639
Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san’at o‘qituvchisi
yuksak tasavvurga ega, tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o‘z fanini a’lo
darajada biladigan, ijodkor rassom, pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur
o‘rgangan, tasviriy san’at metodikasi bilan yaxshi qurollangan, tasviriy san’at
darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy san’at
o‘qituvchisi bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarni har jihatdan bilish uchun o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar
orasida pedagogik va psixologik tashxis o‘tkazishi zarur bo‘ladi. Bu ish bevosita
quyidagilar bilan bog‘liq: o‘quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi
fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va
fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda
mashg‘ulotlar uchun bo‘lgan shart-sharoitlari va boshqalar.
Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari,
qaysi san’at turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi
muhim. Chunki o‘quvchilarning bunday narsalarga qiziqishlariga qarab, ularga
samarali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu sifatlardan tashqari o‘qituvchi,
o‘quvchilarning tasviriy san’atga doir xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada
o‘qituvchi har bir o‘quvchining dars jarayonida bilim va malakalaridagi o‘sishni
bilib turishi kerak.
Tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirishda,
Dostları ilə paylaş: