BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISHDA
O‘QISH DARSINING O‘RNI
M.O‘rinova,
BuxDUPI o‘qituvchisi,
M.Kayumova,
BuxDUPI Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
talabasi
Nutq faqat insongagina ato etilgan ulug‘ ne’matdir. Mavjudotlar ichida oliy
tafakkur va zabon faqat bizga taqdim etilgan. “
Insonni
so‘z
ayladi judo hayvondin
,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin”, - deganda Alisher Navoiy qanchalar haq edi.
Shunday ekan, har bir shaxs erkin va teran nutqqa ega bo‘lmog‘i, o‘z fikrini
to‘g‘ri, ravon ifodalay olmog‘i lozim. Buning uchun shaxs tarbiyasi va ta’limi
asosiy omil hisoblanadi. Nutq ta’limi boshlang‘ich sinfda to‘g‘ri shakllantirilsa,
barkamol avlod tarbiyasiga muhim hissa qo‘shilgan bo‘ladi.
Nutq ikki ko‘rinishga ega – og‘zaki va yozma nutq. Bular o‘zaro uzviy
bog‘langan bo‘lsa ham, har birining o‘ziga xos xususiyati bor. Og‘zaki nutqda
tovushlar, so‘zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi.
517
Shuning uchun o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishida, avvalo, ularning
nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo‘llarini izlab
topishimiz kerak.
Chiroyli so‘zlashni, savodli, to‘g‘ri yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq
bayon etishni bilmagan o‘quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o‘zlashtira
olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo‘lsa,
fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo‘ladi. Nutq orqasli odamzot
o‘zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir
xilda to‘la rivojlangan yoki shakllangan bo‘lavermaydi.
Ba’zi bolalar tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-
biridan farqlay ham olmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni
o‘zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bunday hollarda
logoped mashg‘ulotlar yordamiga mhtoj bo‘ladilar.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni
bartaraf etish o‘quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi
kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko‘rish, nutq buzulish
sabablarini o‘rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi
to‘ldirilib, qaysi tovushlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri talaffuz qilayotgani belgilab
boriladi. Nutq o‘stirish ongli o‘qishni, so‘zlash va yozishga o‘rgatishni, til haqida
o‘quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo‘lgan bilim berishni, ularning lug‘at
boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o‘stirish, kitob
o‘qishga muhabbat uyg‘otishni ko‘zda tutadi.
Og‘zaki nutqqa o‘rgatishning ilk davrida qo‘l alifbosidan foydalaniladi. Bu
narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o‘zlashtirib borganlari sari faqat
yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha
mashg‘ulotlarning yetakchi o‘rni nutq o‘stirish bo‘lib, u savod o‘rgatish, chiroyli
yozish ko‘nikmalarini shakllantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini
518
o‘z ichiga oladi. Bu darslarda ko‘proq amaliy maqsadlarni ko‘zlash, til
boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash,
o‘quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og‘zaki nutqini
muntazam o‘stirib borish bog‘lanishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam
beradi.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan
uzviy bog‘liq holda o‘stiriladi. Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi,
asosiy mazmunini, g‘oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash,
umumlashtirish kabi logik priyomlar qo‘llanadi. O‘qilgan asarni analiz qilishda har
xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi
shaxslarni aytadilar, o‘qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar
(tugun, kulminasiya, yechim). Masalan, bolalar O‘.Usmonovning “Chumchuq
bola” hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani,
Tal’atni aytadilar; “Laqma it” ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk,
xo‘roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o‘quvchilar har xil tartibda
aytishlari mumkin. Ammo, o‘qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni
so‘raydi. Natijada o‘qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O‘qituvchi
bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug‘doyzordan tutib
olgani, uni qiynagani, ko‘chada o‘rtog‘i Tal’atni ko‘rib qolgani, Boboxonning
ishidan Tal’atning xafa bo‘lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o‘chirg‘ichga
almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan
dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi.
Shunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o‘quvchilardan ongli
ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar guruhini analiz qilishni talab qiladi.
O‘qish bilan bog‘liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin
murakkablasha boradi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish
vositalaridan biri to‘g‘ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida
519
to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha
oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya
mazmuni yuzasidan o‘qituvchining savoli o‘quvchilarni hikoyaning detallari
haqida, ayrim voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalari haqida
fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar,
ularning xatti-harakati asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok
etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish
yordamida yaxshi anglab yetadilar. O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima
qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qayerda va qanday sharoitda yuz
bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o‘zaro
bog‘liqlikni yoritishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini
o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham
foydalanadi: ayrim faktlarni o‘zaro bog‘laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi,
ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko‘pincha boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari,
ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab
yetmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani
fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati,
voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o‘zaro
qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi
lozim. O‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko‘z
oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi,
shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Aytish mumkinki, o‘quvchi nutqini o‘stirishda O‘qish darslarining o‘rni
beqiyos. Bunda bola ko‘proq so‘zlashga, tahlil qilishga, fikrlashga harakat qiladi.
O‘z fikrini erkin, ravon va chiroyli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Shu
520
bois boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bola nutqini o‘stirishda O‘qish darslaridan
unumli foydalanishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |