Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1.O‘zbikiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, “2017-2021 yillarda O‘zbikiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi”. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 8 fevral soni va internet 
resurs; www.lex.uz. 
2. Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. -T.: FAN, 1993. -56 b.
3. Ojiza: she’r va dostonlar. /nashrga tayyorlovchi fil. fanl. dokt., prof. S. 
Ro‘zimboyev. – T., 2003. – 122 b. 
4. Toshmatov O‘. Folklor qo‘shiqlari. –Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti, 2003.- 50-60 b.
5. Qo‘chqorov G‘. Folklor qo‘shiqchiligi. –T., 2005.- 48-50 b. 
O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI O‘STIRISH 
YO‘LLARI 
Nazarova Marjona
BuxDUPI magistranti 
 
Kichik maktab yoshi bolaning psixologik rivojlanishining barcha hal 
qiluvchi davri, barcha aqliy funksiyalarning jadal rivojlanishi, faoliyatning 
murakkab turlarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarning poydevorini yaratish, 
motivlar va ehtiyojlar tuzilishini shakllantirish, axloqiy me’yorlar, o‘zini o‘zi 
qadrlash, xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solish elementlari. Ijod bu - shaxsning fe’l-


479 
atvori, qiziqishlari, qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab aqliy jarayon. 
Xayol uning diqqat markazida. Ijodda shaxs tomonidan qabul qilingan yangi 
mahsulot obyektiv ravishda yangi (ijtimoiy ahamiyatga ega kashfiyot) va 
subyektiv ravishda yangi (o‘zi uchun kashfiyot) bo‘lishi mumkin. Ijodiy 
jarayonning rivojlanishi, o‘z navbatida, tasavvurni boyitadi, bolaning bilimlari, 
tajribasi va qiziqishlarini kengaytiradi. Ijodiy faoliyat bolalarning hissiyotlarini 
rivojlantiradi, xotira, fikrlash kabi yuqori aqliy funksiyalarni yanada maqbul va 
intensiv rivojlanishiga yordam beradi. Ikkinchisi, o‘z navbatida, bolaning o‘qish 
muvaffaqiyatini belgilaydi. Ijodiy faoliyat bolaning shaxsini rivojlantiradi, axloqiy 
va axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ijodkorlik asarini yaratishda 
bola ularda hayotiy qadriyatlarni, uning shaxsiy xususiyatlarini tushunishini aks 
ettiradi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari san’atni yaxshi ko‘radilar. Ular 
jo‘shqinlik bilan qo‘shiq kuylashadi va raqsga tushishadi, haykaltaroshlik va rasm 
chizishadi, ertaklar yozadilar va xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullanadilar. 
Ijodkorlik bolaning hayotini yanada boy, to‘laroq, quvnoq qiladi. Bolalar shaxsiy 
komplekslaridan qat’i nazar, ijodkorlik bilan shug‘ullanishlari mumkin. Voyaga 
yetgan kishi, ko‘pincha o‘zining ijodiy qobiliyatlarini tanqidiy baholaydi, ularni 
namoyish etishdan tortinadi. Har bir bolaning o‘ziga xos xususiyati bor, uni 
yetarlicha erta tanib olish mumkin. Maktabda har bir predmet o‘qituvchisi dars 
jarayonida o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olishi lozim. Bu esa 
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishni talab etadi. Bu maqolada 
mavzu doirasida o‘qituvchi ish faoliyatida o‘quvchilarning qanday psixologik 
xususiyatlariga e’tibor berishi zarurligi ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish 
va o‘stirish ahamiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
O‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga munosabatlarida namoyon 
bo‘ladigan individual ruhiy xususiyatlari – diqqati, yaxshi yoki noxush 
kayfiyatlari, irodaviy faolligi, hamda qiziqishi va havaslari o‘rganish jarayonida 
amal qiladigan muhim omillardandir. 


480 
Diqqat – aqliy faoliyatda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Diqqatning 
ahamiyatini ta’kidlab, K.D.Ushinskiy «Diqqat – ruhimizga o‘tib turadigan hamma 
narsaning eshigidir», – deb ta’lim beradi. Demak, bilimlarni puxta egallash, 
jumlada, ona tilini o‘zlashtirishning zarur shartlaridan biri o‘quvchilar diqqatining 
nutq jarayonlarni puxta bilib, o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilishi, unda kuchli va 
barqaror to‘planishidir.
Diqqatning o‘rganilayotgan materialdan chalg‘ib ketishi, parishonlik, zarur 
obyektga to‘planmasligi yoki to‘planishining qiyinligi ta’limning sifatiga, 
jumladan o‘zlashtirish tezligiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.Ta’lim jarayonida 
o‘quvchilar kechiradigan xilma-xil ta’sirchanlik holatlar, yaxshi yoki noxush 
kayfiyatlar, his va tuyg‘ular katta rol o‘ynaydi. Bu hissiyotlar diqqatning kuchli va 
barqarorligiga ham ta’sir qiladi.
Ma’lumki, biron maqsadga erishmoq uchun, ruhiy zo‘r berish, irodaviy 
faollik ko‘rsatish, kuch sarflash lozim bo‘ladi. Ta’lim jarayonida aqliy faoliyatning 
faolligi, asosan, iroda kuchi yordami bilan ta’min etiladi. Ta’lim jarayonida 
sarflanadigan kuch va harakatdan kuzatilgan maqsadning aniqligi, unga erishish 
vositalarining ravshanligi, o‘quvchilarda faollik tug‘diradi, o‘quv materialini to‘la 
va chuqur idrok qilish ham anglab olishga intilishni kuchaytiradi. Bilim va 
malakalar hosil qilishda diqqat, hissiyot va irodaning ijobiy yo‘li o‘quvchilardagi 
qiziqishga ham bog‘liqdir. Chunki, qiziqish kishining o‘z hayotida eng ahamiyatli, 
eng qimmatbaho, deb bilgan narsalarga yo‘nalganligidir. Qiziqish kishining 
qiziqqan narsasiga doimiy intilishida, uni o‘ziga yaqinlashtirishida, o‘rganib 
olishga intilishida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan omillar haqida ham to‘xtalib o‘tmoq kerak. O‘qituvchining fanni, 
uni o‘qitish uslubini qanchalik egallaganligi, darsni tashkil qilish va o‘tkazish 
mahorati, umuman, o‘qituvchining fan o‘qituvchisiga xos individual sifatlari 
o‘quvchilarda bilimlarning shakllanishida amal qiladigan omillar jumlasidandir.


481 
Bilim va malakalar hosil qilishda, jumladan ona tilini o‘zlashtirishda ham, 
o‘qituvchining bilimdonligi, o‘qitish uslublari bilan qurollanganligi, pedagogik 
mahorati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ta’limning har qanday sharoitida, 
har vaqt ham amal qilaveradigan universal uslublar yo‘q va bunday uslubning 
bo‘lishi ham mumkin emas. O‘qitish uslubi avvalo hosil qilinadigan bilim, 
jumladan, o‘rganiladigan materialning mazmuni va xarakteriga mos kelishi kerak. 
Sezgi, idrok bilishning birinchi bosqichi bo‘lib, aqliy faoliyatning yuksak shakli – 
abstrakt tafakkur sezgi, idrok obrazlariga asoslanadi. Demak, ta’limning 
samaradorligini oshirish uchun bolalarning sezgi-idrokdan hosil bo‘lgan 
tajribalaridan, tasavvurlaridan foydalanish, fan asoslarini egallashda, jumladan ona 
tiliga oid bilimlarni egallashda ham unga tayanish zarurdir. Chunki inson sezgi 
idrokining asosiy mohiyati ongning tashqi borliq bilan bevosita bog‘lanishini 
ta’min etishdir, insonning yuksak ehtiyojlarini, jumladan, dunyoni bilish 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishdir. Demak, har qanday bilish jarayoni va 
hodisalarning mohiyatini anglab olish faqat sezgi orqali, idrok va tasavvurlar orqali 
sodir bo‘ladi.
Sezgi va idrok tasavvur obrazlarining shakllanishiga olib keladi, 
tasavvurlar esa, o‘z navbatida, inson aqliy faoliyatining yuksak bosqichi – abstrakt 
tafakkurning hissiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, sezgi idrok va tasavvurlar har 
qanday bilishning negizi, bilishga asos bo‘lgan manba bo‘lsa ham, u murakkab 
bilish jarayonining faqat birinchi bosqichi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham ta’lim 
jarayonida avval hissiy bazani yaratish ta’limning tobora murakkablashib, 
chuqurlashib boruvchi bosqichlarida unga tayanib ish ko‘rish, hissiy bilish bilan 
to‘g‘ri (ratsional) bilish faoliyatlarining to‘g‘ri nisbatda bo‘lishiga rioya qilish 
zarur bo‘ladi. Bu o‘quvchilarda bilimlarning shakllanishi uchun ham zaruriy 
shartdir. Har bir o‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida ularni ijodiy 
qobiliyatini to‘g‘ri baholay borishi kerak. O‘quvchilar bilan ishlash jarayonida 
ularni qiziqishini, birinchi o‘rinda, kuzatib, shu bo‘yicha muhim yo‘nalish bera 


482 
olishi zarur. Dars jarayonida har xil metodlar bilan bunday samarani yanada oshira 
olishimiz mumkin. O‘quvchilarni o‘zlashtirishi o‘qituvchining ularni qiziqtira 
olishidadir va bunday holatlarda o‘qituvchidagi yuqori darajada intiluvchanlik va 
talabchanlik zaruriy holat hisoblanadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin