Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   373
innovatsion

“Nima nimadan keyin?”
o‘yini. 
Bu o‘yinda bolalar hayvonlar rasmi tushirilgan kartochkalarni alifbo 
tartibida joylashtiradi. Masalan, birinchi o‘ringa ayiq rasmini (a harfiga), ikkinchi 
o‘ringa bo‘ri rasmini (b harfiga), uchinchi o‘ringa delfin rasmini (d harfiga) va 
hokazo tarzda qo‘yib chiqishadi. 
O‘yinning maqsadi: alifboni mustahkamlash, undan amaliy foydalanishni 
o‘rgatish. 
“Kutubxonachining yordamchilari”
o‘yini. 
Jihozlar: kitob dastalari, harflar yozilgan kartochkalar. 
O‘yinning borishi: O‘qituvchi shunday deydi: “Bolalar, biz siz bilan yangi 
kutubxonadamiz. Kutubxonachiga kitoblarni to‘g‘ri va tez terib chiqishga yordam 
berishimiz kerak. Birinchi tokchada familiyasi A dan K gacha, ikkinchi tokchada L 
dan U gacha , uchinchi tokchada X dan Ch gacha bo‘lgan harflar bilan 
boshlanuvchi mualliflarning kitobi turadi. O‘quvchilar dastalardan kitoblarni 
ajratib, tokchalarga qo‘yib chiqadi. 
Bunday o‘yinlarni har bir darsda o‘tkazish mumkin. Lug‘at bilan 
tanishtirish uchun esa maxsus dars ajratish kerak. 


506 
Imlo lug‘atidan lug‘at-ma’lumotnoma sifatida foydalanishni namoyish 
qiluvchi topshiriqlarga misol keltiramiz. 
1-sinf. 1-topshiriq. Lug‘atdagi dastlabgi 10 ta so‘zni o‘qing, ular qaysi harf 
bilan boshlanadi? Oxirgi 10 ta so‘z qaysi harf bilan boshlanadi? 
2-topshiriq. 
Maktab, oftob, ozod, umid
so‘zlarining oxirida qaysi harf
yozilishini lug‘atdan aniqlang. 
Imlo lug‘atidan lug‘at-darslik sifatida foydalanish. 
3-topshiriq. Lug‘atdan tutuq belgisi qatnashgan 5 ta so‘z topib yozing. 
4-topshiriq. (“Joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi” mavzusini 
o‘rganishda) Lug‘atdagi ilovadan foydalanib O‘zbekistonning 5 ta asosiy shahri va 
5 ta asosiy daryosining nomini yozing.
Ikkinchi, uchinchi sinfda lug‘at bilan ishlash maqsadi murakkablashadi: 
Bolalarda lug‘atga murojaat qilish ehtiyojini tarbiyalsh. 
Vazifalar: 1. O‘quvchilar so‘zlarning faqat birinchi harfiga qarab emas, 
keyingi harfiga ham qarab joylashtirilishi tamoyilini bilishi kerak. 
2. O‘quvchilar lug‘atdan so‘zni birinchi, ikkinchi harfiga qarab topa olishi 
kerak. 
3. Orfogrammalarni tekshirishda mustaqil ishlash va o‘z-o‘zini tekshirish 
qobiliyatini rivojlantirish lozim. Ish qisman mustaqil ishlash va o‘z-o‘zini 
tekshirish bosqichida olib boriladi.
2-sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashga doir quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 
1-topshiriq. (“Ona tili” darsligi[6]dagi “Unli tovushlar va harflar” 
mavzusida berilgan 20-mashqqa qo‘shimcha. Mashqda “Tushirib qoldirilgan a va o 
harflarini nuqtalar o‘rniga qo‘yib, so‘zlarni o‘qing” degan topshiriq berilgan. 
Mashqda quyidagi so‘zlar berilgan: 
S...bzi, b...dring, kar...m, q...vun, k...rt...shka, 
t...rvuz, sh...lg‘...m, h...nd...lak, l...vl...gi, q...v...q
). Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan 
tekshiring. 


507 
2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini qo‘yib, so‘zlarni yozing: 
bur...n, qur...q, qo‘r...q, sov...q, qul..pnay, mush..k, kum...sh, qum...rsqa, qorong‘..., 
kulg...
Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring. 
3-topshiriq. Bolalar k(o\a)nsert, k(o\a)mbayn, k(o\a)lbasa, k(o\a)missiya 
so‘zlarida a yoki o harfi yozilishini lug‘atdan tekshirdi. Sobir 
ka-
bilan 
boshlanadigan barcha so‘zni o‘qib chiqdi va bu so‘zlar lug‘atda yo‘q dedi. Nodir 
bir necha sahifani ag‘darib, to‘rtala so‘zni ham topdi. Nima uchun Sobir bu so‘z-
larni topolmadi? 
4-topshiriq. Lug‘at diktanti. (“Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” 
mavzusiga) 
Baland, go‘sht, qand, payvand, g‘isht, tirband, dasht, farzand, taft, 
band.
Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring. 
5-topshiriq. (“So‘z ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar” mavzusiga) 
Nuqtalar o‘rniga zarur o‘rinda harf qo‘yib yozing. Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan 
tekshiring: 
Laq...a, chaq...a, baq...a, mal...a, tol...a, kos...a, has...a, mar...a, qar...i, 
pash...a, tesh...a.
6-topshiriq. Lug‘at diktanti (“Tutuq belgisi” mavzusiga). “Zarur o‘rinda 
tutuq belgisini qo‘yib yozing. Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring”.
O‘qituvchi quyidagi so‘zlarni aytib turib yozdiradi: 
A’lo, a’zo, ta’m, sa’va, qal’a, 
ta’na, ta’rif, ta’sir, ta’til, mash’al, ma’no, ma’qul, me’yor, jur’at, in’om, ba’zi. 
7-topshiriq. (“Tutuq belgisi” mavzusiga). Imlo lug‘atidan m harfi bilan 
bosh-lanuvchi tutuq belgisi qatnashgan 5 ta so‘z topib ko‘chiring. 
3-sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashga doir quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 
1-topshiriq. Lug‘atdan 
yalpiz
so‘zini toping. Undan oldin qaysi so‘z 
kelgan? Undan keyin-chi? Nima uchun? 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, nostandart, muammoli topshiriqlar hatto passiv 
o‘quv-chilarda ham darsga qiziqish uyg‘otadi.


508 
2-topshiriq. “Qiyin so‘zlar do‘koni” o‘yini (“Ot” mavzusiga [2]). 
O‘quvchilar “sotuvchilar” va “xaridorlar”ga bo‘linadi. Birinchi guruh lug‘atdan 
muayyan mavzu (“Sabzavot”, “Meva” va hokazo)ga oid so‘zlarni tanlaydi va 
ulardagi ayrim harflarni tushirib yozadi. Ikkinchi guruhdagi bolalar so‘zlarni oladi 
va lug‘tdan foydalanib tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib yozadi. Masalan, 
sabzavotlar: k...rt...shka, p...midor, tur..., sa...zi, q...voq. 
3-topshiriq (“Ot” mavzusiga). Imlo lug‘atdidagi t harfi bo‘limidan nima 
so‘rog‘iga javob bo‘luvchi 10 ta so‘z topib yozing. O‘quvchilar misol uchun 
quyidagi so‘zlarni yozib oladi: 
tabiat, tanbur, tandir, tariq, taroq, tarozi, taxta, 
tanga, ta’til, televizor.
Bu topshiriqni bajarish orqali o‘quvchilar lug‘atdan kerakli 
so‘zni topishni va so‘zlarga so‘roq berishni o‘rganadi hamda shu so‘zlarning 
qanday yozilishini bilib oladi. 
4-topshiriq. (“Sifat yasovchi qo‘shimchalar”mavzusiga). 
Sovi, quri
so‘zlariga -q qo‘shimchasini qo‘shib sifat yasang va yozing. Yozgan 
so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring. So‘zlarning o‘zagida qanday tovush o‘zgarishi 
yuz berdi? 
5-topshiriq. (“Fe’l yasovchi qo‘shimchalar”mavzusiga). Quyidagi so‘zlarga 
-illa
yoki 
-ulla
qo‘shimchasini qo‘shib fe’l hosil qiling: 
taq, g‘uv, shuv, tiq, shiq, 
shov, lov, biq, qur, lik, viz.
Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring. 
3-sinfda imlo lug‘atidan tekshrish diktantini yozishda ham foydalanish 
mumkin. O‘qituvchi diktantnni yozdirgach, shunday topshiriq beradi: “Diktantdagi 
xato yozgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan so‘zlarni imlo lug‘atidan tekshirib, 
xatongizni tuzating”. Bunday topshiriq o‘quvchini imloviy sezgirlik va o‘z-o‘zini 
tekshirishga o‘rgatadi. 
4-sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashning maqsadi quyidagilardan iborat: 
1. Lug‘atdan foydalanishni ona tili darslaridagi har kungi ishlar tizimiga, 
insho, bayon ustida ishlash tizimiga kiritish. 
2. O‘z-o‘zini tekshirish malakasini shakllantirish 


509 
4-sinfda imlo lug‘ati bilan ishlashga doir quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 
1-topshiriq. (“Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi” mavzusiga 
[4]). Quyidagi so‘zlarga egalik qo‘shimchasini qo‘shib, tovush o‘zgarishi yuz 
bergan-bermaganligiga qarab ikki guruhga bo‘lib yozing: 
bilak, tilak, xulq, 
ishtirok, buloq, axloq, erk, tok, farq, xalq, huquq, yutuq.
Bu topshiriqni bajarish uchun Sh. Rahmatullayev va A. Hojiyev tomonidan 
tuzilgan imlo lug‘atining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” berilgan qismiga 
murojjat qilish kerak bo‘ladi. Bunda “Asos va qo‘shimchalar imlosi” bo‘limidagi 
34-bandda shunday deb yozilgan: “k, q undoshi bilan tugan ko‘p bo‘g‘inli 
so‘zlarga, shuningdek 
bek, yo‘q
kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik 
qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi g undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: 
tilak – tilaging, bek – begi.
Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga bir bo‘g‘inli 
ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi 
va yoziladi: 
erk ‒ erki, huquq – huquqim
”. 
O‘quvchilar qoida asosida so‘zlarni quyidagicha yozadi: 
bilagi, tilagi, 
bulog‘i, yutug‘i

xulqi, ishtiroki, axloqi, erki, toki, farqi, xalqi, huquqi

Bunday holda imlo lug‘ati o‘quv qo‘llanma vazifasini bajaradi. 
2-topshiriq. (“Sifat yasovchi qo‘shimchalar”mavzusiga). Imlo lug‘atidan 
ser-, be- qo‘shimchalari bilan yasalgan 5 tadan sifat topib yozing, so‘zlarning 
o‘zagi va qo‘shimchasini belgilang. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin