Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Amonov U. Fitratning “Arslon” dramasida fol motivi. – Buxoro 
mavjlari (adabiy-badiiy, ijtimoiy- ma’rifiy jurnal). – Buxoro. – 2013. – № 3. – B. 
32-33. 
2.
Obidjon, Anvar. Dardingni stadionda ayt (hajviyalar, hangomalar). – 
T.: Ziyo nashr, 2019. – B. 94-95. 
3.
Obidjon, Anvar. Oltiariq hangomalari. Hajviya va hangomalar. – T.: 
Ma’naviyat, 1999. – B.150. 
4.
Siz kim bo‘lasiz? Latifalar. Hangomalar. – T.: Sharq, 2008. – B.146. 


205 
 
 
DRAMATIK ASARLAR TARAQQIYOTIDA PARALINGVISTIK 
HODISALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI 
 
Hayitov Hamza Ahmadovich
BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasiva metodikasi” 
 kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d. 
Shavkatova Jasmina Jamshid qizi 
BuxDUPI BTU 1-kurs talabasi 
Annotatsiya

Ushbu maqolada lingvistik hodisalardan biri bo‘lgan 
paralingvistikaning badiiy asarlar taraqqiyotidagi ahamiyati ilmiy-nazariy tahlil 
qilingan.
Kalit 
so‘zlar

tilshunoslik, 
nutq, 
imo-ishora, 
mimika, 
fonetik 
paralingvistika, mimik paralingvistika, drama, harakat, tasvir, fonatsiya, 
okulesiya, kinesiya, ko‘zlar mimikasi, tinglovchi, Charlis Darvin, kinetik birliklar 
va hokazo.
Paralingvistika nutq vaziyatida yuzaga keluvchi imo-ishora, mimika kabi 
fikriy tana harakatlarini o‘rganadi. Paralingvistika aloqa-aralashuvida – 
muomalada muhim vazifa bajaradi. Agar nutq ushbu vositalar ko‘magisiz 
tinglovchiga ifodalanilsa fikr unchalik ta’sir kuchiga ega bo‘lmaydi. Aytilishi 
mumkin bo‘lgan xabar quruq ma’lumot ichiga qoladi. Aytmoqchimizki, har 
qanday fikr o‘zining ta’sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada talabligiga ega 
bo‘lmog‘i lozim. Paralingvistika aynan shunday jihatlari bilan nutqni 
obrazlantiradi, shuningdek, jonlantiradi. 
Bizga ma’lumki, imo-ishoralar jamiyat taraqqiyotida til (nutq)dan ancha 
ilgari yuzaga kelgan. Hatto shaxsning gapirishi, fikr ifodalashi uchun imo-ishoralar 
asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Qizig‘i shundaki, til jamiyat taraqqiyotida
shaxsning kamol topishida har qanday o‘rni yo‘q ekanligini ko‘rsatmaydi. 


206 
Aksincha, ular fikr ifodalashda “oltin qonun”larga amal qiladi. To‘g‘rirog‘i, imo-
ishoralar shaxsning uzoq turmush tajribasining mahsulidir. Shuning uchun ham 
imo-ishoralarning tarjimoni bo‘lmaydi. Bu haqda V.N.Teliya shunday deydi: 
“Paralingvistika so‘z ma’nosining ochilishiga xizmat qilishi bilan birga, ularda 
tinglovchini o‘ziga rom qilish xususiyati ham mavjud”. 
Ko‘rinadiki, imo-ishoralar so‘z ma’nosi bilan hamohanglikda reallashadi. 
Shunga ko‘ra nutq ta’sirchanlik kasb etadi. Demak, nutqning ta’sirchanligi faqat 
tilning tasviriy vositalari bilan voqealanmaydi, balki paralingvistik vositalar ham 
fikrni jozibadorligini ta’minlaydi. Darhaqiqat, nutqdagi har qanday jozibadorlik
ta’sirchanlik, obrazliylik ko‘chimlar asosida yuzaga keladi. Paralingvistik vositalar 
esa o‘z (asos) ma’nosida ham ta’sirchanlikni berishi mumkin. 
Paralingvistika bo‘limlari: 
1)fonatsiya; 
2)okulesika; 
3)kinesika. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin