493
ta’lim ini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish
imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLSdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
Global miqyosida ta’lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib
borish; Yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan ta’lim siyosatining ta'sirini kuzatib
borish; Ta’lim ning zaif nuqtalarini belgilash va o‘quv islohotini amalga oshirish;
PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni
takomillashtirish; Adolatlilikni kuzatish yoki qo‘shimcha sinflarda o‘quvchilarni
baholash kabi tegishli ishlarni olib borish; O‘qishni va o‘qitishni o‘rganish.
Ilg‘or xorij tajribalaridan Respublikamizning xalq ta’lim tizimida
foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini teran fikrlashga, keng dunyoqarash,
o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va
boshqa bir qancha qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Hozirgi davrda yosh avlodga ta’lim berishda rivojlangan davlatlar
tajribasidan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holat uchun keng
imkoniyatlar yaratilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish savodxonligini
oshirishda innovatsion metodlardan foydalanish, keng dunyoqarashi va o‘z
fikrlarini mustaqil bayon eta olish ko‘nikmalarini oshirgani kabi PIRLS dasturi
ham maqbul imkoniyatlarni yaratadi deb hisoblayman.
Dostları ilə paylaş: