628
haligacha yechilmay qolgan muammolar mavjud. Ularning yechimlari yil sayin hal
etilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi
2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim
vazirligi tashkil etildi.
Vazirlikning oldiga bir qator vazifalarni oldi qoʻyildi.
. maktabgacha ta’lim boshqaruvini zamonaviy modernizatsiya asosida tashkil
etish;
. maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish;
. maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy,
estetik va jismoniy kamol toptirish uchun sharoitlar yaratish;
. bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni
ta’minlash;
. zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning
samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
.
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va
har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori proffessional darajada hal
etishga qodir boʻlgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini
yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy
jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning
samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:
Dostları ilə paylaş: