Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   373
innovatsion

Используемая литература : 
1. Дусавицкий А.К., Кондратюк Е.М., Толмачева И.Н., Шилкунова 
З.И. Урок в развивающем обучении: Книга для учителя. – М.:ВИТА-
ПРЕСС, 2008. 
2. Матвеева Е.И., Патрикеева И.Е. Деятельностный подход к обучению в 
начальной школе: урок литературного чтения (из опыта работы)//Серия 
«Новые образовательные стандарты». – М.:ВИТА-ПРЕСС, 2011. 
3. Петерсон Л.Г., Кубышева М.А., Кудряшова Т.Г. Требование к составлению 
плана урока по дидактической системе деятельностного метода. – Москва, 
2006 г. 
4. Шубина Т.И. Деятельностный метод в школе http://festival.1septe 
Картинки взяты из Интернета 
MAKTABGACHA TA’LIMDA BOSHQARUVNI ZAMONAVIY 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH 
Gʻaniyeva Mahliyo Hayot qizi, 
BuxDUPI magistranti 

 
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar
faoliyatining kundalik kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 

Shavkat Mirziyoyev

Annotatsiya. 
Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy innovatsion texnologiyalari asosida 


627 
tashkil etish vazifalari yoritilgan.Hozirda maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda,bolalarni tarbiyalash va har tomonlama 
kamol toptirish masalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan 
rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash usul va vositalari keltirilgan.
 
Kalit so‘zlar:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, boshqaruv, innovatsion, 
texnologiya, situativ liderlik, kreativlik, tashabbus, ilgʻor tajriba, yetakchi, jamoa, 
pedagogik mahorat, tashabbuskorlik, professional ta’lim-tarbiya 
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor 
qaratilmoqda. Ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimiga uzluksiz ta’limning 
boshlang
ich fundamenti sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim 
toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida tashkil etildi. Uning maqsadi – bola 
shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish 
maktabda muvaffaqiyatli oʻqish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari bolalarning bilimi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish bilan birga, 
ularni vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, tariximiz va boy me’rosimiz 
va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 
2017-2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim 
tizimini qayta koʻrib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab 
berildi. Bu muammolarni toʻlaqonli hal etishda pedagog-kadrlarlarning intellektual 
salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham 
amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta’lim tarbiyaviy 
jarayonlarining samarali ta’minlash zarur.
Hozirgi davrda bir qancha sohalar tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Ilm-
fan, madaniyat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari shular jumlasidandir. Mustaqil 
Oʻzbekistonimiz bugungi kunda rivojlanib davr talablari darajasiga yetmoqda. 
Barcha jabhalarda, yurtimiz yuqori choʻqqilarda erishmoqda. Maktabgacha ta’lim 
tizimini olib qarasak, soʻnggi 5yil ichida misli koʻrinmagan darajaga yetdi. Sohada 


628 
haligacha yechilmay qolgan muammolar mavjud. Ularning yechimlari yil sayin hal 
etilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi 
2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tashkil etildi. 

Vazirlikning oldiga bir qator vazifalarni oldi qoʻyildi. 


. maktabgacha ta’lim boshqaruvini zamonaviy modernizatsiya asosida tashkil 
etish; 
. maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish; 
. maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, 
estetik va jismoniy kamol toptirish uchun sharoitlar yaratish
. bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni 
ta’minlash; 
. zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning 
samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va 
har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori proffessional darajada hal 
etishga qodir boʻlgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog 
kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini 
yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy 
jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish; 
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning 
samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida: 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin