Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARIDA



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   373
innovatsion

BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARIDA 
MASALANING TUTGAN OʻRNI
Karimova Kamola Komil qizi
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlangʻich ta’lim) yoʻnalishi 
 I bosqich magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada darsliklarda masalarning tutgan oʻrni, 
jadvalli, rasmli, matnli va ijodiy masalalar borasida turli fikrlar yoritilgan. 
Kalit soʻzlar: 
masala,darslik, rasmli masala, matnli masala, jadvalli masala, 
koʻnikma, mantiqiy fikrlash, tasavvur. 
Matematika fani hozirgi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanib 
bormoqda. Fanga, uni oʻrganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Zero, har bir fanning 
negizida matematika yotadi. Barcha ilmning kaliti matematika hisoblanadi.
Matematika fanini masalasiz tasavvur qilish ancha qiyin. Uning asosini 
masala tashkil etadi. Masala oʻquvchilarda turli koʻnikmalarni shakllantirishga 


244 
xizmat qiladi. Oʻquvchi oʻylashni, mantiqiy fikrlashni, tasavvur qilishni, avvalo, 
masala yordamida oʻrganadi. Masala har xil etaplardan iborat ekanligi tufayli 
ulardan bir nechta jarayonni birgina masalada bajarishni talab etadi. 
Matematika darsliklariga nazar soladigan boʻlsak, masalalar turli koʻrinishda 
berilishi mumkin. Ular quyidagilar: 
1. Matnli masalalar. 
2. Rasmli masalalar. 
3. Jadvalli masalalar. 
Darsliklarda shunday koʻrinishdagi masalalar keltirilgan. Ular berilishiga 
qarab ajratiladi. Faqat matndan iborat boʻlgan masalalar matnli masalalar 
turkumiga kiradi. Masala sharti rasm asosida berilgan boʻlsa, bunday masala rasmli 
masalaga misol boʻla oladi. Masala jadval koʻrinishida keltirilgan boʻlsa, uni 
jadvalli masala desa boʻladi. 
Matnli, jadvalli, rasmli masalalarni sinf darsliklari kesimida oʻrganadigan 
boʻlsak: 
1-sinf 
Soni 
Jami 
masalalar soni 
Foizi 
Matnli 
masalalar 

22 
36 
Jadvalli 
masalalar 

18 
Rasmli 
masalalar 

36 
2-sinf 


245 
Soni 
Jami 
masalalar soni 
Foizi 
Matnli 
masalalar 
42 
94 
44 
Jadvalli 
masalalar 

8,5 
Rasmli 
masalalar 
36 
38 
3-sinf 
Soni 
Jami 
masalalar soni 
Foizi 
Matnli 
masalalar 
233 
306 
76 
Jadvalli 
masalalar 

1,9 
Rasmli 
masalalar 
44 
14 
4-sinf 
Soni 
Jami 
masalalar soni 
Foizi 
Matnli 
masalalar 
206 
90 


246 
Jadvalli 
masalalar 

227 

Yuqoridagi jadvallarda masalalar rasmli, matnli, jadvalli kabi turlarga 
ajratilib, darslikning qanday qismini tashkil etishi koʻrsatib oʻtilgan.
Diagrammalar yordamida koʻrishimiz mumkinki, 1-sinfda matnli va jadvalli 
masalalar soni bir xil. 1-sinf oʻquvchilarida masala yechishga doir koʻnikmalar 
endi shakllanayotganligi bois masala darslikning uncha koʻp boʻlmagan qismini 
tashkil etadi.
2-sinfda oʻquvchilarda masala, uni yechishga doir bilimlar ancha yetarli 
boʻladi. Shu sababli masalalar darslikda masalalar soni ancha koʻpayadi. 1-2-sinf 
oʻquvchilari rang-baranglikni yoqtirishlari sababli rasmli masalalardan ham 
sezilarli darajada foydalaniladi. 
Masalalarni 3-sinf darsligidagi ma’lumotlar orqali keltirilgan diagramma 
yordamida koʻradigan boʻlsak, masalalar, ayniqsa, matnli masalalar soni 
koʻpayganini sezishimiz mumkin. Darslikdagi masalalarning koʻp qismi matnli 
masalalardan iborat. Chunki bu jarayonda oʻquvchilar oʻzida mantiqiy fikrlash, 
tasavvur qilish koʻnikmalarini ancha shakllantirib olishadi. Ular mustaqil fikrlab, 
mulohaza yuritib, masalaning mohiyatini tushunishadi va yechimini topishadi.
Основной 
Основной 
Основной 
Основной 
Основной 
Основной 
1-sinf
2-sinf
3-sinf
4-sinf
Название диаграммы 
Matnli masala
Jadvalli masala
Rasmli masala


247 
4-sinf misolida ham matnli masalarning soni koʻproq ekanligini kuzatish 
mumkin. 
3-4-sinf oʻquvchilari masalaga doir yetarli bilimlarga ega boʻlishadi. Shu 
sababli, rasmli masalalarga deyarli murojaat qilinmaydi. 4-sinf darsligida masalalar 
matn va jadval koʻrinishdagi masalalar keltirilgan. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin