Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   373
innovatsion

 
REFERENCES: 
1. Adnan Zaid. 2016. Using Proverbs as a Lead-in Activity in Teaching 
English as a Foreign Language. International Journal on Studies in English 
Language and Literature. 4(10), 
2. Retrieved from http://dx.doi.org/10.20431/2347- 3134.0410001. 2. .Mieder, 
Wolfgang. (2004). Proverbs - A Handbook. Westport, CT; Greenwood Press.
3.Neuman, S. B., & Dwyer, J. (2009).Missing in action: Vocabulary 
instruction in pre-k. The Reading Teacher, 62(5), 384-392. 
TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA STEAM-TA’LIMINING AMALIY 
TATBIQI 
Sobirova Mahfuza Ne’matovna, 
Buxoro tumani 21-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. 


788 
Sharopova Mahliyo Fozilovna, 
Buxoro davlat universiteti
Texnologik ta’lim mutaxassisligi magistranti. 
Annotatsiya.
“Texnologiya fanini o‘qitishda STEAM ta’limining amaliy 
tadbiqi” deb nomlangan ushbu maqolada texnologiya fani darslarida STEAM 
ta’limini joriy etish zamon talabi ekanligi, uning afzalliklari haqida ma’lumotlar 
berilgan. 
Kalit so‘zlar
: STEAM, texnologiya, innovatsiya. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi 
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy 
etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 
chora-tadbirlar dasturi”ning II bo‘lim, 11-bandida umumiy o‘rta ta’limning yangi 
davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga, 
STEAM (fan, texnologiya. Muhandislik, san’at va matematika) ta’limini 
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni 
bajarish uchun, avvalo, ta’lim ishtirokchilari – pedagoglar, metodistlar, 
o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM ta’limi yo‘nalishida o‘tkaziladigan 
xalqaro tadqiqotlar haqida ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash 
uchun malakalarga ega bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtda texnologik inqilob 
mavjud. Yuqori texnologiyali mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar 
zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda 
robot dizayni, modellashtirish va dizayn loyihalashtirish ishlari yetakchi o‘rinni 
egallamoqda. Mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq 
texnik ta’lim talab etilayotganligi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi 
kunda STEAM ta’limi jamiyat va davlatning rivojiga katta hissa qo‘shadigan 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini bermoqda. Ma’lumki, 
zamonaviy ta’lim tizimi, an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, amaliyotda 


789 
o‘rganilayotgan ilmiy-nazariy va metodik uslubni kundalik hayotda qanday 
qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishga imkon beradigan aralash muhit hisoblanadi. 
Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3-D dizayn, modellashtirish
dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga 
chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash 
emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. STEAM ta’limi texnologiyasi 
– nazariya va amaliyotning birlashtirilgan natijasidir. STEM ta’limining muhimligi 
shundaki, haqiqiy fan sohasida ta’lim sifatining pastligi, moddiy-texnika bazani 
yetarli darajada emasligi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning sustmotivatsiyasi – 
bularning barchasi ta’lim tizimining eng katta muammosidir. Shu bilan birga, 
bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan davlatimiz yuqori texnologiyalar 
sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda 
STEM ta’limi birinchi o‘rinda turadi. Bu esa kelajakda texnologik jarayonni 
rivojlantirish va mamlakatimizda ilmiy va muhandislik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni 
qoplanishiga yordam beradi. Bugungi kunda deyarli har bir kishi smartfonlardan 
foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur etishning iloji yo‘q. 
Bundan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEM ko‘nikmalari bu 
rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEM o‘quvchilarni ilhomlantiradi. 
O‘quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi
texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, 
rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va, albatta, bolalar 
zavqlanib o‘ynashadi. STEM – o‘quvchining intellektual qobiliyatlarini ilmiy va 
texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U 
o‘quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga 
qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEM – olti bosqichdan iborat: savol, 
muhokama, dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi 
hisoblanadi. O‘z navbatida, o‘quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan 


790 
foydalanish, birgalikda harakat qilish, undan foydalanish ijodkorlik va 
innovatsiyalarning asosidir. Shunday qilib, ilm-fan va texnologiyalarni bir 
vaqtning o‘zida o‘rganish va uni qo‘llash ko‘plab yangi innovatsion loyihalarni 
yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarda albatta “san’at”ning imkoniyatlari 
kengdir.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin