603
Oʻzbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol
shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini
ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi
ta’lim muassasalari ilgʻor, demokratik hamda insonparvar gʻoyalarga
tayangan,
hamda yangicha mazmunga ega boʻlgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim
oʻrin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini
yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh gʻoyasi sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim
tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga
xizmat qiluvchi
omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan
yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy oʻrta ta’lim kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylari va oliy oʻquv yurti faoliyatlariga tatbiq
etish borasida amaliy
harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq, deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy
xulosaning amaliy tatbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish
bugungi jamiyatimiz oldida
turgan dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish bugungi kunning
dolzarb vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan,
uning mahsuli sifatida bugungi oʻquvchi kelajakda
huquqiy-demokratik jamiyat
a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida toʻlaqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor
iqtisodiyoti qoʻyayotgan talablariga toʻla javob bera olishi kerak.
Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib
kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash koʻnikmalariga ega boʻlgan,
yangilikni oʻrganishga doim tayyor boʻlgan, hamkorlikdan choʻchimaydigan ,
muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining
asosiy maqsadi boʻlishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning
qoʻllanishiga yoʻl ochilishi maqsadga erishish yoʻlidagi toʻgʻri qadamdir. Hozirgi
604
kunda yangi texnologiya elementi boʻlgan
interfaol usullardan
keng
foydalanilmoqda.
Boshlangʻich sinf matematik darslarida ilgʻor pedagogik texnologiyadan
foydalanib dars oʻtilsa, oʻqitish jarayoni takomillashadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsiyon texnologiyalar, hamkorlikda
oʻqitish texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllashga qiziqish kundan kun ortib bormoqda. Shu
vaqtgacha an’anaviy ta’limda oʻquvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib,
tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga qaratilgandir.
Pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi pedagogik jarayon boʻlib, u oʻquvchi talabaning
ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan
natija boʻlishga qaratilgandir.
Hozirda mavjud boʻlgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarini
gapirishdan oldin shuni eslatib oʻtishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks bittagina
omildan, metoddan, tamoyildan foydalanmaydi, ya’ni quyida keltirilgan monotexnologiyalar aslida
mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ular tomoniga qaratilishi natijasida
ularni shu belgilari boʻyicha turlarga ajratiladi. Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud boʻlib, ulardan
ayrimlarini koʻrsatib oʻtamiz.
Bilish faoliyatini boshqarish boʻyicha pedagogik texnologiyalarning quyidagi turlari ma’lum:
klassik ma’ruza;
texnika vositalari yordamida oʻqitish;
Dostları ilə paylaş: