Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Ҳ. Раҳимов “Дутор наволари” Тошкент 2016
2 .
Р.Ходжаева
“Дутор тароналариъъ Тошкент 1999
3.
Г.Муҳаммедова
“Дутор дарслиги” Тошкент 2002
4.И.Тошпўлатова “Анъанавий дутор ижрочилиги” Тошкент 2004
5. А.Тошматова “Мусиқий чолғулар музейи каталоги” Тошкент 2006
6.
Оъ.Тошматов, Х.Бекназаров “Чолғушунослик” Тошкент 2015
7. И.Акбаров “Мусиқа луғати” янги аср авлоди Тошкент 1987
8
.
О.Тошматов, Х.Бекназаров
.
“Чолғушунослик”, Тошкент, 2015.
9. А.Жаббаров “Ўзбекистон бастакорлари ва мусиқашунослари” Тошкент
”Янги аср авлоди” 2004.
MUSIQA FOLKLORI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI
TARBIYALASH MEXANIZMI
Hamidova Hafiza Nabiyevna
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1 bosqich magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek musiqa folklori vositasida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda shaxs kamolotini ta’minlashga
xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan. CHunonchi, ular
mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-
qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik,
mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor
etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.
474
Tayanch so‘zlar:
folklor, musiqa, pedagogik texnologiya, doston, mumtoz.
Folklor qo‘shiqlari xalqning ijtimoiy–tarixiy rivojlanishi, etnopsixologik
xususiyatlari, hayotiy tarixiy tajribasi, ijtimoiy qarash hamda uni amalga oshirish
yo‘lida tashkil etiladigan faoliyat yo‘nalishlari, shaxsga ta’lim va tarbiya berish
an’analari asosida shakllangan bo‘lib, asrlar davomida tarixiy vorislik tamoyiliga
muvofiq avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Musiqiy ohangni anglash, musiqiy asarlar mazmunini tushunish shaxs
estetik his–tuyg‘ularini tarbiyalash, ijtimoiy borliqqa nisbatan mas’uliyatli
yondashuv ko‘nikmalarini hosil qiladi. Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalash ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etadi. Mazkur jarayonning samarali amalga oshirilishi bir qator omillarning
mavjudligini taqozo etadi. Xususan, musiqa o‘qituvchilarining bolalar folklor
qo‘shiqlarining tub mohiyatini chuqur anglay olishlari, shuningdek, ijro etiluvchi
qo‘shiqlardan namuna ko‘rsatish asosida ijro etib berish, ularning ijro etish usullari
xususida ta’lim oluvchilarga uslubiy yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Musiqa folklori vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda
musiqiy an’analarning mazmunini chuqur o‘rganish, ularning imkoniyatlaridan
ta’lim–tarbiya, shu jumladan, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida samarali
foydalanish metodikada tadqiq etilishi zarur bo‘lgan muammolardan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi badiiy havaskorlik darslarida folklor
qo‘shiqlari bilan ishlash uchun, avvalo, dars ishtirokchilarining, musiqa-ashula
o‘qituvchilarining hamda darslarning badiiy rahbarlari ishini shunday tashkil qilish
lozimki, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari badiiy havaskorlik darslarida folklor
qo‘shiqlari bilan tanishib, ularni o‘rganishi, tinglashi, ayrim qo‘shiqlarga
bag‘ishlangan suhbat, taniqli xonandalar bilan uchrashuv kechalarida
qatnashishlari jarayonida qo‘shiqda ifodalangan badiiy obrazlar, his-tuyg‘ular
og‘ushida o‘zini sezishini ta’minlash lozim. SHu jihatdan musiqa to‘garaklari
475
oldida o‘quvchilarda folklor qo‘shiqlariga nisbatan muayyan munosabat, qiziqish,
havas, pirovard natijada muayyan mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy
vazifa qilib qo‘yilishi zarur. Folklor qo‘shiqlari vositasida san’atning ijtimoiy roli
va vazifasi yaxlit tasavvur qilinishi natijasida o‘quvchilar ma’naviy olamidagi
o‘zgarishlar, yangi jihatlar paydo bo‘lishi jarayoni tezlashadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda boshqa
vositalar qatorida xalq san’atining eng ommaviy va ta’sirchan turlaridan bo‘lgan
folklor qo‘shiqlarining roli va ahamiyati beqiyos bo‘lgani holda, ulardan
foydalanishda ham o‘ziga xos me’yorlar bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga har qanday
xalq qo‘shig‘ini, termasini, laparlari va o‘lanlarini, maqom yo‘llarini, uning
sho‘‘balarini o‘rgataverish, mashg‘ulot va konsert repertuarlariga kiritaverish
yaramaydi, albatta. Bunda barcha ishlar maqsadga yo‘naltirilgan holda muayyan
pedagogik asos, pedagogik aprobatsiyadan o‘tgan metodika zamirida olib
borilishigina kutilgan samarani berishi mumkin. SHuning uchun ham bu borada
birmuncha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Bular, o‘z navbatida, ma’naviy-
axloqiy tarbiya sohasidagi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi.
Hozirgi paytda xalqning milliy madaniyatiga e’tibor kuchayayotgan ekan,
buni chuqur his etgan holda havaskorlik ansambllari, folklor-etnografik
dastalarigina emas, balki professional san’at uyushmalari a’zolari ham o‘z
repertuarlarida xalq san’ati namunalariga keng o‘rin bermoqdalar. SHunday
bo‘lgach, folklor qo‘shiqlaridek bebaho boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lish, ulardan tarbiya tizimida unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
muvofiqlikni ta’minlash esa aynan umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari bilan olib borilayotgan musiqiy ta’lim mazmuniga bog‘liq. O‘zbek
folklor qo‘shiqlarining salmoqli turlaridan birini termalar tashkil qiladi. Ularning
yaratuvchilari xuddi dostonlar singari xalqning o‘zidir. SHuning uchun ham folklor
qo‘shiqlari deganda, avvalo, ko‘z oldimizga qadimgi zamonlardan beri aytilib
kelinayotgan qo‘shiqlar, laparlar, yor-yorlar keladi. Biroq bu turdagi musiqiy
476
namunalardan foydalanish bugungi kunda biroz mushkul kechadi. Boisi, o‘quvchi
yoshlarda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni tinglash va kuylashga bo‘lgan
ishtiyoq, intilish kuchli. Bu tanlab olinadigan folklor qo‘shiqlarining ta’sir kuchi
(mazmun, matn, ohang, ijro mahorati, xalqchilligi nuqtai nazaridan)ga alohida
e’tibor qaratish lozimligini e’tirof etadi.
Sevgi, sadoqat, nasihat to‘g‘risidagi mumtoz qo‘shiqlar ham folklor
qo‘shiqlari sirasiga kiradi. Xalq dostonlari esa xalq baxshilariga, ya’ni ularni
ustozlardan eshitib, o‘rganib, mahorat bilan ijro etib kelayotgan ijrochilarga
nisbatan beriladi. Bu gaplarni shuning uchun keltiryapmizki, dostonlardagi she’riy
matnlarning deyarli barchasi qo‘shiq qilib kuylab aytiladi.
Folklor qo‘shiqlariga murojaat qilganda, avvalo, ular qaysi viloyat ahliga
ko‘proq taalluqli ekanligiga e’tibor berish, boshqa vohalarga tegishli qo‘shiqlarga
aralashtirib yubormaslik ularni tanlab olishning eng muhim sharti, mezoni
hisoblanadi. Masalan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga, Xorazm yoki Buxoro
viloyatlariga xos qo‘shiqlar, ularga xos ijro yo‘llarini saqlagan va an’anaviyligiga
e’tibor bergan holda yondashish lozim. Farg‘ona vodiysida keng rasm bo‘lgan va
sevib kuylanadigan katta ashula (patnusaki ashula deb ham yuritiladi) boshqa
joylarda endigina urf bo‘lyapti. Xorazmcha kuy va qo‘shiqlar esa ijro uslubi bilan
tamomila ajralib turadi. Samarqand va Buxoro viloyatida yashovchi xalq ijro etib
kelayotgan qo‘shiqlar ham o‘zlarining etnografik jihatlari bilan boshqa joydagi
folklor qo‘shiqlaridan farq qiladi. Raqs jo‘rligida ijro qilinayotgan mavrigilar faqat
Buxoroda uchraydi. Bu Farg‘ona vodiysi va Toshkentda lapar deyiladi. Termalar
esa Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari ijodida ko‘proq uchraydi.
Ularni xorazmliklar cho‘blama deyishadi. Bular folklor qo‘shiqlariga xos bo‘lgan
umumiy jihatlardandir.
Tarixiy folklor qo‘shiqlari o‘tmish xalq hayotini o‘rganish, to‘g‘ri baholash,
xalq urf-odatlarini, marosimlarini to‘g‘ri idrok etishda ajoyib san’at ko‘zgusi va
tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
477
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini folklor qo‘shiqlari vositasida ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashda avtoritar san’at va uning namunalaridan foydalanish ham
tarbiya jarayoni mazmunida turli-tuman shakllarda o‘z aksini topmog‘i lozim.
Zero, aynan yuksak saviyada, professional darajada haqiqiy usta san’atkor
tomonidan ijro etilgan asar, bizning misolimizda xalq qo‘shig‘i ta’sirchan vosita
hisoblanadi.
Shu tariqa xalqimizning o‘tmishi va hozirgi hayotidan tegishli tasavvur
berishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar mazmunini, shakl va metodlarini begilash
mumkin bo‘ladi. Buning uchun ijodiy jamoa har jihatdan tayyorlangan va puxta
zaminga ega bo‘lishi lozim.
Folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyani yo‘lga qo‘yishda ulardan
foydalanish mexanizmini ishlab chiqish, folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy
ta’sirchanlikka ega namunalaridan o‘rinli foydalanish va yuqori samaradorlikka
ega bo‘lgan repertuar yaratish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini
asoslash borasidagi umumiy xulosalar quyidagicha bo‘ldi:
- Xalqimizning badiiy-musiqiy merosida tarbiyaviy ta’sirchan, yuksak san’at
namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar serob. Ular ko‘p asrlardan beri yillar sinovidan o‘tib,
turli avlod vakillariga xizmat qilib kelyapti. SHunday bo‘lsa-da, ulardan o‘z
o‘rnida foydalanish lozim.
- Folklor qo‘shiqlarini tanlashda ma’lum me’yorga amal qilish. Bunda
qatnashchilarning musiqiy tayyorgarliklari, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olish
lozim.
- Folklor qo‘shiqlarini tanlashda ularning turlarini e’tiborda tutish, ularning ijro
uslubi, yo‘li, an’analari, kompozitsion qurilishi va nazariy xususiyatlarini
e’tiborda tutish.
- Qo‘shiqchilik san’ati borasida respublikamizning mahalliy ijrochilik uslublariga
tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni unutmaslik.
478
- Tarixiy, mumtoz, maqom qo‘shiqlari bilan bir qatorda xalq musiqasiga asoslanib
yaratilgan zamonaviy bastakorlarning kuy-qo‘shiqlaridan samarali foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi.
- Folklor qo‘shiqlarining eng yaxshi namunalarini tinglash bilan ular haqida
suhbatlar, savol-javoblar, munozaralar, taniqli xonanda va xalq hofizlari, badiiy
jamoalar bilan uchrashuvlar, turkumli ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazish orqali
qatnashchilar va tinglovchilar qalbida nafosatga muhabbat tuyg‘ularini
shakllantirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |