620
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA STEAM YONDASHUV
VA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM
G.T.Boymurodova
BuxDUPI dotsenti,
pedagogika fanlari doktori (DSc)
Naimova Ferangiz
BuxDUPI magistranti
Begmurodova Marjona
BuxDUPI talabasi
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-
huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim
muassasasining maqsad va
vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek,
bolani ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari
belgilangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash,
unda hayotiy
muhim masalalarni hal qilish, insonlar bilan muloqot qilish, odob-axloq
normalarini yaxlit rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Kompetensiya bolaning bilim,
ko‘nikma, malakalarini rivojlantirar ekan, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot
texnologiyalardan foydalanish, boshlang‘ich kompetensiyalarni
rivojlanish
sohasiga STEAM ta’lim yondashuvlarini tatbiq etish dolzarblik kasb etadi.
Ma’lumki, STEAM ta’lim yondashuvi — S – science, T – technology, E –
engineering, A–art va M–math
ya’ni
tabiiy
fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani, beshta sohani yagona
ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan. STEAM ta’limi yo‘nalishi va
amaliy yondashuvni qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi (6-7
yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalarini shakllantirishda muhim
621
ahamiyatga ega. Jumladan, kommunikativ kompetensiya – muloqotchanlikni, o‘yin
kompetensiyasi – o‘yin orqali bolaning bilim, ko‘nikmasini rivojlantirish, ijtimoiy
kompetensiya – hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantirish, bilish kompetensiyasi –
atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida amaliy
vazifalarni bajarish kabilar.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari jismoniy rivojlanish va
sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot,
o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanishni
talqin qiladi. Bunda turli buyumlardan foydalanish, kesma harflardan so‘z hosil
qilish, ertak qahramonlari sifatlariga e’tibor qaratish, harakatli o‘yinlar
va qisqa
she’rlarni yod olish, audio va video materiallardan foydalanish hamda fanlar
integratsiyasiga e’tibor qaratish zarur. STEAM-ta’lim yondashuvida bolalar
nazariy bilimlarni amalda qo‘llash
orqali idrok etish, bunda atrofimizdagi olamga
munosabat va tabiiy maxsulotlardan foydalanish, texnologiya asosida turli
maxsulotlardan yasash, chizish ko‘nikmasini
hosil qilish, tasviriy san’at orqali
bo‘yash, ranglar tanlash, musiqa ostida mashg‘ulotni tashkil qilish hamda maqsadli
tarzda matematik tasavvurlar shakllantirish asos qilib olinadi. Shuningdek,
“STEAM forward” xalqaro konferensiyasida ko‘pgina olimlar bu yondashuvning
afzallik tomonlarini qayd etganlar va quyidagi xulosalar bildirilgan:
Dostları ilə paylaş: