Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


220 
1.
Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко-
демографические очерки урбанизации Узбекистана. – Т.: Университет, 2002. 
– 125 с. 
2.
Ахмедов Э.А. Новые города Узбекистана. – Т.: Узбекистан, 1984. – 168 с. 
3.
Mavlonov A.M. Cho‘l urbanizatsiyasi. – Buxoro, Durdona, 2015. 
4.
Салиев А.С. Проблемы расселения и урбанизации в республиках Средней 
Азии. – Т.: Фан, 1991. – 109 с.
5.
Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M. Shaharlar geografiyasi. – Т.: 
Barkamol fayz media, 2018. 184 b.
BUXORO VOHASINING TABIIY TURISTIK VA REKREATSIYA 
RESURSLARI
Ch.Z.Jalilova
BuxDU PI Tabiiy fanlar kafedrasi
o‘qituvchisi 
S.S.Samadova 
BuxDU PI Geografiya va iqtisodiy
bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi
1GIQ-21 guruhi talabasi
 
 
Tabiiy turistik resurslarning asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning 
jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo‘lib xizmat 
qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Buxoro vohasi cho‘l 
zonasida joylashganligi bois, turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar 
(voha va cho‘l landshaftlari), iqlim, suv ob’ektlari, mineral suv va davolovchi 
botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki inson tomonidan 
qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa 
jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik 
resurslarni tahlil etish talab qilinadi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat 
komponentlari yoki bir butun tabiat majmualarini olish mumkin.


221 
Tabiiy resurslar orasida rekreatsiya resurslaridan foydalanish katta 
ahamiyatga ega. Rekreatsion resurslarga – rekreatsion faoliyatning turli 
ko‘rinishlarini tashkil etishda foydalaniladigan o‘ziga xos (betakror) tarixiy yoki 
madaniy qiymatga ega, estetik zavq beradigan, davolash-sog‘lomlashtirish 
ahamiyatidagi tabiiy va antropogen ob’ektlar kiradi. Zamonaviy geografik 
tadqiqotlar orasida mintaqalarning rekreatsion imkoniyatlarini o‘rganish bugungi 
kunda muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Buxoro vohasi O‘zbekistonning janubi-g‘arbida, tabiiy geografik jihatdan 
Qizilqum cho‘lining janubida, Zarafshon daryoning quyi qismida joylashgan. Voha 
cho‘l zonasida rivojlanayotgan bo‘lsada, unda rekreatsion resurslarning xilma-xil 
turlarini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik olimlar rekreatsion resurslarni 2 ta guruhga 
ajratadilar [6]: 

Tabiiy rekreatsion resurslar 

Madaniy-tarixiy rekreatsion resurslarga 
Tabiiy rekreatsion resurslarga – hududlarning dam olish, rekreatsiya va 
turizm yo‘nalishlarida foydalaniladigan tabiiy sharoit va uning alohida elementlari 
(relyef, geologik tuzilish, iqlim, yer usti va osti suvlari, tuproqlari, o‘simlik 
dunyosi) kiradi. 
Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy 
resurslari salohiyati asosiy o‘rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy 
resurslardan ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning 
jozibadorligi, ularning tarixiy va tasviriy bahosidan foydalanish qulayliliga bog‘liq. 
Madaniy-tarixiy rekreatsion resurslarga – kishilarning ma’naviy-madaniy 
yuksalishiga xizmat qiladigan madaniyat ob’ektlari, arxitektura obidalari, 
arxeologik yodgorliklar, diniy qadamjolar, ziyoratgohlar, tarixiy va etnografik 
jihatdan betakror joylarni kiritish mumkin. 
Sir emaski, Buxoro viloyati madaniy-tarixiy rekreatsion resurslarga boy, 
mintaqalardan biridir. Viloyat hududidagi 700 dan ortiq tarixiy obidalar, 


222 
arxeologik yodgorliklar va muqaddas ziyoratgohlar unda tarixiy, diniy, ziyorat 
turizmini rivojlantirish uchun asos bo‘lgan. 
Garchi Buxoro viloyati turizmni rivojlantirishning katta imkoniyatlari 
mavjud bo‘lsada, unda asosan tarixiy (obidalarni ko‘rish) va ziyorat turizmi 
rivojlangan xolos. Vaholanki, viloyatda ekoturizm (geoturizm), qishloq turizmi, 
etnografik, sport, gastronomik, rekreatsion (davolash-sog‘lomlashtirish) kabi 
turlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan, viloyatning 
tabiiy sharoitidan rekreatsiya maqsadlarida foydalanish orqali turizmni 
rivojlantirishning istiqbollari katta.
Viloyatning tabiiy rekreatsion resurslari odatda mavsumiylik xarakterini 
kasb etadi. Jumladan, bahor (ayniqsa, aprel-may oylarida) va qisman kuz fasllarida 
cho‘l bag‘riga chiqib dam olish, salomatlikni tiklash, cho‘lning go‘zal tabiati va 
o‘ziga xos o‘simlik olamidan estetik zavq olish mumkin [4]. Mazkur rekreatsion 
faoliyat turlari keyingi yillarda nisbatan tez rivojlanib bormoqda.
Buxoro vohasi tabiiy sharoiti va resurslaridan turizm va rekreatsiya 
maqsadlarida foydalanishning imkoniyati katta. Olib borilgan o‘rganishlar shuni 
ko‘rsatadiki, voha tabiiy sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib quyidagicha 
guruhlarni ajratish mumkin:


Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin