610
tushunchani xususiy, soddaroq tushuncha orqali izohlash ( hasharot ‒ ari, chumoli,
qo‘ng‘iz), mazmunan yaqin tushunchalarni o‘ziga xos farqli belgisi orqali
chegaralash (qalin ko‘ndalang ‒ o‘lchami katta, yo‘g‘on ‒ ko‘ndalang kesimi
katta), ma’noni surat, chizma yordamida izohlash, so‘zlar birikuvchanligi orqali
izohlash (yashirin izohlash) va h. k.
O‘quv lug‘atida so‘zning paradigmatikasi (sinonim, atonim, leksik-semantik
va mavzuviy guruhlari) muntazam va aniq ko‘rsatilishi lozim. Shuning uchun
o‘quv leksikografiyasida mavzuviy (ideografik) lug‘atlar tuzish dolzarb masaladir.
O‘quv lug‘atining so‘z maqolasi tuzilishi ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Unda
so‘z haqidagi lingvistik ‒ grammatik, semantik, orfoepik va h.k. axborot yanada
qat’iyroq bir xillikka olib kelinishi lozim. O‘quv lug‘atining lug‘at maqolasida
so‘z, uning shakllari, nutqda qo‘llanishi haqida, ya’ni o‘quvchiga o‘zbek tilidan
faol foydalanishga yordam beradigan barcha narsa haqida to‘liq ma’lumot berilishi
lozim.
Shunday qilib o‘quv lug‘ati metodik talablarga javob beradigan, odatda
kichik formatdagi bitta jild ko‘rinishida tayyorlanadigan va ma’lumotni tez va oson
olishni ta’minlaydigan u yoki bu tamoyil asosida tartib berilgan so‘zlarning ular
haqida lisoniy ma’lumot berilgan ro‘yxatidir.
Dostları ilə paylaş: