Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


STEM texnologiyasini joriy etish shartlari



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   373
innovatsion

STEM texnologiyasini joriy etish shartlari
:
1. Iqtidorli bolalarni qidirish, qo‘llab-quvvatlash va buning uchun keng 
qamrovli tizimni yaratish kerak;
2. Har bir umumta’lim maktabida iqtidorli bolalarni aniqlash uchun ijodiy 
muhitni rivojlantirish zarur.
3. Shu bilan birga, shakllangan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini 
rivojlantirish kerak. Bu birinchi navbatda, 24 soat davom etadigan ta’lim
“Umumiy o‘rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim 
muhiti” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari muassasasalarini 
o‘z ichiga oladi. Bunda iqtidorli bolalarning tadqiqotlari uchun shart-sharoitlar 
yaratilishi lozim.
4. Yuqori 
natijaga erishgan 
o‘quvchilarning o‘qituvchilarini ham 
rag‘batlantirish lozim.
5. Iqtidorli yoshlarni o‘qituvchilik kasbiga jalb qilish lozim.
STEM – ta’limining afzalliklari
:
1. Fanlar bo‘yicha emas, balki mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan ta’lim.
2. Haqiqiy hayotda ilmiy va texnik bilimlarni qo‘llash.
3. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilish.
4. O‘z kuchlariga ishonchni orttirish.
5. Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkillashtirish.
6. Texnik fanlarga qiziqishni rivojlantirish.
7. Loyihalarga ijodiy va innovatsion yondoshuvlarni amalga oshirish.
8. Ta’lim va martaba o‘rtasidagi ko‘prik.


791 
9. O‘quvchilarni hayotning texnologik yangiliklariga tayyorlash.
10. STEAM - maktab o‘quv dasturiga qo‘shimcha sifatida.
Hozirda “STEAM” xalqaro ta’limda asosiy ko‘rsatkichlarlardan birini 
egallagan. 
STEM 
ni 
STEAMga 
aylantirish 
nimani 
anglatadi? 
STEM+ART=STEAM Faqat bitta “A” harfi, lekin bir vaqtning o‘zida qancha 
o‘zgarish bor. Aynan “ART”, ya’ni san’at – muammoni hal qilish qobiliyati, 
jasurlik, tanqidiy fikrlash va qabul qilish qobiliyati kabi mahorat va fazilatlarni 
shakllantiradi. Ushbu qo‘nikmalarning rivojlanishini bolalar bog‘chasidan amalga 
oshirish lozim. San’at bilan shug‘ullanuvchi bolalarda maktabda ta’lim olish 
motivatsiyasi 3 karra yuqori natijani tashkil etadi. 4 yildan ortiq san’at va musiqa 
bilan shug‘ullangan yuqori sinf o‘quvchilarida matematikadan o‘zlashtirish 
darajasi 4 marta yuqori natijani ko‘rsatgan. Musiqa bilan shug‘ullanganlar test va 
og‘zaki imtihonlarda yuqori natijalarga erishganlar. Bugungi kunda ijodkorlik har 
qanday kasbda muvafaqqiyatga erishish uchun zarur shartlardan biridir. Bugungi 
kunda kompyuterlar va gadjetlar chap miyaning ba’zi funksiyalarini o‘zida aks 
ettiradi, lekin ular hech qachon o‘ng miyaning funksiyalarini o‘rnini bosa olmaydi. 
ART – bu barcha sohalarning eshigini ocha oladigan kalitdir!
STEAM chap yarim sharning funksiyalarini rivojlantiradi:

Analitik fikrlash: mantiq va faktlarni tahlil qilish;

Til qobiliyati;

Yozish va o‘qish qobiliyati;

Raqamlar va matematik formulalar manipulyatsiyasi;

Axborotni matn shaklida qayta ishlash qobiliyati;

Deduktiv fikrlash;

Induktiv fikrlash.
“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va 
ta'lim muhiti” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari: 


792 

Tanqidiy fikrlash. “Art” o‘ng yarim sharning funksiyalarini rivojlantirgan 
holda STEM ni to‘ldirib boradi:

Ijodkorlik;

Tasavvur, his-tuyg‘ular;

Ijodkorlik va innovatsiyalarga tayyorlik;

Tanqidiy fikrlash;

Tashabbus, harakatchanlik va moslashuvchanlik;

O‘zaro aloqa;

Tasvirlar va ramzlarda axborotni qayta ishlash qobiliyati;

Bir vaqtning o‘zida bir nechta axborot oqimlarini tahlil qilish qobiliyati. 
ART + STEM = Muvaffaqiyat!

Yozish, o‘qish va matematika bo‘yicha bolalarning yuqori ko‘rsatkichlari;

Barcha fanlarni o‘rganish uchun motivatsiyaning o‘sishi;

Texnologik dunyoda va istalgan kasbda muvaffaqiyatga erishish kafolati;

Natijaga erishish;

Hamkorlik, muloqot, ijodkorlik;

Mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni his etish;

O‘z mahsulotini yaratish.
Shuni ham ta’kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish 
va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan 
professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:
1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va 
dasturlanadigan elektron modullar;
2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;
3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;


793 
4. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyihalar hamda 
videokamera bilan gologrammali ekranlar zarur bo‘ladi.. Bugungi davr talabi 
dunyo ta’limi oldiga katta vazifani qo‘ymoqda. Bu esa o‘quvchilarni jamiyatda 
yashashga tayyorlay olishi kerak. STEAM ta’limiy yondashuvi o‘quvchilarga 
dunyonitizimli ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy 
mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab etishga, o‘zi uchun yangi
noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan 
ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, qandaydir yangilikni kutish orqali 
o‘quvchilarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi. O‘zi uchun qiziqarli masalani 
aniqlab olishni, uning yechimini topishning har xil usullarini ishlab chiqishni, 
natijalarini tanqidiy baholashni, fikrlashni muhandislik stilini shakllantirishga olib 
keladi. Jamoaviy faoliyat olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bularning 
barchasi o‘quvchi rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishini va kelajakda 
to‘g‘ri kasb tanlashga zamin yaratadi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin