619
mustaqil tanlab faoliyat yuritar ekan unda avvalo mustaqil fikrlash,erkin qaror
qabul qilish kabi ijobiy hislatlar paydo bo‘lib boradi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotiga bormagan bolalarda esa o‘quv jarayonlarini o‘zlashtirishda
qiyinchiliklar kuzatiladi u tengdoshlariga nisbatan ortda qolishi mumkin. bolada
yoshligidan boshlab bilim olishga bo‘lgan qiziqishi shakllansa bola kelajakda
albatta o‘z o‘rniga ega buyuk shaxs bo‘lib yetishadi. Tarbiyani tug‘ulgan kundan
boshlamoq ,vujudimizni quvvatlantirmoq, ahloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni
rivojlantirmoq lozim.-o‘zbek pedagogikasi asoschilaridan Abdulla Avloniy. Buyuk
mutaffakkirlarimizning tarbiyaga bergan ta’riflarini o‘qir rkanmiz bola tarbiyasida
ota-onaning roli nechog‘liq muhim ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.
Bobomiz Abu Ali Ibn Sinoning fikricha: bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi
odatlarga o‘rgatilishi kerak. bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin
yaratadi. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim tarbiya tizimi
haqida gapirganda. abdulla avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror
aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim tarbiya-biz uchun hayot mamot masalasidir, qaysi
sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron bir
o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni,millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi-
deydi, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Biz shunday davrning talabasi
bo‘lganimizdan faxrlanamiz va albatta a’lo o‘qish va xulqimiz bilan etuk
mutaxassis bo‘lib mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z xissamizni qo‘shamiz.
Dostları ilə paylaş: