647
abr, royiha, maxzan, sayd, shaqovat, tundbod kabi so‘zlarning ma’nosini izohlash
lug‘at ustida ish olib borishni taqozo etadi. Garchi darslikda izohtalab so‘zlar
lug‘ati berilmagan bo‘lsa-da, o‘quvchilar so‘zlar ma’nosini nasriy bayon bilan
tanishish jarayonida o‘zlashtiradilar.
Mavzu yuzasidan berilgan “Mahbub ul qulub” iborasi qanday ma’noni
anglatadi va u necha qismdan iborat? Saxiylik va himmat tushunchalariga shoir
qanday ta’rif beradi va qanday o‘xshatishlar qo‘llaydi? “Saxiy” so‘zi bilan “axiy”
so‘zining farqi haqida so‘zlang va shunga oid o‘z fikringizni bildiring
101
kabi savol
va topshiriqlar ustida ishlash ham o‘zlashtirishning muhim omili sanaladi. Shu
o‘rinda darslikdagi ba’zi savol-topshiriqlarning tahliliga to‘xtalishni lozim topdik.
Darslikning 46-betida berilgan Sharqda adabiyot so‘zining ma’no-mazmuni va
undan ko‘zlangan maqsad nima? Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” asari
qanday an’analar asosida va nima maqsadda yaratilgan? Alisher Navoiyga qadar
shu yo‘nalishda kimlar tomondan qanday asarlar yaratilgan? kabi savollar aslida
to‘g‘ri tuzilgan. Lekin o‘quvchining yoshi va bilim darajasi hisobga olinmagan. 12
yoshli o‘quvchi uchun bunday savollarga javob berish qiyinchilik tug‘diradi.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” asari qanday an’analar asosida va nima
maqsadda yaratilgan? savoliga o‘qituvchining o‘zi ham qiynalib javob topadi.
Adabiyot mashg‘ulotlarida ko‘zlangan natijaga erishishda yurtimizda
o‘tkazilayotgan treninglar, ma’lum mavzuga bag‘ishlangan konferensiyalarda
o‘qituvchilarga metodik ko‘rsatmalar berilishi ta’lim tizimida olib borilayotgan
islohotlarning bir ko‘rinishidir. Quyida shunday metodik tavsiyalar asosida darsda
tashkil etilayotgan texnologiyalar mazmunini yoritishga harakat qildik.
Dostları ilə paylaş: