Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   373
innovatsion

 
 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 
1.
M.Y. Ayupova, Sh.D. Aripova Logopediya “ To‘g‘ri talaffuz qilamiz va 
yozamiz ” 
2.
“Tayyorlov guruh o‘qituvchilari uchun nutq o‘stirish mashg‘uloti 
ishlanmalari” (metodik qo‘llanma) Tuzuvchilar: F.R.Qodirova, M.Fayzullaeva,M. 
Rustamova.T.2010. 
3.
“Harakatli o‘yinlar”. Tuzuvchi: D.Zaynitdinova. T.2006 
4.
“Quvnoq logoritmika” D. Djumanova, Yu.K. Prusakova, metodik qo‘llanma, 
2009 yil. 
5.
“Maktab yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash”. G. Q. Jalolova, metodik 
tavsiya. Toshkent, 2004 yil. 
6.
K.Shodiyeva “Maktab yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish” 
Toshkent.1995. 


617 
O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA RO‘Y 
BERAYOTGAN ISLOHOTLAR VA INNOVATSIYALAR 
S.H.Ro‘ziyeva, 
 
BuxDUPI o‘qituvchisi
F.Olimova,
BuxDUPI talabasi
Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir 
yurtdoshimiz, shu jumladan o‘zimiz ham sezib, kuzatib turibmiz. Uzluksiz 
ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish 
to‘g‘risida muxtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 
qator qonunlar qabul qilinmoqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bulardan biri 
‘‘O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida,,gi qaror bo‘lib bu qarorga muvofiq sohada yangi tizim yaratildi. Yangi 
vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish 
va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog‘ini 
kengaytirish va moddiy -texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog 
kadrlar bilan ta’minlash,maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovini 
100%ga, ta’lim tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, 
jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan 
yaxshilash vazifasi qo‘yildi,-deydi: maktabgacha ta’lim vaziri Agrebina Shin. 
Hozirgi kunga kelib har bir viloyat, tuman, shahar va chekka qishloqlarda ham 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirilmoqda. bundan 
kutilgan maqsad bolalarda uzluksiz ta’limning poydevori bo‘lgan maktabgacha 
ta’lim tashkilotga bolalarni qamrovini oshirish va ularda erkin fikrlash, mustaqil 
qaror qabul qilish xislarini rivojlantirish va maktabga sifatli tayyorlash asosiy 


618 
maqsad qilib olingan,albatta bu natijaga erishish uchun tarbiyachidan katta 
mahorat bilim va o‘z kasbiga ma’suliyat talab qilinadi. Biz talabalar kelajakda 
tarbiyachi bo‘lar ekanmiz, birinchi navbatda bolani sevishimiz,unga mehr 
berishimiz, boladagi ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantira olishimiz zarur. Oliy 
o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Davlat talablari”, 
”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi pedagogic jarayonga tadbiq etilmoqda. Men 
taxsil olayotgan Toshkent davlat pedagogika universitetining maktabgacha ta’lim 
fakultetida ham prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qator 
qonunlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jumladan,”Iik qadam,, davlat o‘quv dasturi 
asosida bizning fakultetda maktabgacha ta’lim tashkiloti ko‘rgazmali xonasi, 
tarbiyachining 
ish 
hujjatlari, 
rivojlantiruvchi 
markazlar, 
amaliyot 
xonalari,”Pedagogik-psixologik va analitik xizmat” ilmiy amaliy o‘quv markazi, 
”Kamalak” MTTsi tashkil etilib, darslar olib borilmoqda, bundan ko‘zlangan 
maqsad biz talabalarga nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda o‘rgatilib, kelajakda 
o‘z kasbimizning mohir pedagoglari bo‘lib chiqishimiz asosiy maqsad etib 
olingan.Biz talabalar o‘z ustimizda ishlash, bilim olish va o‘rgangan nazariy 
bilimlarimizni amaliyotda ham bekami ko‘st tatbiq eta olishimiz talab etiladi. Bola 
tarbiyasi avvalo uyda shakllanadi. 3yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda esa 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan rivojlantirib boriladi. 
Tarbiyachi qachonki bolaning ota-onasi bilan hamkorlikda ish ko‘rsagina bolada 
o‘sish kuzatiladi, afsuski atrofimizda shunday insonlar borki o‘zidan ortib bola 
tarbiyasiga e’tibor qarata olmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ular uchun 
faqatgina farzandlarini qornini tuyg‘azib, bolaga qarab turishi uchungina kerak. 
bolaning ta’lim tarbiyasi bn esa qiziqishmaydi. bunday oilalarni biz ma’nan 
nosog‘lom oila desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi kunda maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida ‘‘Ilk qadam, davlat o‘quv dasturi asosida bola o‘zi xohlagan 
beshta markazdan birida faoliyat olib bormoqda. Bunda bolani ijodiy 
qobilyatlarini, nima sohaga qiziqishini kuzatib o‘rganiladi.bola bu markazlarni ozi 


619 
mustaqil tanlab faoliyat yuritar ekan unda avvalo mustaqil fikrlash,erkin qaror 
qabul qilish kabi ijobiy hislatlar paydo bo‘lib boradi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotiga bormagan bolalarda esa o‘quv jarayonlarini o‘zlashtirishda 
qiyinchiliklar kuzatiladi u tengdoshlariga nisbatan ortda qolishi mumkin. bolada 
yoshligidan boshlab bilim olishga bo‘lgan qiziqishi shakllansa bola kelajakda 
albatta o‘z o‘rniga ega buyuk shaxs bo‘lib yetishadi. Tarbiyani tug‘ulgan kundan 
boshlamoq ,vujudimizni quvvatlantirmoq, ahloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni 
rivojlantirmoq lozim.-o‘zbek pedagogikasi asoschilaridan Abdulla Avloniy. Buyuk 
mutaffakkirlarimizning tarbiyaga bergan ta’riflarini o‘qir rkanmiz bola tarbiyasida 
ota-onaning roli nechog‘liq muhim ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz. 
Bobomiz Abu Ali Ibn Sinoning fikricha: bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi 
odatlarga o‘rgatilishi kerak. bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin 
yaratadi. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim tarbiya tizimi 
haqida gapirganda. abdulla avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror 
aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim tarbiya-biz uchun hayot mamot masalasidir, qaysi 
sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron bir 
o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni,millatning 
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi-
deydi, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Biz shunday davrning talabasi 
bo‘lganimizdan faxrlanamiz va albatta a’lo o‘qish va xulqimiz bilan etuk 
mutaxassis bo‘lib mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z xissamizni qo‘shamiz.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin