Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
1. A.Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi.Toshkent 1993 
2. R. Qosimov. An’anaviy ijrochilik. Toshkent. 2007. 
3.S.Begmatov. Hofizlik san’ati. Toshkent 2007. 
 
 
 
 
OʻTMISH MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI HAQIDAGI 
FIKRLARI 
Sharipova Sitorabonu Shuxrat qizi 
BuxDUPI magistranti 
Karimov Olimxoʻja Islomovich
BuxDU dotsenti 
Annotatsiya.
Maqolada
 
Sharq mutafakkirlari - Forobiy, Ibn Sino, A.Jomiy, 
A.Navoiy, Bobur, Kavkabiy kabi arboblarning musiqiy qarashlari xususida fikr 
yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: 
musiqa madaniyati, yosh avlod, did, ravnaq, jamiyat, qadim, 
zamonlar, muayyan, hissa, Sharq. 
Qadimgi davrlarda bu sohani juda koʻplab olimlar tadqiqod etganlar, hamda 
oʻz fikrlarini bayon qilishgan. Sharqda: Farobiy, Ibn Sino, A.Navoiy kabi 
allomalarimiz ham musiqa sohasida ilmiy izlanishlar olib borishgan va musiqaga 
oʻz munosabatlarini bildirib oʻtganlar. Bu siymolarning musiqa haqida bildirgan 
fikrlari bugungi kunda shu sohaga qiziquvchilarga muhim qoʻllanma boʻlib xizmat 


777 
qilmoqda. Har bir insonning ma’lum bir yoʻnalish haqida bildirgan fikrlari uning 
bilimlari, tajribalari, dunyoqarashi va xarakteridan agar ijodkor boʻlsa 
yoʻnalishidan, chaladigan sozidan kelib chiqib shakllanadi. Ushbu maqolada 
San’atshunoslik fakulteti magistrantining musiqa haqida qarashlari va izohi bayon 
etilgan. 
Mutafakkirlar,davlat arboblari, olimlar, pedagoglar san’atning barcha 
turlarida jumladan musiqa san’atida ham insonlarning ongi va ruhiyatida chuqur 
ta’sir qilib ularda yuksak ma’naviy xislatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish 
vositasi sifatida qarashganlar va bunga katta e’tibor berganlar. Barkamol avlodni 
tarbiyalashda musiqa san’atining ayrim xususiyatlarini hisobda olish muhimdir.
Musiqa qadimgi davrlarda badiiy ifoda vositalarining boshqa turlari-
harakat,raqs,ohang,ohangdosh soʻzlar va boshqalar bilan oʻzaro bog‘liqlikdagi 
birligini tashkil qilgan.Uning alohida badiiy ifoda vositasi sifatida ravnaq topishi 
jamiyatning sinfiy tarkibini shakllantirish,koʻngilxushlik uchun vaqt hamda 
moddiy ashyolarga ega guruhlarni ajratib olish davriga toʻgri keladi.Beruniy 
oziktabiat,musiqa eshitishga chanqoq odamlarning paydo boʻlishi jamiyatning 
ma'lum darajada rivojlanishiga yoʻl ochganini eslatib oʻtadi.
105
Oʻzbek xalqining musiqa madaniyati koʻp asrlik tarixga ega. Xalq musiqa 
merosining zarchashmalari tarixan olislardan boshlanib xalq ijtimoiy hayoti bilan 
uzviy bog‘liq holda rivojlanib kelmoqda. Xalq musiqa merosining ilk koʻrinishi va 
tafakkurining taraqqiy etishi natiForobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga 
kelishining tabiiy-ilmiy taʼrifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining 
matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida 
koʻplab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar 
bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari boʻlmish naqralar, 
ularning birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan 
105
Абу Рейхан Бируни.Изобранные произведения.Том III.Определение границ мест для уточнения 
расстояний между населенными пунктами[Геодезия]./Исследования П.Г.Булгакова.-Ташкент,1966.84-бет 


778 
ritm oʻlchovlari va turlarini yoritib bergan. “Musiqa haqida katta kitob”da faqat 
musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda maʼlum boʻlgan rubob, tanbur, 
nogʻora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish 
qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiyning oʻzi mohir sozanda, bastakor, 
manbalarda yangi musiqa asbobini ixtiro etganligi, unda nihoyatda taʼsirchan 
kuylar yaratgani qayd etiladi. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, 
sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida 
qoldirgan merosi musiqa madaniyati tarixida olamshumul ahamiyatga ega. 
Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning merosini 
chuqur oʻrganadi. Ovroʻpo olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. U. 
Buur, R. Xammond, R. de Erlanje, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley, 
Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker, M. Maxdi va boshqalar Forobiy 
merosini oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdilar. Keyingi yilda tabiat 
goʻzalliklaridan ilmhomlangan inson tomonidan mehnat jarayonida vujudga 
kelgan. Darhaqiqat, inson turmushini qoʻshiqsiz, musiqasiz, tasavvur qilib 
boʻlmaydi. San’at kishilarni ma’naviy kamolotga erishtiruvchi yoʻl. Musiqa (yun. 
mousiche - muzalar sanʼ-ati) - inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur 
doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks 
ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi 
mu-ayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari 
(koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va 
b.)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy 
sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va b.)ni, uning tabiati 
(mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy,tasviriy 
imkoniyatlari yunon olimlari - Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari - 
Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari - Imom 
Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va b. tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy 
tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi 


779 
uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual - muayyan jarayonli tabiati 
bilan bogʻliqdir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda 
berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, 
rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra 
musiqa mazmuni ham turli - epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. 
Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan 
lirika musiqaning “botiniy” tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni - 
shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, 
bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy 
fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir 
davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson 
faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro 
etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. 
Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy 
tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli 
juda muhimdir.
106
Musiqa san'atida antik(yunon va rim) ilmiy meros orqali boyitilgan 
dunyoviy yoʻnalish IX-XII asrlarda ilmiy-musiqiy tafakkurning yorqin rivoji 
uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Bu sohada Oʻrta Osiyoda tug‘ilib oʻsgan yoki 
faoliyati qaysidir darajada shu mintaqaga bevosita aloqador boʻlgan buyuk olimlar- 
Abu Nasr Farobiy,Ibn Sino,Muhammad Xorazmiy,Faxriddin Roziy va boshqalar 
juda katta hissa qoʻshishgan. Ularning asarlarida Movarounnahrning musiqiy 
yutuqlari-cholg‘u asboblari sozlash usullari,texnik jihatdan nozik,qadimiy ijro 
shakllari va boshqalar yorqin aks ettirilgan.
107
Kaykovus (XI asr) qalamiga mansub mashhur “Qobusnoma” asarida oʻsha 
payt san'atida shuhrat qozongan “Movarounnahr toʻrtliklari” (dubaytixoyi 
106
Online ensklopediya Qomus.info Abdumannon Nazarov Olimjon Bekov
107
Oʻzbekiston madaniy merosi. “Silk road media” “ East star media” Toshkent -2020.63-bet.


780 
Movarounnahr),jang san'ati,qon toʻkish,oshiqlik va sarguzashttalablik-ayyor -
pishagi haqida ham batafsil soʻz yuritiladi.
108
X-XI asrlardan boshlab dunyoviy yoʻnalish bilan bir qatorda islom dini 
negizida tasavvuf ta'limoti va uning musiqiy-she'riy an'analari vujudga kelgan. 
Xurosonning yirik tasavvuf maktabi ham Movarounnahrdan uncha uzoq 
boʻlmagan hududda ravnaq topgan.Keyinchalik soʻfiylarning maxsus xonanda va 
bastakorlari-qavvollar paydo boʻlgan,soʻfi musiqasida samo,zikr,raqs atamalari 
vujudga kelgan."Musiqa tinglash" masalasi ham soʻfiylik manbalarida turli bahs-
munozaralarga sabab boʻlib,uning tarafdorlari ham,tanqidchilari ham paydo 
boʻlgan. Shu tariqa qadimgi davr va ilk oʻrta asrlar boy cholg‘u va vokal san'ati 
an'analari Movarounnahr va Xuroson shaharlarida IX-XII asrlarda,keyinchalik 
XIV-XV asrlarda yangicha rivojlanishning bosqichlarini bosib oʻtgan.Keyinchalik 
aynan Samarqanddan (soʻg‘d musiqa an'analari vorisi) mashhur musiqashunos 
Hakim Abu Hafs Soʻg‘diy yetishib chiqqani ham tasodif emas,albatta.Uning X asr 
boshlarida shohrud cholg‘u asbobini yaratgani Abu Nasr Farobiyning "Musiqa 
haqida katta kitob " asarida,shuningdek,bir qator oʻrta osiyolik musiqashunoslar 
tomonidan qayd etib oʻtilgan.
109
Musiqa ta’limida nihoyatda katta ahamiyat bergan Oʻrta osiyolik mashhur 
musiqachilar orasida qomusiy olim Muhammad al Forobiy alohida oʻrin egallaydi.
Olim filosofik va siyosiy masalalar bilan uzviy bog‘liq holda maorifni 
rivojlantirish yosh avlodni tarbiyalash va oʻqitish masalalariga katta etibor 
qaratgan Farobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan koʻp jildli asari bilan oʻrta 
asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur boʻldi. U musiqa ilmini nazariy, 
amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib taʼrif 
va ilmi iqoga ajratadi.
110
108
Amir Unsur al-Maoliyi Kaykovus. Kitob-i Nasihat-noma ma'ruf ba: Qobusnoma.Musahhih:Said Nafisiy.-
Tehron,1983.143-bet.
109
Oʻzbekiston madaniy merosi. “Silk road media” “ East star media” Toshkent -2020.64-bet.
110
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) jurnalidan olindi. 


781 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin