514
Bugungi kunda o‘zida ta’lim va tarbiya elementlarini
mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta’lim jarayoni tashkil etish dolzarb
mavzulardan biridir. Boshlang‘ich sinf matematika darslari o‘quvchilar uchun
juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini
rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi,
algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi.
Matematika olamni bilishning asosi boʻlib, tevarak-atrofdagi voqea va
hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika
va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf matematika darslarini to‘g‘ri va
samarali tashkil etish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan yuqori bilim va
texnologiya talab etadi. Ana shu maqsadni amalga oshirishda esa individual
topshiriqlarni
keng
qo‘llash
va
bunday
topshiriqlarni
tuzishda
AKT
texnologiyalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: