, yaqin kelajakda bunday joylarda turistik infrastrukturani (mehmonxona, 
xostellar qurish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatini 
yanada yaxshilash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin