Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ahmedova N. Boshlang‘ich sinflarda nutq o‘stirish usullari. // Ta`lim 
jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari. O‘zbek tili doimiy 
anjumani beshinchi yig‘ilishi tezislar to‘plami (1999 yil 29-30 aprel) – 
Toshkent.: Sharq, 1999. – 76-77 b.
2. Bobojonov Sh., Islomov I. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv 
lug‘ati (maktab o‘quvchilari uchun).— Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007 ‒ 51 
b. 
 


611 
 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN 
BOLALARDA NUTQ KAMCHILIKLARINING SABABLARI VA UNI
BARTARAF ETISH USULLARI
G.T.Boymurodova,
BuxDUPI dotsenti,
pedagogika fanlari doktori (DSc),
Xolova Dilovar Faxridinovna, 
 
BuxDUPI magistranti
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar 
nutqining to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq 
holatidan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq 
rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv 
imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtayi nazar asoslanadi. Nutqning to‘liq 
rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kamba‘alligi, 
agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatilishi haqida fikr, mulohazalar va uni
bartaraf etish usullari keltirilgan.
 
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta’lim, etilogiya, yagona pedagogik yondashuv, 
ilg‘or nuqtai nazar, agrammatism , talaffuz, pedagogik mahorat, profeesional 
ta’lim-tarbiya, nutqiy nuqsonlar, tayyorlov, ilgʻor tajriba.
 
Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak - atrof, borliq haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning 
ta’lim tarbiya olishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bolaning nutqi kattalar 
nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga,
nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma
qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan 
bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola


612 
nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini,
nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga 
g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. 
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq 
holatidan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq 
rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv 
imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi.
Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlaymiz. 
Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari 
yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt 
tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi 
shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini 
ifodalashi – muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi. Bola nutqining yuzaga 
kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari 
isbotlaydi. Rag‘batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan 
bolani ajratib qo‘yish deprivatsion vaziyat sifatida o‘rganiladi. Bu vaziyat bolaning 
psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Agar bu vaziyat 
uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi.
L.S. Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va 
tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofiziologik 
tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik ko‘p 
doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional 
va anatomik jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari. Bolaning ona qornida 
rivojlanishi, tug‘ruq (tug‘ruq travmasi, asfiksiya) va hayotining dastlabki yillarida 
ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil zararli omillar nutqning to‘liq rivojlanmaganligiga olib 
kelishi mumkin. Nutq buzilishlari, shu jumladan nutq to‘liq rivojlanmaganligining 


613 
yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o‘rin tutadi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligi 
etiologiyasi va patogenezi turli- tumandir, ammo klinik nuqtai nazardan qaraganda 
markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog‘liq nutq to‘liq 
rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini R.YE. Levina uch daraja bilan 
belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo‘q bo‘lishidan to fonetik-
fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega 
bo‘lgan mukammal nutq buzilishigacha. Nutq to‘liq rivijlanmaganligining 1 
darajasi nutqning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz 
bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq 
bo‘ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan 
bo‘ladi. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo‘lmaydi, tovushlar birbiri bilan 
almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo‘ladi.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 2 darajasi - dastlabki keng qo‘llanadigan 
odatdagi nutqning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan 
foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega bo‘ladilar. Ular narsalar, 
xodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing 
qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Ular ikki-uch 
so‘zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos 
keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bo‘lgan bolalar 
bo‘g‘inlar o‘rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni 
qisqartiradilar.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 3 darajasi - nutqda leksikgrammatik va 
fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa 
ega bo‘lgan holda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona 
(tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. 
Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo‘lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz 
qilishda ularni bir biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan 


614 
osonroq bo‘lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz 
qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo‘ladi, 
lug‘at boyligi analizida leksik holatlarning o‘ziga xosligi ko‘rinadi. Tekshirishda 
gaplarni, gaplarda so‘zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg‘un grammatik xatolar 
kuzatiladi. Ko‘pchilik hollarda ular qo‘shimcha qo‘shilish bilan so‘z ma’nosining 
o‘zgarishini tushunib yetishmaydi. 
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda o‘qitishning birinchi 
bosqichi bir so‘zdan va morf-o‘zak so‘zdan iborat gaplar bolalarning taqlidiy 
nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat.
Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish 
extiyoji xali bo‘lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu 
jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in 
kamplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.
Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug‘atga ega bo‘ladilar, ular ota-onasi, 
logoped va boshqalar iltimosiga ko‘ra og‘zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va 
turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar xaqida ota-
onalari odatda shunday deydilar: «Hamma narsani tushunadilar, biroq 
gapirmaydilar». Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo‘ladi.
Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug‘atga ega 
ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo‘shimcha tekshiruvlar orqali shu 
yoshdagi sog‘lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini 
aniqlashga erishiladi.
Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy 
tavsiyalar. Mashg‘ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) 
o‘tkazish lozim. yetakchi mashg‘ulot shakli o‘yindir. Mashg‘ulotlar ayniqsa 
ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi 
zarur. Logopedik ta’sirida aynan bir so‘z materialini ko‘p marotaba takrorlash va 
gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o‘rnatish zaruriy sharoit 


615 
hisoblanadi. Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko‘rinishni rag‘batlantirish 
muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, 
takrorla kabi so‘zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga 
negativ ta’sirlanish yuzaga keladi. Bu so‘zlarni mos keluvchi savollarga yoki 
so‘zlarga almashtirish foydalidir (o‘ylab ko‘rchi, topchi). Yoki bir tomonlama 
dialog ham foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o‘zi 
javob beradi. Bola tomonidan xozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini bir-ikki 
takrorlash ham yaxshi natija beradi. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to‘liq 
rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug‘ati passiv predmet lug‘atidan bir muncha 
kam bo‘lishi mumkin. O‘ziga qaratilgan nutqni (normal eshitish va birlamchi 
saqlangan intellektda) yomon tushunuvchi gapirmaydigan bolalar bilan olib 
boriluvchi logopedik ish vaziyatni ko‘p marotaba takrorlab gapirishdan boshlanadi.
Gapirmaydigan bolalar bilan ishlashda, bunday bolalarning passiv lug‘atini 
chalg‘ituvchi so‘zlar bilan to‘ldirish tavsiya etilmaydi. Mashg‘ulotni o‘tkazishda 
o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va shu kabilar ko‘rgazmali material bo‘lib 
xizmat qiladi.
Nutqiy taqlidni faollashtirishda bolalar bilan olib boriluvchi logopedik 
ishda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini tug‘dirish mas’uliyatli vazifa 
hisoblanadiaBu davrdan «sakrab o‘tib ketishga» urinish noto‘g‘ri bo‘lardi. Biroq 
bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq 
so‘z kombinatsiyalariga o‘tish muhim. Bunda bolada hech bo‘lmaganda 
so‘zlarning ayrim qismlarini taqlid bo‘yicha amalga oshirish zarur.
Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning 
amaliy faoliyati o‘yin, ko‘rgazmali vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. 
Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy 
aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma’lum darajasida, diqqat turg‘unligida, 
taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko‘p narsa o‘yinlarning qanchalik qiziqarli 
tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalarning ijobiy hissiyotlariga qanchalik 


616 
chuqur ta’sir etishga, logopedning qay darajada ijodkorligiga bog‘liqdir. Taqlidiy 
nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni 
rivojlantirishni umuman olganda «Men kabi bajar» dan boshlash kerak. Bolalarni 
predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo‘l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid 
qilishga o‘rgatish lozim. Logoped o‘zi va bolalarning xatti-harakatlarini so‘zlar 
bilan, agar iloji bo‘lsa she’riy shaklda to‘ldirib turadi.
Qo‘l panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga ayniqsa jiddiy 
yondashish tavsiya etiladi (mayda qo‘l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qo‘l 
harakatlariga taqlid rivojlantiriladi). Og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichida olib 
boriladigan logopedik ish yakunida bolalar passiv lug‘atlarida predmet va 
xarakatlarni ularning so‘z belgisi bilan taqqoslashga o‘rganishlari lozim.
Bolalarda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini paydo qilish zarur. So‘z 
taqlidi faoliyati kattalar tomonidan hech qanday tuzatish kiritilmay, istalgan nutq-
tovushlarda ifodalanib namoyon bo‘ladi.



Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin